Click umummilliy to‘lov tashkiloti Uzum kompaniyalar guruhi bilan birlashmoqda — birlashish
bo‘yicha keyingi qadamlar to‘g‘risidagi bitim bugun Toshkentda imzolandi. Uzum va Click
integratsiyasi tufayli mamlakatning hatto eng chekka aholi punktlari aholisi ham ishonchli va
qulay moliyaviy xizmatlardan, qulay narxlardagi tovarlarning keng assortimentidan, biznesni
rivojlantirish yechimlari va boshqa raqamli mahsulotlardan foydalanishlari mumkin.
Kelajakda kompaniyalar Clickni superappga aylantirishni rejalashtirmoqdalar — bu
kompaniyalar guruhining ekotizimiga kirishning asosiy nuqtalaridan biri. Uzum ekotizimining
raqamli mahsulotlari va servislari millionlab foydalanuvchilar uchun tanish bo‘lgan tartibda
ishlashni davom ettiradi, bunda mamlakat aholisi muayyan muammoni hal qilish uchun
alohida ilovadan foydalanishi mumkin, biroq shu paytning o‘zida Uzum Market xaridorlari
buyurtmalarni to‘lashda yangi imkoniyatlariga ega bo‘ladi, shu jumladan butun mamlakat
bo‘ylab 180 dan ortiq tarqatish punktlarida. Click ham ilgari e’lon qilingan rejalar ustida
ishlashni davom ettiradi. Va, birgalikda, kompaniyalar kundalik muammolarni hal qilish va
biznesni rivojlantirish uchun bir vaqtning o‘zida bir nechta yangi servislarni ishga tushirishni
rejalashtirmoqdalar, ular orasida avia/temir yo‘l/transport vositalariga chiptalarni bron qilish
servisi, sayohat agregatori va davlat servislari bilan integratsiya.
— Bizning umumiy maqsadimiz kundalik moliyaviy va maishiy vazifalarni hal etish uchun
ekotizim yaratish, shuningdek, tadbirkorlarga jahon standartlari darajasida zamonaviy
moliyaviy texnologiyalarni joriy etish orqali o‘z faoliyatini osonlashtirishga yordam berishdir,
— deydi Uzum kompaniyalar guruhi bosh direktori Jasur Jumayev. — O‘zbekiston bozorida
dunyoning ko‘plab mamlakatlarida mavjud bo‘lgan kompaniyalar tarkibiga mos keladigan
kompaniya paydo bo‘lmoqda; va bu dunyo misollari to‘lov, fintex va e-commerce servislarini
birlashtirish iste’molchilar va tadbirkorlar uchun imkoniyatlarni sezilarli darajada oshirishga
imkon berishini ko'rsatadi. Uzum mamlakatning yetakchi kompaniyalari resurslari va
ekspertizalari birlashmasi sifatida tashkil etilgan va bugun biz ushbu vektorga amal qilishni
davom ettirib, Uzum katta oilasiga yetakchi raqamli to'lov tizimi jamoasini qutlaymiz. Click
bilan birgalikda biz yanada tezroq o‘sib, endi 13 milliondan ortiq foydalanuvchilarimizning
hayotini osonlashtiramiz.
— 12 yillik faoliyati davomida Click mamlakatdagi eng yaxshi jamoalardan birini yig‘di,
natijada kompaniya to‘lovlar bozorida yetakchiga aylandi. Yangi ufqlar vaqti keldi. Uzum
bilan muzokaralar davomida bizning strategiyamiz va maqsadlarimiz bir-biriga mos kelishini
ko‘rdik. Shuning uchun biz ekotizim bilan birlashishdan juda xursandmiz va bunda katta
istiqbollarni ko‘rmoqdamiz: bunday keng imkoniyatlarga ega ikkita yirik o‘yinchini birlashishi
bir-birining resurslarini ko‘paytirishga va yangi keng ko‘lamli vazifani — mamlakatda
o‘xshash bo‘lmagan mahsulotni yaratishga imkon beradi, — deydi Click kompaniyasi CEOsi
Ulug‘bek Rustamov. - Click, albatta, joriy rejalar ustida ishlashni davom ettiradi: kreditlash
loyihasi, davlat xizmatlari bilan integratsiya bo‘yicha bir qator loyihalar, turizm sohasida va
boshqalar.
Click to‘lov tizimida oyiga 37 milliondan ortiq tranzaktsiyalar amalga oshiriladi, Click ilovasi 9
milliondan ortiq iOS va Android foydalanuvchilari tomonidan yuklab olingan, @clickuz
Telegram boti va USSD foydalanuvchilarini o‘z ichiga olgan ro‘yxatdan o‘tishlarning umumiy
soni esa 15 milliondan oshadi, bu esa kompaniyaga 11 millionga yaqin noyob
foydalanuvchilarni beradi. Click mulkdorlari Uzum guruhining bosh kompaniyasi
aktsiyalarining ulushini olishadi, jamoa esa loyihani rivojlantirishda ishlashni davom etadi.
Clickdan tashqari, Uzum ekotizimiga tez yetkazib berish va keng assortimentga ega Uzum
Market marketpleysi, Uzum Nasiya muddatli to‘lov servisi, bank aktivlari hamda Uzum
Tezkor — restoran va do‘konlaridan ekspress yetkazib berish kiradi.
O'xshash yangiliklar
Uzum Bank ilovasi foydalanuvchilari endi telefon raqami orqali pul oʻtkazishlari mumkin
24.12.2024
Jamoangizga Push30 bilan investitsiya qiling
19.12.2024
Uzum Bank va Visa plastik debet kartalarni ishga tushirdi
Moliya va bank soxasida aktual yangiliklar
Telegram kanalimizga obuna bo'ling.
Moliya va bank soxasida aktual yangiliklar Telegram kanalimizga obuna bo'ling.
Uzum va Click birlashishi haqida e’lon qilindi