JET: Qaysi bankda ikkilamchi bozor uchun eng kam foizli ipoteka kreditlari mavjud? Batafsil

Xalq banki 5-Osiyo Moliya forumida transformatsiya, mikromoliya hamda inkluzivlik tajribasini taqdim etdi

06.10.2025

Xalq banki delegatsiyasi Filippin poytaxti Manila shahrida o‘tkazilgan 5-Osiyo Moliya forumida ishtirok etdi.

Mazkur nufuzli anjumanda bank o‘zining transformatsiya jarayoni va erishgan natijalari haqida xalqaro moliya institutlari vakillariga ma’lumot berdi. 

Forum doirasidagi “Aholi va kichik biznesni qo‘llab-quvvatlashda mikrokreditlashning roli” panel sessiyasida Xalq banki O‘zbekistondagi banklar orasida birinchilardan bo‘lib mikromoliya xizmatlarini joriy qilgani hamda bu yo‘nalish tadbirkorlikni rivojlantirish va yangi ish o‘rinlarini yaratishda muhim omil bo‘lgani ta’kidlandi.

Forumning innovatsion sessiya qismida Xalq banki boshqaruv raisi Shuhrat Atabayev tomonidan Osiyo taraqqiyot banki bilan hamkorlikda amalga oshirilgan loyihalar, bankning transformatsiya jarayoni haqida ma’lumot berildi. 

Hamkorlikda bosqichma-bosqich amalga oshirilgan islohotlar natijasida bank zamonaviy biznes modeli asosida faoliyat yurituvchi, masofaviy xizmatlarni keng yo‘lga qo‘ygan, mikromoliya va inkluziv bankingni rivojlantirgan moliya muassasasiga aylandi.

Mazkur o‘zgarishlar natijasida tijorat kreditlarining ulushi sezilarli darajada ortdi, muammoli kreditlar hajmi 24,5%dan 4%ga qisqardi, bankning moliyaviy natijalari esa ijobiy sur’at bilan oshdi.

Inkluziv banking biznes modeli doirasida OTBdan jalb qilingan 65 million AQSh dollari miqdoridagi mablag‘lar tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishga yo‘naltirilgani, bu mablag‘lardan foydalanayotgan mijozlarning 68%ni xotin-qizlar tashkil etayotgani ta’kidlandi.

O’z o’rnida, Xalq bankidagi izchil transformatsiya jarayonlari bankning moliyaviy barqarorligini mustahkamlab, xalqaro moliya institutlari va  xorijiy hamkorlar ishonchini oshirayotganligi qayd etildi. 

Mazkur forumdagi ishtirok hamkorlik aloqalarini yanada kengaytirish, qo‘shimcha resurslar jalb etish va bu orqali mamlakatda yangi tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash, xususan, yoshlarni ish bilan ta'minlash, ayollar tadbirkorligini rivojlantirish, inkluziv banking imkoniyatlarini kengaytirishi bilan alohida ahamiyat kasb etadi.

Xalq Banki Xalq banki – O‘zbekistonning  birinchi banki bo'lib, moliya bozorida 1875-yil 10-maydan buyon faoliyat yuritib kelmoqda. Bankning 300 ga yaqin xizmat ko'rsatish shoxobchalari, 3000 dan ortiq bankomatlari mavjud bo'lib, ular geografik qamrovi bo'yicha mamlakat moliya bozorida yetakchi hisoblanadi. Moliya muassasasi O'zbekiston bo'ylab 10 millionga yaqin bank xizmatlari iste'molchilariga xizmat ko'rsatadi.
O'xshash yangiliklar
Toshkentda "FINNEXT Asia 2025" xalqaro moliyaviy innovatsiyalar forumi bo‘lib o‘tadi

09.10.2025

Toshkentda "FINNEXT Asia 2025" xalqaro moliyaviy innovatsiyalar forumi bo‘lib o‘tadi

Kommunal xizmatlarga to'lov qiling – kesh-beklarga ega bo'ling!

07.10.2025

Kommunal xizmatlarga to'lov qiling – kesh-beklarga ega bo'ling!

Osiyo taraqqiyot banki vitse-prezidenti Xalq bankidagi loyihalar samarasi bilan tanishdi

03.10.2025

Osiyo taraqqiyot banki vitse-prezidenti Xalq bankidagi loyihalar samarasi bilan tanishdi



Orphus tizimi