O'zbekistonda avtomobil uchun necha yil pul yig'ish kerak? Batafsil

Visa O‘zbekistonda ofisini ochti

21.09.2023
 Central Asia Payment Forum anjumanida Visa kompaniyasi, naqd pulsiz iqtisodiyotning yanada ravnaq topishiga ko‘maklashish uchun mamlakatda o‘z ishtirokini kuchaytira borib, Toshkentdagi o‘zining ofisini ochayotganligi haqida e’lon qildi.
 Visa kompaniyasining Markaziy va Sharqiy Yevropa, Yaqin Sharq va Afrikadagi (CEMEA) prezidenti, Endryu Torre Visa kompaniyasi Markaziy Osiyodagi ish yuritayotganliging 30 yilligiga hamda mantaqada innovatsiyalar va hamkorlikni rivojlantirishga bag‘ishlangan tadbirga tashrif buyurdi.

Toshkent, O‘zbekiston, 21-sentabr, 2023-yil. Raqamli to‘lovlar sohasida dunyoda yetakchi bo‘lgan Visa kompaniyasi bugun, kompaniyaning mintaqadagi innovatsiyalari va o‘z faoliyatini yuratayotganligining 30 yilligiga bag‘ishlangan, Visa Central Asia Payment Forum anjumanini o‘tkazdi. Tadbir davomida Visa kompaniyasining, Markaziy va Sharqiy Yevropa, Yaqin Sharq va Afrika (CEMEA) mintaqalaridagi Prezidenti, Endryu Torre Visa kompaniyasining O‘zbekistondagi ofisi Toshkent shahrida ochilayotganligini e’lon qildi.

Visa Central Asia Payment Forum anjumanida raqamli to‘lovlar va davlat boshqaruvi sohasidagi 300 dan ortiq yetakchi ekspertlar, shuningdek Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Tojikiston moliya-bank sektori vakillari ishtirok etdilar. Visa kompaniyasining yetakchi xalqaro ekspertlari forum ishtirokchilari bilan Markaziy Osiyo bo‘ylab raqamli to‘lovlarni rivojlantirish, biznesni transformatsiya qilish hamda savdo miqyosi va pul harakatlanishining jadal o‘sib borishiga yordam beradigan jihatlarni muhokama qildilar.

Tadbirda Endryu Torre raqamli to‘lovlarning, O‘zbekiston Respublikasi hukumati va Markaziy banki tomonidan amalga oshirilayotgan naqd pulsiz iqtisodiyotni ravnaq toptirish va rivojlantirish milliy strategiyasi doirasida erishilgan, sezilarli taraqqiyoti va rivojlanishini qayd etdi. So‘nggi o‘n yillikda moliya va bank tizimlariga kira olish joizligini kengaytirishda jadal taraqqiyot kuzatildi –Jahon banki ma’lumotlariga ko‘ra, o‘zining nomiga bank hisobi ochilgan katta yoshdagi aholi miqdori deyarli ikki baravarga, ya’ni 2011 yildagi 23 foizdan 2021 yildagi 44 foizgacha ko‘paydi .

"Visa Markaziy Osiyoda 30 yildan ortiq vaqt mobaynida faoliyat yuritib kelmoqda va bugun biz Visa Payment Forum anjumanini o‘tkazish, hamda O‘zbekistondagi ofisimiz ochilayotganligi haqida birinchi bor e’lon qilishdan mamnunmiz", - dedi Visa kompaniyasining Markaziy va Sharqiy Yevropa, Yaqin Sharq va Afrikadagi Prezidenti Endryu Torre.

"Butkul Markaziy Osiyodagi pullar kelajagi – raqamli texnologiyalar bilan chambarchas bog‘liqdir. Biz qulay, tezkor va xavfsiz raqamli to‘lovlarga sezilarli va barqaror o‘tib borilayotganligining guvohi bo‘ldik. Biz erishilgan natijalarni mustahkamlash va Markaziy Osiyoda iqtisodiy o‘sish va rivojlanishni qo‘llab-quvvatlashni davom ettirish uchun davlat hamda xususiy sektorlardagi hamkorlarimiz bilan sermahsul ishlarni davom ettirishdan umidvormiz", - deb ta’kidladi Endryu Torre.

Visa kompaniyasining Ukraina, Gruziya, MDH mamlakatlari va Janubi-Sharqiy Yevropadagi Katta vitse-prezidenti va mintaqaviy menejeri, Vera Platonovaning so‘zlariga ko‘ra, Visa raqamli to‘lovlarni rivojlantirishga ko‘maklashish borasidagi qarashlari va maqsadlari borasida O‘zbekiston hukumati bilan hamfikrdir.

"O‘zbekiston Visa uchun strategik ahamiyatga ega bozor bo‘lib, biz ushbu sohadagi hamkorlarimiz, jumladan banklar, uyali aloqa operatorlari, moliyaviy texnologiyalar bo‘yicha kompaniyalar, regulyatorlar bilan birgalikda ishlashdan faxrlanamiz. Keyingi uchta o‘n yillik to‘g‘risida fikr yuritar ekanmiz, biz Visada kelajakka ishonch bilan qaraymiz va O‘zbekistonda naqd pulsiz iqtisodiyotni qo‘llab-quvvatlash hamda xavfsiz va uzluksiz raqamli tranzaksiyalarni amalga oshirish bo‘yicha ishimizni davom ettirishdan mamnun bo‘lamiz. Toshkentda Visa ofisining ochilishi, mamlakatdagi barcha moliya institutlari va savdo hamda xizmat ko‘rsatish korxonalariga ko‘rsatilayotgan yordamni kuchaytiradi, shuningdek sanoatning yanada taraqqiy qilishiga va umuman iqtisodiy o‘sishga ijobiy hissa qo‘shadi", - deb ta’kidladi Vera Platonova.

So‘nggi yillarda Visa O‘zbekistonda raqamli transformatsiyani jadallashtirish uchun bir qator innovatsion texnologiyalar va yechimlarni joriy etdi, jumladan, butun dunyo bo‘ylab karta egalariga real vaqt rejimida pul mablag‘larini xavfsiz va qulay o‘tkazish imkonini beruvchi Visa Direct texnologiyasi; O‘zbekistondagi Visa Everywhere Initiative tashabbusining butunjahon g‘olibi, MayaSoft kompaniyasi startapi bilan hamkorlikda ishga tushirilgan, hamda oddiy mobil telefonni to‘lov qurilmasiga aylantira oluvchi Visa Tap to Phone; Visa Humans – O‘zbekistondagi dastlabki jismoniy va virtual to‘lov kartasi shular qatoriga kiradi.



O'xshash yangiliklar
Kir yuvish mashinalari-qanday o'lchamlar mavjud
Kir yuvish mashinalari-qanday o'lchamlar mavjud

Changyutgichlarning eng kuchli modellari
Changyutgichlarning eng kuchli modellari

Elektr pechlari reytingi: top - 10 ta mashhurlari
Elektr pechlari reytingi: top - 10 ta mashhurlari



Orphus tizimi