VISA kartalarni yangi imkoniyatlari

16.07.2020

Hurmatli mijozlar, ajoyib yangilikni yetkazishga shoshilmoqdamiz!

“Oʻzmilliybank” AJ Visa Direct servisi orqali oʻtkazmalar uchun mamlakatlar roʻyxatini kengaytirdi. 

Endi Visa NBU kartalari egalarida nafaqat Oʻzbekiston va MDH mamlakatlarining Visa banklari kartalariga, balki quyidagi mamlakatlarga ham pul mablagʻlarini yuborish imkoniyati paydo boʻldi:

  • Ukraina
  • Gruziya
  • Germaniya
  • Turkiya
  • Vengriya
  • Kipr
  • Xorvatiya
  • Malta
  • Ruminiya
  • Bolgariya
  • Chexiya
  • Slovakiya
  • Sloveniya
  • Estoniya
  • Latviya
  • Litva
  • Gretsiya

Visa International XTT bilan hamkorlikdagi yozgi Aksiya tufayli Visa Direct servisi bilan barcha oʻtkazmalar komissiyasiz amalga oshiriladi.

O‘zbekiston Milliy banki

“O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki” AJ 1991-yilda tashkil etilgan. Bank ta’sischilari O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi bo‘lib, bu uning barqarorligi va mamlakat iqtisodiyoti uchun ahamiyatini tasdiqlaydi.

O‘zbekiston Milliy banki O‘zbekistondagi eng yirik banklardan biri bo‘lib, aktivlari, kredit-investitsiya portfeli va omonatlari hajmi bo‘yicha bank bozorida yetakchi o‘rinni egallaydi. Bank zamonaviy xizmatlar va mahsulotlarni joriy etish, xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish, jismoniy shaxslar va tashkilotlar uchun ishonchli hamda qulay moliyaviy yechimlarni ta’minlash orqali mamlakatning moliya tizimini rivojlantirishda muhim rol o‘ynaydi.

4,5 milliondan ortiq mijozlar (jismoniy shaxslar) va 164 mingdan ortiq korporativ mijozlar (yuridik shaxslar) O‘zbekiston Milliy bankiga ishonch bildiradi.  www.nbu.uz

Mijozlarni qo‘llab-quvvatlash uchun Telegram boti:      @NBU_Uz_robot


Manba: NBU
O'xshash yangiliklar
5 million Uzum kartasi: mamlakatdagi eng talabgir bank mahsulotlaridan biri

11.03.2026

5 million Uzum kartasi: mamlakatdagi eng talabgir bank mahsulotlaridan biri

CAFA va Sun’iy intellekt va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish markazi hamkorlik Memorandumini imzoladi

04.03.2026

CAFA va Sun’iy intellekt va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish markazi hamkorlik Memorandumini imzoladi

Uzum Bank mamlakat bo‘ylab bankomatlar tarmog‘ini kengaytirmoqda

26.02.2026

Uzum Bank mamlakat bo‘ylab bankomatlar tarmog‘ini kengaytirmoqda



Orphus tizimi