Paynet xalqaro strateglardan iborat kuzatuv kengashini shakllantirganini rasman e’lon qildi. Batafsil

Xalq banki kurash rivojiga hissa qo‘shadi

17.03.2021

Kurash — shunchaki sport turi emas, balki milliy qadriyatimiz. Sababi, u mardlik, jasurlik va halollik timsoli. Kurashchi gilamga sovrin uchungina chiqmaydi, balki or uchun chiqadi. Sharaf uchun olishadi.

Shu sababli mamlakatimizda kurashni yanada rivojlantirish choralari ko‘rilyapti. Albatta, bu sohadagi islohotlar uchun zamonaviy infratuzilma va mustahkam moddiy-texnika bazasi kerak. Ya’ni qo‘shimcha moliyaviy manbalarga ehtiyoj bor.

Shundan kelib chiqib, Prezidentimiz 2020-yil 4-noyabr kuni “Kurash milliy sport turini rivojlantirish va uning xalqaro nufuzini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarorni imzoladi. Unga binoan, mazkur sport turini 2025-yilgacha yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha Konsepsiya hamda “Yo‘l xaritasi” tasdiqlangan.

Mazkur hujjatlar ijrosi doirasida bugun aksiyadorlik tijorat Xalq banki va O‘zbekiston Kurash federatsiyasi o‘rtasida “Kurashlotto” lahzali, pul yutuqli lotereya o‘yinini tashkil etish va o‘tkazish to‘g‘risida”gi bitim imzolandi. Unga ko‘ra, lotereya biletining bahosi 5000 so‘mni tashkil etadi. U 3 million dona miqdorida sotuvga chiqariladi.

“Kurashlotto”ni o‘tkazishdan olinadigan sof foydaning 60 foizi O‘zbekiston Kurash federatsiyasining bankdagi hisobraqamiga o‘tkaziladi, 40  foizi esa Xalq banki ixtiyorida qoldiriladi.

“Kurashlotto” lotereyasini tashkil etish va o‘tkazishga doir barcha tashkiliy tadbirlar Xalq banki tomonidan amalga oshiriladi. Jumladan, lotereya biletlarining xorijiy kompaniyalar tomonidan tayyorlanishi va Toshkentga keltirilishi bo‘yicha tenderlarni tashkil etish va o‘tkazishni ta’minlaydi.

O‘yin biletlari Xalq banki filiallari, Bank xizmatlari markazlari, minibank va maxsus kassalari orqali sotiladi.

Kurash federatsiyasi tomonidan “Kurashlotto”ning ommabopligini oshirish maqsadida tashkiliy qo‘mita tuziladi.

Qisqa qilib aytganda, Prezidentimiz qarorida belgilangan vazifalar ijrosi kelgusida kurashimiz dovrug‘ining dunyoga yanada keng yoyilishiga xizmat qilishi, shubhasiz.

Brifingda jurnalistlarning mavzuga doir barcha savollariga javoblar berildi.

Bank axborot xizmati

Xalq Banki Xalq banki – O‘zbekistonning  birinchi banki bo'lib, moliya bozorida 1875-yil 10-maydan buyon faoliyat yuritib kelmoqda. Bankning 300 ga yaqin xizmat ko'rsatish shoxobchalari, 3000 dan ortiq bankomatlari mavjud bo'lib, ular geografik qamrovi bo'yicha mamlakat moliya bozorida yetakchi hisoblanadi. Moliya muassasasi O'zbekiston bo'ylab 10 millionga yaqin bank xizmatlari iste'molchilariga xizmat ko'rsatadi.
Manba: Xalq banki
O'xshash yangiliklar
Paynet xalqaro strateglardan iborat kuzatuv kengashini shakllantirganini rasman e’lon qildi.

07.05.2025

Paynet xalqaro strateglardan iborat kuzatuv kengashini shakllantirganini rasman e’lon qildi.

Octobank «2024 yilda O‘zbekiston bank sohasida jadal taraqqiyot uchun» mukofotiga sazovor bo‘ldi

06.05.2025

Octobank «2024 yilda O‘zbekiston bank sohasida jadal taraqqiyot uchun» mukofotiga sazovor bo‘ldi

«Kapitalbank» ATB rahbariyat tarkibini kadrlar zaxirasi hisobidan kengaytirmoqda

05.05.2025

«Kapitalbank» ATB rahbariyat tarkibini kadrlar zaxirasi hisobidan kengaytirmoqda



Orphus tizimi