O‘zbekistonga rasmiy tashrif doirasida Qatar Islamic Bank strategiya bo‘yicha bosh direktori Konstantinos Konstantinidis va bankning bank operatsiyalari bo‘yicha katta menejeri Tarek Yusef Favzi Uzum ofisiga tashrif buyurib, milliy ekotizim bosh direktori Jasur Jumayev va Uzum strategiya va biznesni rivojlantirish bo‘yicha direktori Nikolay Seleznev bilan uchrashdi.
Qatar Islamic Bank — Qatarning eng yirik Islom banki bo‘lib, uning aktivlari 50 milliard AQSh dollaridan oshadi. O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi tomonidan tashkil etilgan tashrif doirasida bank va milliy ekotizim vakillari eng yirik milliy marketpleys — Uzum Marketni yaratish va rivojlantirish tajribasini hamda bankning O‘zbekistondagi investitsiya loyihalari uchun istiqbolli yo‘nalishlarni muhokama qildilar.
— Bugungi kunda mamlakatning 7 milliondan ortiq aholisi Uzum raqamli servislaridan foydalanmoqda, bizning tajribamiz ko‘rsatishi bo‘yicha, FinTech va e-commerce servislarining integratsiyasi foydalanuvchilar uchun maksimal darajada qulay mahsulotni yaratishga imkon beradi. Uzum Market buyurtmalarining qariyb 40 foizi Uzum Nasiya muddatli to‘lovi bilan to‘lanadi, — deydi Uzum bosh direktori Jasur Jumayev. — Milliy raqamli ekotizimning rivojlanishi va shu bilan birga tadbirkorlik faolligining o‘sishi, iqtisodiyotning oqlanishi O‘zbekistonga dunyoning yetakchi investitsiya fondlari va banklarining e’tiborini tortmoqda va, albatta, biz qo‘shma loyihalar uchun eng istiqbolli yo‘nalishlar haqidagi fikr-mulohazalarimizni baham ko‘rishga tayyormiz.
13.05.2026
Central Asian Fintech Association (CAFA) Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan menejerlar va IT yetakchilari uchun eng muhim tadbirlardan biri — Manager’s Conference 2026 tadbirining hamkori va ishtirokchisi sifatida qatnashadi
05.05.2026
Janubiy Koreyadan pul o‘tkazmalari yanada qulaylashdi: Octobank HUMO kartalariga E9PAY uladi
24.04.2026
Qashqadaryo: ANORBANK 150 nafar maktab o‘quvchilari uchun moliyaviy savodxonlik darslarini o‘tkazdi
Uzum va Qatar Islamic Bank rahbarlari onlayn savdoni rivojlantirish va mamlakat iqtisodiyotiga investitsiyalarni jalb qilishni muhokama qildilar