Uzum ekotizim servislari UZCARD milliy to‘lov tizimining 3 ta mukofotini qo‘lga kiritdi

27.10.2023
UZCARD FORUM doirasida milliy to‘lov tizimi mamlakat moliya sektorida innovatsion texnologiyalarni rivojlantirishga salmoqli hissa qo‘shayotgan kompaniyalarni qayd etdi. 

Uzum mamlakatning fintex sektorini rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun UZCARD mukofotiga sazovor bo‘ldi, Uzum Bank milliy to‘lov tizimining faxriy hamkori bo'ldi, "Kapitalbank" esa eng texnologik va AGILE bank deb topildi. 

— Moliyaviy servislar va texnologiyalarni rivojlantirish millionlab o‘zbekistonliklarga aholi punktining kattaligi va poytaxtdan uzoqligidan qat’i nazar, maishiy vazifalarni hal qilish, o‘z biznesini rivojlantirish, oila byudjetini tez va qulay boshqarish imkonini beradi, — deydi Uzum operatsion direktori Roman Lavrentiev. — Va milliy ekotizim sifatida bizning vazifamiz mamlakatda fintexni rivojlantirish, shu jumladan UZCARD bilan hamkorlikda servislar va yechimlarning eng keng tanlovini taqdim etishdir. 

Uzum ekotizimiga mamlakatning yetakchi fintex va e-commerce servislari kiradi: mamlakat bo‘ylab keng assortimentni 1 kun ichida yetkazib beradigan Uzum Market marketpleysi, Uzum Nasiya halol muddatli to‘lov servisi, Uzum Bank raqamli banki, "Kapitalbank" mamlakatning eng yirik xususiy banki, shuningdek, Uzum Business biznesini rivojlantirish platformasi va Uzum Tezkor kafe, restoran va do‘konlardan tez yetkazib berish servisi. Ekotizim mahsulotlaridan har oy mamlakatning 7 milliondan ortiq aholisi foydalanadi, Uzum servislaridan butun mamlakat bo‘ylab 55 mingdan ortiq tadbirkor va kompaniyalar biznesni rivojlantirish uchun foydalanadilar.
Uzum Bank Uzum Bank — Uzum milliy raqamli ekotizimiga tegishli internet-bank. Uzum Bank yordamida millionlab foydalanuvchilar o‘z pul mablag‘larini boshqaradi: tovarlar, xizmatlar va maishiy to‘lovlarni to‘laydi, xaridlardan keshbek oladi, pul o‘tkazadi va naqd pul yechib oladi. Uzum Nasiya bilan integratsiya bank mijozlariga muddatli to‘lov va mikroqarzlar uchun 25 million so‘mgacha limitdan foydalanish hamda qulay toʻlov qilish imkoniyatini ta’minlaydi, Uzum Market va Uzum Tezkor bilan integratsiya esa Uzum ekotizimiga qarashli servislardan  qo‘shimcha bonuslar va afzalliklarni taqdim etadi. 
O'xshash yangiliklar
Octobank 2026-yilning I-choragi natijalari: barqaror o‘sish va ijtimoiy tashabbuslarga e’tibor

16.04.2026

Octobank 2026-yilning I-choragi natijalari: barqaror o‘sish va ijtimoiy tashabbuslarga e’tibor

Tenge Bank Central Asian Fintech Association (CAFA) a’zoligiga qo‘shildi

13.04.2026

Tenge Bank Central Asian Fintech Association (CAFA) a’zoligiga qo‘shildi

Uzum Bank Global Finance talqini bo‘yicha O‘zbekistonning eng yaxshi banki deb topildi

07.04.2026

Uzum Bank Global Finance talqini bo‘yicha O‘zbekistonning eng yaxshi banki deb topildi



Orphus tizimi