Xalq banki teletibbiyot sohasidagi qo‘shma loyiha ijrosiga ko‘maklashadi

12.03.2021

Bugun O‘zbekistonda teletibbiyotni o‘zlashtirishga kirishilgan. Ushbu innovatsion texnologiya masofadan turib bemorlarni diagnostika qilish va davolashni ko‘zda tutadi. Masalan, onlayn telediagnostika O‘zbekiston fuqarolariga mamlakatdan yoki o‘z hudidan tashqariga chiqmay, eng yaxshi xorijiy  ekspertlardan yoxud markazdagi mutaxassislardan konsultatsiya olish imkonini beradi. Bu bemorlarga vaqt va mablag‘ini tejash  bilan birga, davolanishga muhtoj bemorlarni ovoragarchilikdan saqlaydi.

Bu boradagi navbatdagi ezgu ishlar yaqinda O‘zbekiston Respublikasi Innovasion sog‘liqni saqlash milliy palatasi va Respublika ixtisoslashgan ilmiy-amaliy Kardiologiya markazi o‘rtasida tuzilgan memorandumdan so‘ng start oldi.

E’tiborlisi, amaliy teletibbiyot sohasiga doir mazkur qo‘shma loyihani moliyalashtirishda aksiyadorlik tijorat Xalq banki o‘z mablag‘lari bilan ishtirok etadi.

Memorandumga ko‘ra, loyiha Toshkent viloyati, Qarshi, Jizzax shaharlari hamda poytaxtimizning Chilonzor tumanida amalga oshiriladi.  Shu maqsadda Milliy palata tomonidan Kardiologiya markaziga 3 oyga bepul foydalanish uchun kardiologiyaga oid telemetrik uskuna majmuasi topshirildi.

Majmua tarkibiga “UNET” majmuasi va 15 ta “Ucard-100” elektrokardiograflari kiradi.Misol uchun, “Ucard-100” elektrokardiograf yordamidai O‘zbekistonning turli viloyatlaridan bemorlar elektrokardiogrammalari (EKG) Respublika Kardiologiya markazining innovasion markaziga uzatiladi. Bu yerga kelib tushgan “EKG” natijalari yuqori malakali shifokorlar tomonidan tahlil qilinadi.

Mazkur telemetrik uskuna viloyatlarda Toshkentga kelmasdan turib zamonaviy standartlar darajasida skrining, profilaktik ko‘rik tashkillashtirish va yurak-qon tomir kasalliklarini tashhislash imkonini beradi.  

Bank Axborot xizmati

Xalq Banki Xalq banki – O‘zbekistonning  birinchi banki bo'lib, moliya bozorida 1875-yil 10-maydan buyon faoliyat yuritib kelmoqda. Bankning 300 ga yaqin xizmat ko'rsatish shoxobchalari, 3000 dan ortiq bankomatlari mavjud bo'lib, ular geografik qamrovi bo'yicha mamlakat moliya bozorida yetakchi hisoblanadi. Moliya muassasasi O'zbekiston bo'ylab 10 millionga yaqin bank xizmatlari iste'molchilariga xizmat ko'rsatadi.
Manba: Xalq banki
O'xshash yangiliklar
Qashqadaryo: ANORBANK 150 nafar maktab o‘quvchilari uchun moliyaviy savodxonlik darslarini o‘tkazdi

24.04.2026

Qashqadaryo: ANORBANK 150 nafar maktab o‘quvchilari uchun moliyaviy savodxonlik darslarini o‘tkazdi

Tashkent City’da Asterium kriptoekotizimining flagman ofisi ochildi. U xavfsizlik, shaffoflik va premial foydalanuvchi tajribasiga urg‘u berilgan yangi makondir.

23.04.2026

Tashkent City’da Asterium kriptoekotizimining flagman ofisi ochildi. U xavfsizlik, shaffoflik va premial foydalanuvchi tajribasiga urg‘u berilgan yangi makondir.

Biznes — bu to'g'ri qarorlar va ishonchli hamkorlik

23.04.2026

Biznes — bu to'g'ri qarorlar va ishonchli hamkorlik



Orphus tizimi