Shuningdek, “Qishloq qurilish bank” mijozi bo‘lgan yuridik shaxslar, shu jumladan, yakka tartibdagi tadbirkorlar endi bank filialiga bormasdan turib, shahobchaning o‘zida – klaviaturali infokiosk orqali “Internet banking” xizmatidan foydalanib, naqd pulsiz to‘lov amaliyotlarini bajarmoqdalar.
Infomonitor foydalanuvchilarga bank xizmatlari haqidagi eng so‘nggi yangiliklar, taqdimotlar va videomateriallar bilan tanishish imkonini beradi. Yana bir yangilik – yaqin kunlarda shahobchada avtomatlashtirilgan valyuta ayirboshlash imkonini beruvchi bankomat ishga tushirilishi ko‘zda tutilmoqda.
“Qishloq qurilish bank” kelgusida 24/7 rejimida, kechayu kunduz, xodimsiz uzluksiz xizmat ko‘rsatadigan o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish shahobchalarini respublikaning boshqa xududlarida ham tashkil etishni rejalashtirmoqda.
Zamonaviy va qulay bank xizmatlaridan foydalaning!
“Qishloq qurilish bank” – farovon hayotingiz xizmatida!
13.05.2026
Central Asian Fintech Association (CAFA) Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan menejerlar va IT yetakchilari uchun eng muhim tadbirlardan biri — Manager’s Conference 2026 tadbirining hamkori va ishtirokchisi sifatida qatnashadi
05.05.2026
Janubiy Koreyadan pul o‘tkazmalari yanada qulaylashdi: Octobank HUMO kartalariga E9PAY uladi
24.04.2026
Qashqadaryo: ANORBANK 150 nafar maktab o‘quvchilari uchun moliyaviy savodxonlik darslarini o‘tkazdi
Xabaringiz bormi? Yangi shahobcha 24/7 rejimida, kechayu kunduz ishlaydi