VTB guruhi Oʻzsanoatqurilishbankka Avstriya eksport-import agentligi qoplamasi bilan kredit ajratdi
VTB Bank (Europe) SE Oʻzsanoatqurilishbankiga 15,6 mln. yevro hajmida kredit ajratish boʻyicha tashkilotchi, qarz beruvchi va agent sifatida qatnashish istagini bildirdi.
Moliyalashtirish Avstriya Respublikasi nomidan amal qiluvchi Oesterreichische Kontrollbank AG (OeKB) eksport-kredit agentligi (EKA) kafilligi bilan taʼminlandi.
Mazkur “soyabon” tarzdagi moliyalashtirish mintaqaga Avstriya eksport hajmini oshirish hamda Avstriya va MDHning eng jadal rivojlanayotgan mamlakatlaridan biri – Oʻzbekiston oʻrtasida savdoni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan.
Bitim OeKB koʻmagidagi ilk loyiha boʻlib, u mahalliy bozor uchun innovatsion tuzilmalar yaratishga qaratilgan. Kelishuv mijozga kredit portfelini diversifikatsiya qilish boʻyicha uning tashabbusi doirasida taqdim etilgan kompleks qaror bilan EKA instrumentlari hisobiga yanada egiluvchan yondashuv va moliyalashtirishning imtiyozli stavkalaridan foydalanish imkoniyatini beradi.
Shuningdek, moliyaviy qoʻllab-quvvatlash savdo shartnomalari boʻyicha toʻlovlar maqsadiga ham yoʻnaltiriladi. Ular kam hajmli boʻlganligi bois EKAning kafilligi yoki sugʻurta qoplamasi evaziga kreditlashning anʼanaviy turi boʻyicha moliyalashtirilmaydi. Maqsad – Oʻzbekistonda kichik va oʻrta biznes sohasi uchun yangi imkoniyatlarni ochishdan iboratdir.– Savdoni moliyalashtirish sohasida Oʻzsanoatqurilishbank bilan yaqin hamkorlikka egamiz, – deydi VTB Bank (Europe) SE boshqaruvi raisi Artur Iliyav. – Oʻz navbatida, Oʻzbekiston bozorida sinov tariqasida mazkur kelishuv amalga oshirilayotganidan mamnunmiz. Biz OeKB va boshqa EKAlar bilan samarali hamkorlikda individual moliyaviy yechimlarni yaratish ustida faol ish olib borib, yangi mintaqalarda faoliyatni kengaytirish niyatidamiz.
Aytish joiz, mazkur kelishuv 2019 yilning dekabr oyida Toshkentda Avstriya eksport-kredit agentliklari (OeKB), Germaniyaning Euler Hermes va Shveysariyaning SERV kompaniyalari ishtirokida boʻlib oʻtgan anjuman doirasida EKA, Oʻzsanoatqurilishbank va boshqa kompaniyalar oʻrtasidagi oʻzaro aloqalarning amaliy natijasidir.Maʼlumot uchun: VTB Bank (Europe) SE – VTB guruhiga kiruvchi korporativ investitsiya biznesi platformasida keng qamrovli xizmatlarni taqdim etuvchi bank hisoblanadi. VTB Bank (Europe) SE – bu Rossiya va dunyoning boshqa davlatlaridagi amaliyotlarini tartibga solish boʻyicha kompaniyalar va banklarga maslahatlar beradigan 45 yillik tajribaga ega malakali va ishonchli sherikdir.
OeKB – OeKB guruhiga kiruvchi Avstriya iqtisodiyotida ham eksport sanoatida, ham kapital bozorida asosiy rolga ega. Shuningdek, OeKB eksport kafolatlarini ajratish amaliyotlari va Avstriya nomidan davlat obligatsiyalarini chiqarish faoliyatini olib boradi. OeKB xalqaro kapital bozorlarida Avstriya davlatidan keyingi oʻrinda turuvchi, bozor ishtirokchilariga turli moliyaviy xizmat va maʼlumotlarni taqdim etuvchi emitent hisoblanadi.
Bank Axborot xizmati
O‘zsanoatqurilishbank
“O’zsanoatqurilishbank” ATB O’zbеkiston Rеspublikasidagi eng boy tarixga ega moliya muassasalaridan biri sanaladi. Uning tarixi Toshkеntda Sanoatbankning O’rta Osiyo idorasi ochilgan vaqtdan, ya'ni 1922 yildan boshlanadi.
VTB guruhi Oʻzsanoatqurilishbankka Avstriya eksport-import agentligi qoplamasi bilan kredit ajratdi