Octobank ushbu yil ichida barqaror moliyaviy o‘sishni namoyish etdi, yirik fintech kompaniyalari bilan shartnomalar imzoladi, nufuzli forumlarda ishtirok etdi va mukofotlarga sazovor bo‘ldi. Erishilgan yutuqlar va 2025-yilga mo‘ljallangan rejalar haqida batafsil ma’lumot — quyidagi materialda.
2024-yil Octobank uchun muhim yil bo‘ldi: bank o‘z mavqeini mustahkamladi, bozorda e’tirofga sazovor bo‘ldi va strategik sheriklikni kengaytirdi. 2025-yilda bankning asosiy e’tibori texnologiyalarni rivojlantirish, hamkorlik tarmog‘ini kengaytirish va mijozlarga xizmat ko’rsatish tajribasini yaxshilashga qaratiladi.
Barqaror moliyaviy o‘sish: 2022-yildan 2024-yilgacha bo’lgan davrda aktivlar 3 barobardan ortiq, sof foyda esa 17,5 barobarga o‘sgan
2024-yilda bankning sof foydasi 150 mlrd so‘mni, aktivlari esa 3,16 trln so‘mni tashkil etgan. Bunday natijalar Octobankning moliyaviy barqarorligi va resurslarni boshqarish samaradorligini tasdiqlaydi.
Octobank Visa tomonidan «Elektron tijorat bo‘yicha 2024-yilning eng yaxshi ekvayer banki» mukofotiga sazovor bo‘ldi.
«Globbing — chet eldan, masalan, AQShdan tovarlarni buyurtma qilish mumkin bo‘lgan internetdagi xarid qilish platformasi. Platforma nafaqat yetkazib berishni, balki Globbing mijoz nomidan xarid qiladigan xizmatni ham taklif etadi. Kompaniyaning asosiy talablaridan biri turli xil to‘lov usullarini qo‘llab-quvvatlashdan iborat edi. Mijozlar buyurtmalarni Visa, Mastercard va boshqa xalqaro kartalar orqali to‘lash imkoniyatiga ega bo‘lishlari kerak edi. Ilgari bu muammo edi, chunki barcha banklar ham to‘lov usullarining bunday turlarini taqdim qila olmasdilar», — deb hikoya qiladi Globbing direktori Xurshid Saduloyev.
Octobank turli to‘lov usullarini qo‘llab-quvvatlashni taklif qildi. Mijozlar buyurtmalarini o‘z kartalaridan, uning qayerda chiqarilganidan qat’i nazar to‘lashlari mumkin. Bu barcha mijozlar, ayniqsa xalqaro mijozlar uchun jarayonni soddalashtirdi.
«Biz barcha turdagi to‘lovlarning mavjudligi va turli mamlakatlar kartalarining qo‘llab-quvvatlanishi tufayli sotuvlarni oshirdik. Hozir Toshkentda bizning mijozlarimiz ko‘p - ham mahalliy aholi (rezidentlar), ham chet elliklar, ular bizdan mahsulotlarga faol buyurtma berishmoqda. Globbing orqali xizmatdan foydalanish uchun qo‘shimcha kartalarni ochish shart emas; ular o‘zlari yashaydigan mamlakatlarda chiqarilgan kartalardan foydalanishlari mumkin — bu sotuvlarni oshirish maqsadimizga erishishimizga imkon bergan asosiy afzalliklardan biridir», — deydi mijoz.
Octobank virtual kartalari — bu asosiy kartani bog‘lamasdan onlayn xarid qilish, mehmonxonalarni bron qilish va obunalarni rasmiylashtirishning oddiy va xavfsiz usulidir. Kartalar Octo-Mobile ilovasida bir zumda chiqariladi va Android smartfonlari, «aqlli» qurilmalar orqali xalqaro to‘lovlar va kontaktsiz to‘lovlarni bajarish imkoniyatini beradi.
2024-yil boshidan buyon Octobank mijozlari 100 mingdan ortiq virtual kartalarni rasmiylashtirdilar. Octo-Mobile ilovasida bir nechta turdagi virtual kartalarni ochish mumkin:
2024-yilning may oyida muammoli aktivlar ulushi - 76,9 foizni tashkil etar edi. Ammo iyun oyiga kelib, mijozlar ularni butunlay so‘ndirishdi — ulush nolga tushdi. Shu tariqa, Octobank barcha muammoli aktivlardan muvaffaqiyatli xalos bo‘ldi:
Bu Octobankning ishonchliligi va barqarorligini yana bir marta tasdiqlovchi dalildir.
