JET: Qaysi bankda birlamchi bozor uchun eng kam foizli ipoteka kreditlari mavjud? Batafsil

Xalq banki: “BIZ SIZGA ISH BERAMIZ!”

21.05.2021

 Xalq banki hamisha bir qadam oldinda yurishga intilyapti. Aslida transformatsiya islohotlarining talabi ham shunday. Bu haqda so‘z ochganimizning esa sababi bor.

Gap shundaki, oliy o‘quv yurtini tamomlagach, qo‘liga diplomini olib, tashkilotma-tashkilot, idorama-idora ish izlab yurgan yoshlarni ko‘p ko‘rganmiz. Ammo bunday vaziyatda har doim ham ularning omadi chopavermasligi haqiqat. Chunki ish beruvchi — go‘yoki xaridor. Uyingiz eshigini taqillatib, ikki xalta molini yoygancha maqtay ketgan sotuvchidan odatda mahsulot xarid qilgimiz kelavermasligi rost. Bozoru savdo rastalarida esa tanlov imkoniyati keng.

Xuddi shunday, bugun Xalq banki salohiyatli yoshlar qachon jamoamizga kelib qo‘shilarkan, deya kutib o‘tirgani yo‘q. Aksincha, zarur kadrlarni o‘zi izlab topmoqda, saralayapti. Oliy o‘quv yurtlari esa —  bu borada boy va mustahkam baza.

Mana, bugun Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida tashkil etilgan “Karyera kunlari”da Xalq banki yana hoziru nozir. Bu yerda bank Boshqaruvi mutaxassislari oliy o‘quv yurtini bitirayotgan talaba-yoshlarga moliya muassasasidagi mavjud bo‘sh ish o‘rinlari to‘g‘risida batafsil ma’lumot berishmoqda.

— Xalq banki haqida ko‘p narsani bilmas ekanman, — deydi tadbir ishtirokchisi, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining magistratura bosqichi bitiruvchisi Shahnoza Azimova. —  Bu yerda keyingi yillarda amalga oshirilayotgan yangilanishlar haqida ma’lumotlar bilan tanishib, shu muassasada ishlash orzusi paydo bo‘ldi. Chunki menga aynan ahil va hamjihat jamoa kerak. Bir yoqadan bosh chiqarib ezgu maqsad sari intiluvchi hamkasblarim bo‘lishini xohlayman. Qolaversa, bu yerda joriy qilingan “Bonus” tizimi mehnatga yarasha haq olish imkonini berarkan.

Mehnat yarmarkasi yakunida universitet bitiruvchilarini ish bilan ta’minlash bo‘yicha uch tomonlama shartnomalar imzolanishi rejalashtirilgan.

Bank Axborot xizmati

Xalq Banki Xalq banki – O‘zbekistonning  birinchi banki bo'lib, moliya bozorida 1875-yil 10-maydan buyon faoliyat yuritib kelmoqda. Bankning 300 ga yaqin xizmat ko'rsatish shoxobchalari, 3000 dan ortiq bankomatlari mavjud bo'lib, ular geografik qamrovi bo'yicha mamlakat moliya bozorida yetakchi hisoblanadi. Moliya muassasasi O'zbekiston bo'ylab 10 millionga yaqin bank xizmatlari iste'molchilariga xizmat ko'rsatadi.
Manba: Xalq banki
O'xshash yangiliklar
Visa PUBG MOBILE kartasi endi butun O‘zbekiston bo‘ylab mavjud!

24.11.2025

Visa PUBG MOBILE kartasi endi butun O‘zbekiston bo‘ylab mavjud!

3D Secure bilan UnionPay onlayn to‘lovlari uchun yangi ishonchlilik darajasi

25.11.2025

3D Secure bilan UnionPay onlayn to‘lovlari uchun yangi ishonchlilik darajasi

Ipak Yuli Bankning UnionPay kartalari bilan Alipay va WeChat’da to‘lov qilish yanada osonlashdi

24.11.2025

Ipak Yuli Bankning UnionPay kartalari bilan Alipay va WeChat’da to‘lov qilish yanada osonlashdi



Orphus tizimi