Kapitalbank Uzcard versiyasiga ko'ra korporativ biznesni rivojlantirish bo'yicha yetakchiga aylandi Batafsil

Xalq banki kreditlari bilan 557 oila uyli bo‘ldi

28.01.2021

Uy-joy o‘zbek xalqi uchun hamisha birlamchi ehtiyoj bo‘lib kelgan. Qolaversa, yurtdoshlarimiz uchun boshpana — chinakam baxt oshyoni. Shu bois uy-joyli bo‘lishni “Vatanli bo‘lish” degan ibora bilan ta’riflab kelamiz.

Ammo imorat solish yoki turarjoy xarid qilish oson emas. Masalan, ko‘pqavatli uydan xonadon xarid qilish uchun 20-30 yillab sandiqda pul jamg‘arishga to‘g‘ri keladi. Shundayam, buni ro‘zg‘oridan orttirolganlar eplaydi. Qo‘li kaltaroq, nochor yoki kam ta’minlangan oilalarga esa yo‘l bo‘lsin!

Davlatimiz, hukumatimiz bir necha yildirki shu haqda qayg‘uryapti, maqbul yechimlarni izlamoqda. Ehtiyojmand odamlarimizni ham baxt oshyoni — uy-joy bilan ta’minlash choralarini ko‘rayotir.

Prezidentimizning 2019-yil 28-noyabrdagi “Ipoteka krediti mexanizmlarini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni, 2020-yil 1-maydagi “Aholining uy-joy sharoitini yaxshilash hamda ipoteka krediti bozorini yanada kengaytirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ayni shu zarurat tufayli qabul qilingan edi.

Shuningdek, 2020-yil 25-martda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qaroriga muvofiq, uy-joy sotib olish uchun fuqarolarga subsidiya to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. Mazkur hujjatga ko‘ra, aholiga ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiya berish tartibi belgilandi. Fuqarolarga subsidiya berish tartibi haqida avvalgi maqolalarimizda batafsil ma’lumot berib o‘tgandik. Ma'lumotnomaga kirish .

Yuqoridagi hujjatlardan kelib chiqqan holda 2020-yilda shahar va qishloq joylarda yangi tartibga muvofiq ko‘p kvartirali uy-joylar qurish va subsidiyalar to‘lashning maqsadli mo‘ljallari tasdiqlangan bo‘lib, jumladan, qishloq joylarda ipoteka kreditlari foiz stavkasining bir qismini qoplash uchun 3 880 ta subsidiya va shaharlarda ipoteka kreditlari buyicha boshlang‘ich badal va foiz stavkasining bir qismini qoplash uchun 11 405 ta subsidiya to‘lanishi belgilangan bo‘lib, ushbu maqsadlar uchun davlat byudjetidan 889 mlrd. so‘mlik mablag‘lar ajratish ko‘zda tutilgan.

2021-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra subsidiya olish uchun Davlat xizmatlari markaziga 43 546 ariza kelib tushgan. Ulardan 6 101 tasi mas’ul tashkilotlarda va 1 474 tasi hududiy komissiyalar tomonidan ko‘rib chiqilmokda, 24 268 ta ariza ijtimoiy mezonlarga mos kelmaganligi sababli rad etilgan, 11 703 ta ariza bo‘yicha subsidiya ajratish to‘g‘risida ijobiy qaror qabul qilingan.

1-yanvar holatiga tijorat banklari tomonidan takdim etilgan buyurtmalar asosida davlat byudjetidan 2 659 nafar fuqaroga ipoteka kreditlari bo‘yicha 65,8 mlrd. so‘mlik subsidiyalar to‘lab berildi. Jumladan, shaharlarda 2 395 nafar fuqaroga boshlang‘ich badal va foizlarni bir kismini qoplash uchun 64,9 mlrd. so‘m hamda qishloq joylarda 264 nafar fuqaroga foizlarni bir qismini qoplash uchun 0,9 mlrd. so‘m. to‘lab berilgan.

Raqamlarni ko‘rib amin bo‘lish mumkinki, davlatimiz tomonidan berilayotgan yengilliklardan foydalanib ming-minglab oilalar uyli bo‘lmoqda. Xususan, Xalq banki ham bu boradagi ishlarda faol ishtirok etayotir. 2020-yilda 557 ta oila Xalq bankidan ipoteka krediti olib, o‘zining shaxsiy uylariga ega bo‘ldi. Ushbu maqsadlarni amalga oshishi uchun bank tomonidan fuqarolarga 132 mlrd. 883,8 mln. so‘m ipoteka kreditlari ajratildi.    

Joriy yilda ham bu boradi xayirli ishlar davom ettiriladi.

 

Bank Axborot xizmati

Xalq Banki Xalq banki – O‘zbekistonning  birinchi banki bo'lib, moliya bozorida 1875-yil 10-maydan buyon faoliyat yuritib kelmoqda. Bankning 300 ga yaqin xizmat ko'rsatish shoxobchalari, 3000 dan ortiq bankomatlari mavjud bo'lib, ular geografik qamrovi bo'yicha mamlakat moliya bozorida yetakchi hisoblanadi. Moliya muassasasi O'zbekiston bo'ylab 10 millionga yaqin bank xizmatlari iste'molchilariga xizmat ko'rsatadi.
Manba: Xalq banki
O'xshash yangiliklar
Kapitalbank Uzcard versiyasiga ko'ra korporativ biznesni rivojlantirish bo'yicha yetakchiga aylandi

25.10.2024

Kapitalbank Uzcard versiyasiga ko'ra korporativ biznesni rivojlantirish bo'yicha yetakchiga aylandi

Plum Tech UZCARD EXPO 2024 da: moliyaviy imkoniyatlarni o‘zgartiruvchi texnologiyalar

24.10.2024

Plum Tech UZCARD EXPO 2024 da: moliyaviy imkoniyatlarni o‘zgartiruvchi texnologiyalar

ATTO EXPO 2024 UZCARDda: Transport kartalaridan foydalanish bo‘yicha yechimlarni namoyishi

24.10.2024

ATTO EXPO 2024 UZCARDda: Transport kartalaridan foydalanish bo‘yicha yechimlarni namoyishi



Orphus tizimi