Xalq banki raisi Sho‘rchi tumanida ochilgan “Bank xizmatlari markazi” bilan tanishdi

02.11.2020

 

Aholi va tadbirkorlarga qulaylik yaratish, ularga ko‘rsatiladigan bank xizmatlari sifati va tezkorligini yanada oshirish, bir so‘z bilan aytganda, xalq ichiga kirib borish — Xalq bankining ustuvor maqsadlaridan biri.

Respublikamizning ko‘plab hududlarida qurilib foydalanishga topshirilayotgan Bank xizmatlari markazlari ayni shunday maqsadlar ro‘yobiga xizmat qilmoqda. 2020-yilda bunday manzillar sonini 45 taga ko‘paytirish rejalashtirilgan edi, hozirgi kunda 46 ta, shundan, 12 tasi yangi tipdagi yengil konstruksiyali “Bank xizmatlari markazi” aholiga xizmat ko‘rsatishni boshladi.

Surxondaryo viloyatining Sho‘rchi tumanidagi “Bank xizmatlari markazi” — shulardan biri. Xalq banki Boshqaruvi Raisi Farhod Salamov Surxondaryo viloyatiga tashrifi chog‘ida mazkur markaz faoliyati bilan ham yaqindan tanishdi.

— Odamlarga yanada yaqin bo‘lishimiz kerak, — dedi F.Salamov. — Mijozlarimiz faoliyatimizdan har tomonlama rozi bo‘lishlari lozim. Vaholanki, ular uchun eng keraklisi — qulaylik, tezkorlik va kafolat! Bankimiz esa ayni shu yo‘nalishda katta salohiyat va tajribaga ega. Shu sababli tranformasiya jarayonidagi har bir islohotni, eng avvalo, mijozlar manfaatini ko‘zlab amalga oshiryapmiz. Yangilanishlar samarasini mijozlarimiz qadamba-qadam sezib borishadi. Sho‘rchida faoliyat boshlagan “Bank xizmatlari markazi” faoliyati ham ana shunday sa’y-harakatlarimizning kichik bir mevasi.

Darhaqiqat, mazkur markazda yuridik va jismoniy shaxslarga keng ko‘lamli bank va konsalting xizmatlari ko‘rsatiladi. Jumladan, jismoniy shaxslar uchun mikroqarz, overdraft va boshqa kreditlarni rasmiylashtirish, plastik karta ochish kabi imkoniyatlar yaratilgan.

Bank Axborot xizmati

Xalq Banki Xalq banki – O‘zbekistonning  birinchi banki bo'lib, moliya bozorida 1875-yil 10-maydan buyon faoliyat yuritib kelmoqda. Bankning 300 ga yaqin xizmat ko'rsatish shoxobchalari, 3000 dan ortiq bankomatlari mavjud bo'lib, ular geografik qamrovi bo'yicha mamlakat moliya bozorida yetakchi hisoblanadi. Moliya muassasasi O'zbekiston bo'ylab 10 millionga yaqin bank xizmatlari iste'molchilariga xizmat ko'rsatadi.
Manba: Xalq banki
O'xshash yangiliklar
Tenge Bank Central Asian Fintech Association (CAFA) a’zoligiga qo‘shildi

13.04.2026

Tenge Bank Central Asian Fintech Association (CAFA) a’zoligiga qo‘shildi

Uzum Bank Global Finance talqini bo‘yicha O‘zbekistonning eng yaxshi banki deb topildi

07.04.2026

Uzum Bank Global Finance talqini bo‘yicha O‘zbekistonning eng yaxshi banki deb topildi

Octobank takliflari bilan biznesingizga yangi turtki bering!

26.03.2026

Octobank takliflari bilan biznesingizga yangi turtki bering!



Orphus tizimi