Buyuk bobokalonimiz Amir Temurning ilmu ma’rifat haqida shunday o‘giti bor: yozilgan narsa avlodlar xotirasida qilingan ishdan ham uzoqroq yashaydi! Bu ko‘hna hikmat kitoblarning hayotimizdagi beqiyos o‘rniga bir dalil.
Aksiyadorlik tijorat Xalq banki sohibqiron tavalludining 685 yilligi keng nishonlangan kunlarda yana bir xayrli ishga qo‘l urdi. Moliya muassasasi departamentlari tomonidan “Xalq banki — kitobxonlik targ‘ibotchisi” aksiyasi doirasida umumta’lim maktablariga kitoblar to‘plamlarini tuhfa qilishga kirishildi.
Xususan, bugun poytaxtimizning Chilonzor tumanidagi 178-sonli davlat ixtisoslashtirilgan umumta’lim maktabi, 182-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi hamda Uchtepa tumanidagi 74-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi ana shunday sovg‘alarni qabul qilib oldi.
Moliyaviy muassasaning ma’naviyat targ‘ibotiga doir bunday ezgu tashabbusidan mamnunlik maktab o‘quvchilarining yuz-ko‘zlarida zohir bo‘ldi.
Kitobxonlik aksiyasi davom etmoqda.
Bank Axborot xizmati
13.05.2026
Central Asian Fintech Association (CAFA) Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan menejerlar va IT yetakchilari uchun eng muhim tadbirlardan biri — Manager’s Conference 2026 tadbirining hamkori va ishtirokchisi sifatida qatnashadi
05.05.2026
Janubiy Koreyadan pul o‘tkazmalari yanada qulaylashdi: Octobank HUMO kartalariga E9PAY uladi
24.04.2026
Qashqadaryo: ANORBANK 150 nafar maktab o‘quvchilari uchun moliyaviy savodxonlik darslarini o‘tkazdi
Xalq banki kitobxonlik targ‘ibotiga kirishdi