Xalq banki 5-Osiyo Moliya forumida ishtirok etmoqda

06.10.2025

23-sentabr kuni Filippin poytaxti Manila shahrida 5-Osiyo Moliya forumi o‘z ishini boshladi. 

Xorijiy moliya institutlarining  800dan ortiq vakillari ishtirok etayotgan forumda moliya sohasida xalqaro darajadagi mutaxassislar va tashkilotlar bilan panel muhokamalari, moliya sektorini rivojlantirishga qaratilgan tadbirlar hamda networking sessiyalari o'rin olgan.

Forum doirasida Xalq banki delegatsiyasi hamda Osiyo taraqqiyot banki rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazildi. 

Vitse-prezident Bhargav Dasgupta, bosh direktorlar Leah Gutierrez va Kristin Engstrom bilan bo‘lib o‘tgan muloqotda Xalq bankida so‘nggi yillarda amalga oshirilgan muvaffaqiyatli transformatsiya jarayonlari muhokama qilindi.

Jumladan, inkluziv banking biznes modeli, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash tashabbuslari hamda barqaror rivojlanishga yo‘naltirilgan loyihalar alohida e’tirof etildi. 

Uchrashuv yakunida tomonlar o‘rtasidagi strategik hamkorlikni yanada rivojlantirish va istiqbolli rejalarni amalga oshirish yuzasidan kelishib olindi.

Xalq Banki Xalq banki – O‘zbekistonning  birinchi banki bo'lib, moliya bozorida 1875-yil 10-maydan buyon faoliyat yuritib kelmoqda. Bankning 300 ga yaqin xizmat ko'rsatish shoxobchalari, 3000 dan ortiq bankomatlari mavjud bo'lib, ular geografik qamrovi bo'yicha mamlakat moliya bozorida yetakchi hisoblanadi. Moliya muassasasi O'zbekiston bo'ylab 10 millionga yaqin bank xizmatlari iste'molchilariga xizmat ko'rsatadi.
O'xshash yangiliklar
5 million Uzum kartasi: mamlakatdagi eng talabgir bank mahsulotlaridan biri

11.03.2026

5 million Uzum kartasi: mamlakatdagi eng talabgir bank mahsulotlaridan biri

CAFA va Sun’iy intellekt va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish markazi hamkorlik Memorandumini imzoladi

04.03.2026

CAFA va Sun’iy intellekt va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish markazi hamkorlik Memorandumini imzoladi

Uzum Bank mamlakat bo‘ylab bankomatlar tarmog‘ini kengaytirmoqda

26.02.2026

Uzum Bank mamlakat bo‘ylab bankomatlar tarmog‘ini kengaytirmoqda



Orphus tizimi