So‘nggi vaqtlarda mamlakatimizda koronavirus bilan bog‘liq epidemiologik vaziyat keskinlashib bormoqda. Oqibatda kasallanish ko‘rsatkichlari oshib, o‘lim holatlari qayd etilyapti.
Vaholanki, bu og‘ir va sinovli kunlardan kam talafot bilan chiqishning imkoni bor. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti COVID-19ga qarshi eng to‘g‘ri yagona chora imkon qadar tezroq vaksina qabul qilish, ekanligini bot-bot takrorlayotir. Shunga qaramay, mamlakatimizda hozirga qadar to‘liq emlanganlar soni atigi 1 077 470 nafarni tashkil qilyapti.
Ayni sababdan hurmatli fuqarolarimiz va bankimiz mijozlariga murojaat qilib, vaksina olishni paysalga solmasliklarini, bu bilan o‘zlari va yaqinlarining salomatligini “ko‘rinmas xatar”dan munosib himoya qilishlarini eslatib o‘tmoqchimiz.
Xo‘sh, vaksina olish uchun qayerga murojaat qilish lozim? Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida aholini koronavirus infeksiyasiga qarshi emlash punktlari joylashuvi haqidagi ma’lumotlar bilan mana bu havola orqali (https://online.pubhtml5.com/fkya/snsm/) tanishishingiz mumkin.
13.05.2026
Central Asian Fintech Association (CAFA) Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan menejerlar va IT yetakchilari uchun eng muhim tadbirlardan biri — Manager’s Conference 2026 tadbirining hamkori va ishtirokchisi sifatida qatnashadi
05.05.2026
Janubiy Koreyadan pul o‘tkazmalari yanada qulaylashdi: Octobank HUMO kartalariga E9PAY uladi
24.04.2026
Qashqadaryo: ANORBANK 150 nafar maktab o‘quvchilari uchun moliyaviy savodxonlik darslarini o‘tkazdi
Vaksina olish uchun qayerga murojaat qilishni bilasizmi?