Xalq banki Butunjahon Pul haftaligi (Global Money Week) doirasida “Moliyaviy savodxonlik tarafdoriman!” yutuqli tanlovini eʼlon qiladi

27.03.2021

Pul haqida qanday bilimlarga egasiz, mazkur tushuncha to‘g‘risida sizga nimalar maʼlum?

Xalq banki bu boradagi bilimingizni sinovdan o‘tkazish va qimmatbaho sovg‘alarni yutib olish uchun sizga  ajoyib imkoniyatni taqdim etadi!

Butunjahon Pul haftaligi (Global Money Week) doirasida aholining moliyaviy savodxonligini oshirishga bag‘ishlab o‘tkazilayotgan “Moliyaviy savodxonlik tarafdoriman!” yutuqli tanlovida ishtirok eting.

Tanlov qoidalari: 

1. Testda 20 ta savol qo‘yilgan bo‘lib, har bir savolga 4 tadan javob varianti berilgan. Ulardan faqat bittasi to‘g‘ri javob hisoblanadi;

2. Ishtirokchilar – tanlovda ixtiyoriy ishtirok etish xohishini bildirgan 18 yoshga to‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari;

3. Xalq banki xodimlari ushbu tanlovda qatnashishi taqiqlanadi.

Tanlov shartlari:

1. Tanlov bankning www.xb.uz eski rasmiy saytida o‘tkaziladi.

2. Ishtirokchilar bankning www.xb.uz eski rasmiy saytidan ro‘yxatdan o‘tishlari lozim.

3. Test o‘tkazish muddati – 2021-yil 31-mart kuni soat 12:00 dan – 13:00 gacha o‘tkaziladi.

4. Test savollarini yechish uchun 30 daqiqa vaqt ajratiladi.

G‘oliblarni aniqlash tartibi:

1. G‘oliblar 31-mart kuni soat 17:00 da aniqlanadi.

2. G‘oliblarni aniqlash bankning “Facebook” ijtimoiy tarmog‘idagi “Random” dasturi orqali onlayn rejimda amalga oshiriladi.

3. G‘oliblar to‘g‘risidagi maʼlumot bankning veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari orqali eʼlon qilinadi.

4. Bankning masʼul xodimi tanlov g‘oliblariga sms-xabarnoma yuboradi hamda ularga g‘olib bo‘lganligi haqida telefon orqali maʼlumot beradi.

Sovrinlar:

1-o‘rin – smartfon

2-o‘rin – Xalq banki logotipi tushirilgan VIP-to‘plam

3-o‘rin – Xalq banki logotipi tushirilgan CIP-to‘plam

Tanlovda ishtirok etishdan oldin ommaviy oferta shartnomasi bilan tanishib chiqing.

Tanlov reglamenti

Xalq Banki Xalq banki – O‘zbekistonning  birinchi banki bo'lib, moliya bozorida 1875-yil 10-maydan buyon faoliyat yuritib kelmoqda. Bankning 300 ga yaqin xizmat ko'rsatish shoxobchalari, 3000 dan ortiq bankomatlari mavjud bo'lib, ular geografik qamrovi bo'yicha mamlakat moliya bozorida yetakchi hisoblanadi. Moliya muassasasi O'zbekiston bo'ylab 10 millionga yaqin bank xizmatlari iste'molchilariga xizmat ko'rsatadi.
Manba: Xalq banki
O'xshash yangiliklar
Central Asian Fintech Association (CAFA) Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan menejerlar va IT yetakchilari uchun eng muhim tadbirlardan biri — Manager’s Conference 2026 tadbirining hamkori va ishtirokchisi sifatida qatnashadi

13.05.2026

Central Asian Fintech Association (CAFA) Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan menejerlar va IT yetakchilari uchun eng muhim tadbirlardan biri — Manager’s Conference 2026 tadbirining hamkori va ishtirokchisi sifatida qatnashadi

Janubiy Koreyadan pul o‘tkazmalari yanada qulaylashdi: Octobank HUMO kartalariga E9PAY uladi

05.05.2026

Janubiy Koreyadan pul o‘tkazmalari yanada qulaylashdi: Octobank HUMO kartalariga E9PAY uladi

Qashqadaryo: ANORBANK 150 nafar maktab o‘quvchilari uchun moliyaviy savodxonlik darslarini o‘tkazdi

24.04.2026

Qashqadaryo: ANORBANK 150 nafar maktab o‘quvchilari uchun moliyaviy savodxonlik darslarini o‘tkazdi



Orphus tizimi