Mamlakatimizda aholi farovonligini yuksaltirish, ishsiz fuqarolarning bandligini ta’minlash, ularning real daromadlarini oshirish hamda aholi muammolarini o‘rganish maqsadida davlatimiz rahbari topshirig‘a binoan, “Mahallabay” ishlash tizimi yo‘lga qo‘yildi.
Bu borada Xalq banki tomonidan ham amaliy ishlar olib borilmoqda. Respublikamiz bo‘ylab “Mahallabay” ishlash tizimi bo‘yicha bank xodimlari xonadonlarda o‘rganish ishlarini olib borayotir.
Jumladan, Toshkent viloyatining Chinoz tumanida Xalq bankining 30 nafardan ortiq xodimlari har bir ko‘cha va mahallaga kirib, aholining muammolarini o‘rganishmoqda. Ularga Xalq banki tomonidan aholi daromadliligini oshirish maqsadida issiqxona qurish, parandachilik, tikuvchilik, pazandachilik va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida imtiyozli kreditlar berilayotganligini tushuntirib kelmoqda.
Mazkur o‘rganishlar davomida kam ta’minlangan, yashash sharoiti qiyin, boquvchisi yo‘q va nogironligi bo‘lgan oilalarga Xalq banki tomonidan 110 dona tovuq va 10 bosh qo‘y homiylik yordami sifatida tarqatildi.
Shuningdek, o‘rganish davomida “Ayollar daftari”ga kiritilgan, kredit olib, tikuvchilik qilish istagini bildirgan 4 nafar ayolga 21 ta zamonaviy tikuv mashinalari yetkazib berildi.
Joriy yilning 24-26 fevral kunlari oralig‘ida jami 21 ta mijozga 760 mln. so‘m kredit mablag‘lari ajratildi.
Jumladan, ishlab chiqarish yo‘nalishi bo‘yicha 11 ta mijozga 458 mln. so‘m, chorvachilik foaliyati uchun 6 ta mijozga 212 mln. so‘m, kredit mablag‘i ajratilib, qoramollar yetkazib berildi.
Shuningdek, issiqxona tashkil etish uchun 4 ta mijozga 90 mln. so‘m kredit mablag‘i ajratilishi hisobiga 4 ta issiqxona tashkil etish ishlari olib borilmoqda.
Bank Axborot xizmati
30.06.2025
Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya
24.06.2025
Savdo, fintex va «yashil» loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda
16.06.2025
Paynet kompaniyasining alyansi Xalq banki bilan hamkorlik orqali mustahkamlanmoqda
Xalq banki aholiga “Mahallabay” tizimida ko‘mak bermoqda