Octobank bu yil Visa xalqaro to‘lov tizimining ikkita nufuzli mukofotiga sazovor bo‘ldi: "Elektron tijoratdagi eng yaxshi ekvayer bank" va "Kriptokartalarni ishga tushirgani uchun" nominatsiyalari bo‘yicha g‘olib deb topildi. Taqdirlash 10-dekabr kuni Visa Excellence Cup 2025 tadbirida bo‘lib o‘tdi.
Best E-com Acquirer mukofoti Octobankning elektron tijorat sohasidagi yetakchi bank sifatidagi maqomini yana bir bor tasdiqladi. Octobank ekvayering — O‘zbekiston bo‘ylab 15 000 dan ortiq kompaniyalarning tanlovi. Bank xizmatlari biznesni kengaytirish, onlayn savdoni hajmini oshirish va yangi bozorlarga chiqishga yordam beradi, to‘lovlarning qulayligi va xavfsizligini ta’minlaydi.
Ikkinchi mukofot Crypto Linked Card Launch bankka kriptokartalarni muvaffaqiyatli ishga tushirgani uchun taqdim etildi. Innovatsion yechimlarni kundalik moliya tizimiga joriy etish, to‘lovlarni osonlashtirish va mijozlarning raqamli aktivlariga kirishni ta’minlash – Octobankning zamonaviy texnologiyalar va ilg‘or xizmatlarni tatbiq etishdagi izchil strategiyasidir.
Eslatib o‘tamiz, 2024-yilda Octobank O‘zbekistonda ekvayeringni muvaffaqiyatli rivojlantirgani uchun Visa mukofotini qo‘lga kiritgan edi va bu yil u elektron to‘lovlar sohasida o’z yetakchilik mavqeini mustahkamladi.
“Octobank Visa hamkorlariga ko‘rsatilgan ishonch va bu yilgi faoliyatini yuqori baholaganliklari uchun o‘z minnatdorchiligini bildiradi. Kelgusi 2026-yilda biz mijozlarimiz uchun sodda, xavfsiz va qulay vositalar hamda to‘lovlarni taklif etish orqali xizmatlarimizning texnologik imkoniyatlarini va qulayligini oshirishda davom etamiz”
“Octobank” aksiyadorlik jamiyati 2001 yil iyun oyida asos solingan. 2001 yil 23 iyunida Bank tomonidan bank operatsiyalarini amalga oshirish huquqini beruvchi 70-sonli litsenziya olingan. 2002 yil noyabridan Bank Fuqarolarning O'zbekiston Respublikasi banklaridagi omonatlarini kafolatlash Fondi, “Toshkent” fond birjasi, hamda O'zbekiston Respublikasi Banklar assotsiatsiyasi a'zosi hisoblanadi.
Bankning yaqin 5 yilga mo'ljallangan strategik rivojlanish dasturining ustivor yo'nalishlaridan biri filiallar va mini-banklar ochish orqali bank infratuzilmasini kengaytirishdan iborat.
Bank infrotuzilmasini kengaytirish dasturining amalga oshirilishi Bank faoliyati ko'lamining barqaror o'sib borishini ta'minlaydi. Bunda Bank asosiy e'tiborni kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'ektlarini moliyalashtirishga qaratadi.
Visa Excellence Cup 2025: Visa mukofotlari Octobankning elektron to‘lovlar bo‘yicha yetakchiligini tasdiqladi