JET: Qaysi banklar eng yuqori foizli va to'ldiriladigan omonatlarni taklif qilmoqda? Batafsil

Visa vа HUMO kobeyjing kartalarinini chiqarish toʻgʻrisida shartnoma imzoladilar

21.09.2020
Milliy banklararo protsessing markazi (MBPM) va Visa xalqaro toʻlov tizimi Visa-HUMO kobeyjing kartalarini chiqarish toʻgʻrisida shartnoma imzoladilar. Endilikda, O’zbekiston aholisi yagona kartadan mamlakat ichida va undan tashqarida toʻlovlarni amalga oshirishda foydalanishlari mumkin. “Visa-HUMO kobeyjing kartasi — foydali va qulay moliyaviy vositadir. Endi sizga valyuta kartasini ochish va xizmat uchun komissiyani toʻlashga vaqt sarflashning hojati yoʻq. Karta egasi ikkala toʻlov tizimining afzalliklariga: butun O’zbekiston va dunyoning boshqa 200ta mamlakatida Visa kartasi qabul qilinadigan hududlardagi savdo doʻkonlarda tovarlar va xizmatlar uchun toʻlovni amalga oshirish imkoniga ega boʻladi”, — deydi, MBPM direktori Shuhratbek Qurbonov. Shartnomaga koʻra, loyiha ishtirokchilari Oʻzbekistondagi Visa toʻlov tizimi bilan ishlaydigan barcha banklar hisoblanadi. Bitim Visa Classic debet kartasi asosida ham plastik ham virtual kartalar va raqamli mahsulotlar koʻrinishidagi Visa-HUMO kobeyjing kartalarini chiqarishni nazarda tutadi. Xizmatlar va qoʻshimcha imkoniyatlar uchun tariflar bank tomonidan belgilanadi. Loyiha Visa va MBPMga mamlakatdagi banklar, shuningdek, savdo va xizmat koʻrsatish korxonalari bilan birgalikda Oʻzbekiston aholisi uchun xalqaro toʻlov standartlariga javob beradigan xizmat koʻrsatishni yo’lga qo’yish va banklarning raqobatbardoshligini oshirishga imkon beradi. “MBPM bilan shartnomaning imzolanishi — Visa uchun strategik qaror bo’lib, Oʻzbekistonning elektron toʻlovlar tizimini rivojlantirish boʻyicha rejalari tarafdori ekanligimizdan dalolat beradi. Visa tijoratning ishonchli harakatga keltiruvchisi sifatida Markaziy bankning naqdsiz toʻlovlar oʻsishini ragʻbatlantirish boʻyicha saʼy-harakatlarini qoʻllab-quvvatlaydi va biz bu qadam biznes va ijtimoiy rivojlanishga yordam berishiga ishonamiz”, — deya ta’kidlaydi, Visaning Markaziy Osiyo mamlakatlaridagi mintakaviy menejeri Aliya Chыnыbayeva. HUMO va Visa tomonidan bozor uchun yangi imkoniyatlarning taqdim etilishi Markaziy bank va MBPMning naqdsiz toʻlovlarni rivojlantirish boʻyicha birgalikdagi faoliyati tufayli amalga oshirilmoqda.
O'xshash yangiliklar
 Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya

30.06.2025

Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya

Savdo, fintex va «yashil» loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda

24.06.2025

Savdo, fintex va «yashil» loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda

Paynet kompaniyasining alyansi Xalq banki bilan hamkorlik orqali mustahkamlanmoqda

16.06.2025

Paynet kompaniyasining alyansi Xalq banki bilan hamkorlik orqali mustahkamlanmoqda



Orphus tizimi