Bu SWIFT tomonidan tashkil etilgan eng yirik xalqaro moliyaviy konferensiyalardan biri. 2024-yilda tadbir Pekinda bo‘lib o‘tdi va quyidagilarni to‘pladi:
Octobank konferensiya homiylaridan biri sifatida ishtirok etdi — jamoa Bank of New York Mellon, JP Morgan Chase, Raiffeisen Bank, Bank of China, Commerzbank, UniCredit va boshqa yirik banklar bilan samarali uchrashuvlar o‘tkazdi. Savdo-sotiqni moliyalashtirish, derivativ operatsiyalar, tranzaksiya biznesi, banklararo depozitlar va savdo kreditlari kabi sohalarda hamkorlik qilish imkoniyatlari muhokama qilindi
Markaziy Osiyoda moliyaviy texnologiyalarni rivojlantirishga bag‘ishlangan yillik forum. Tadbir 2024-yilda Toshkentdagi Hyatt Regency mehmonxonasida bo‘lib o‘tdi, u quyidagilarni to‘pladi:
«Biz FINNEXT Asia 2024 ning asosiy hamkori bo‘lishdan mamnunmiz. Ushbu tadbir O‘zbekiston va Markaziy Osiyo moliya sektorining kelajagini belgilab beradigan tajriba almashish, strategik sheriklik va yangi yechimlarni yaratish uchun imkoniyatlar ochdi», — ta’kidladi "Octobank" AJ boshqaruvi raisi o‘rinbosari Aleksey Maksimov.
Octobank zamonaviy bank texnologiyalari bo‘yicha o‘tkaziladigan eng yirik forumlardan birining platinali homiysi bo‘ldi, bu orqali bank soha rivojiga o‘z hissasini qo‘shmoqda va O‘zbekistondagi asosiy tendentsiyalarni shakllantirishda faol ishtirok etmoqda.
Octobank xalqaro ISO 9001:2015 standarti bo‘yicha sertifikatdan o‘tdi. Bu bank sifatini boshqarish tizimining — jarayonlarni samarali boshqarish, resurslardan unumli foydalanish va xodimlar malakasini oshirish kabi yo‘nalishlarda eng yuqori jahon standartlariga muvofiqligini tasdiqlaydi.
Ahbor Reyting agentligi bizga «Barqaror» prognozi bilan «uZA» kredit reytingini taqdim etdi.
Bu bankning yuqori darajadagi kreditga layoqatliligi va bozor o‘zgarishi sharoitida ham qarz majburiyatlarini bajara olish qobiliyatini ko‘rsatadi.
Telefon: (+998) 71 202 33 33
Support: @octobanksupport
E-mail: info@octobank.uz
Facebook: fb.com/octobank.aj
Instagram: @octobank_aj
Telegram: https://t.me/Octobank_AJ
“Octobank” aksiyadorlik jamiyati 2001 yil iyun oyida asos solingan. 2001 yil 23 iyunida Bank tomonidan bank operatsiyalarini amalga oshirish huquqini beruvchi 70-sonli litsenziya olingan. 2002 yil noyabridan Bank Fuqarolarning O'zbekiston Respublikasi banklaridagi omonatlarini kafolatlash Fondi, “Toshkent” fond birjasi, hamda O'zbekiston Respublikasi Banklar assotsiatsiyasi a'zosi hisoblanadi.
Bankning yaqin 5 yilga mo'ljallangan strategik rivojlanish dasturining ustivor yo'nalishlaridan biri filiallar va mini-banklar ochish orqali bank infratuzilmasini kengaytirishdan iborat.
Bank infrotuzilmasini kengaytirish dasturining amalga oshirilishi Bank faoliyati ko'lamining barqaror o'sib borishini ta'minlaydi. Bunda Bank asosiy e'tiborni kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'ektlarini moliyalashtirishga qaratadi.
Visa versiyasi bo‘yicha O‘zbekistonning eng yaxshi bank-ekvayeri, 100 mingdan ortiq ochilgan virtual kartalar va Octobankning 2024-yildagi boshqa yutuqlari