Xalq banki “Korporativ mijoz”lariga keng imtiyozlarni taqdim etadi

30.04.2021

Halq bankining korporativ mijoziga aylaning va bank xizmatlarini eng qulay va foydali shartlarda xarid qilish imkoniga ega bo‘ling!

Keling, bu haqda quyida batafsil ko‘rib chiqamiz va “Korporativ mijoz” kimligini aniqlab olamiz.

“Korporativ mijoz” maqomi yuqori salohiyat va bank uchun katta ahamiyatga ega deb hisoblangan xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarga beriladi.

Boshqacha qilib aytganda, “Korporativ mijoz” maqomi berilishi uchun mijoz quyidagi talablarga mos kelishi zarur:

- ko‘p yillik tajriba va yuqori salohiyati;

- bozordagi obro‘-e’tibori va nomiga dog‘ tushmaganligi;

- moliyaviy oqimining barqarorligi;

- eksportga yo‘naltirilgan faoliyati;

- import o‘rnini bosishga qaratilgan faoliyati;

- raqobatbardoshliligi;

- joriy xodimlarining soni;

- biznes faoliyati natijasida yaratilayotgan yangi ish o‘rinlari, mijozning rivojlanish istiqbollari va boshqalar.

Ushbu mezonlarning barchasi tadbirkorlik sub’yektlariga bunday yuqori maqomni olish va bank tomonidan taqdim etilgan imtiyozlardan foydalanish imkonini beradi.

Xalq Banki Xalq banki – O‘zbekistonning birinchi banki bo'lib, moliya bozorida 1875-yil 10-maydan buyon faoliyat yuritib kelmoqda. Bankning 300 ga yaqin xizmat ko'rsatish shoxobchalari, 3000 dan ortiq bankomatlari mavjud bo'lib, ular geografik qamrovi bo'yicha mamlakat moliya bozorida yetakchi hisoblanadi. Moliya muassasasi O'zbekiston bo'ylab 10 millionga yaqin bank xizmatlari iste'molchilariga xizmat ko'rsatadi.
Rasmiy sayt:   www.xb.uz
Manba: Xalq banki
O'xshash yangiliklar
Central Asian Fintech Association (CAFA) Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan menejerlar va IT yetakchilari uchun eng muhim tadbirlardan biri — Manager’s Conference 2026 tadbirining hamkori va ishtirokchisi sifatida qatnashadi

13.05.2026

Janubiy Koreyadan pul o‘tkazmalari yanada qulaylashdi: Octobank HUMO kartalariga E9PAY uladi

05.05.2026

Janubiy Koreyadan pul o‘tkazmalari yanada qulaylashdi: Octobank HUMO kartalariga E9PAY uladi

Qashqadaryo: ANORBANK 150 nafar maktab o‘quvchilari uchun moliyaviy savodxonlik darslarini o‘tkazdi

24.04.2026

Qashqadaryo: ANORBANK 150 nafar maktab o‘quvchilari uchun moliyaviy savodxonlik darslarini o‘tkazdi

Orphus tizimi