Kapitalbank Uzcard versiyasiga ko'ra korporativ biznesni rivojlantirish bo'yicha yetakchiga aylandi Batafsil

Xalq banki xizmatlari xalqqa yanada yaqinlashmoqda

02.04.2021

Bugun moliya bozoriga biri-biridan jozibador bank xizmat turlari kirib kelyaptiki, bu o‘z navbatida, tanlov imkoniyatini yanada kengaytirmoqda. Mijozlar uchun esa, eng avvalo, nafaqat sifat va maqbul taklif, balki qulaylik ham juda muhim! Zero, odamlar kichik bir bank amaliyoti uchun ham uzoq yo‘l bosib, ko‘p vaqt yo‘qotishni istamaydi. Aksincha, o‘z uy manzili yoki ish joyiga yaqinroq moliya muassasasini tanlaydi-qo‘yadi.

Shu sababli  Xalq banki o‘z mahsulot va xizmatlarini xalqqa yanada yaqinlashtirish, aholi orasiga kengroq kirib borish harakatida. Xususan, Qoraqalpog‘iston Respublikasining Qo‘ng‘irot filialiga qarashli “Ustyurt” Bank xizmatlari markazi tomonidan olib borilayotgan ishlar ham ayni maqsadlar ro‘yobiga xizmat qilayotir.

Ushbu moliyaviy muassasa Orolbo‘yi mintaqasidan olis hududda joylashgan bo‘lishiga qaramay, mijozlarga qulay va sifatli xizmat ko‘rsatishga intilyapti. Bu yerda jismoniy va yuridik shaxslarga zarur  maslahatlar berib borilmoqda. Qolaversa, jismoniy va yuridik shaxslar uchun  mikroqarz, overdraft va boshqa kreditlarni rasmiylashtirish, plastik karta ochish, to‘lovlarni qabul qilish, shuningdek, kunning istalgan vaqtida naqd pul olish hamda interaktiv mobil bank xizmatlaridan foydalanish, pul o‘tkazmalarini amalga oshirish kabi imkoniyatlar yaratilgan.

Mazkur bank xizmatlari markazi rahbari Janar Nishanbayevaning ta’kidlashicha, ayni vaqtda bu yerda 3 nafar xodim bir vaqtning o‘zida 121 nafar mijozga xizmat ko‘rsatyapti.

— Bank xizmatlari markazlarini tashkil etishdan ko‘zlangan asosiy maqsad xalqimizning uzog‘ini yaqin qilish, mijozlarga sifatli va tezkor xizmat ko‘rsatish, yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda bank imijini yanada mustahkamlashdan iboratdir, — deydi u. — Bu borada, eng avvalo, markazimizni ilg‘or axborot-kommunikasiya vositalari bilan jihozlashga, keng ko‘lamdagi bank va konsalting xizmatlarini ko‘rsatishga, shuningdek, 24/7 rejimida faoliyat ko‘rsatuvchi zamonaviy bankomat va infokiosklarda mijozlarning haftaning istalgan kuni, istalgan vaqtida milliy va xalqaro plastik kartalaridagi mablag‘larini naqdlashtirish, to‘lovlarni amalga oshirishga qulay imkoniyat yaratishga alohida e’tibor qaratganmiz. Bu borada mavjud imkoniyatlarimizning barchasini ishga solyapmiz. Aholi ham ko‘rsatayotgan xizmatlarimizdan mamnun.

—  Xonadonim Qo‘ng‘irot tumanining X. Rejepov ko‘chasida joylashgan, — deydi bank mijozi Davronbek Jabborqulov. — Avvalari bank xizmatlaridan foydalanish uchun shahar markaziga qatnashimizga to‘g‘ri kelardi. Ba’zida esa bundan zada ham bo‘lardik: o‘zimizga yaqin hudduda ham biron-bir bank filiali bo‘lsa, degan ezgu niyat bor edi ko‘nglimizda. Qarangki, yaqinda faoliyatini yo‘lga qo‘ygan Bank xizmatlari markazi ezgu niyatlarimizga qanot bo‘lib, mushkulimiz yengillashdi. Endi arzimas kichik bank amaliyoti uchun ham shahar markaziga borishimizga ehtiyoj qolmadi.

Markaz tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlar ko‘pchilik singari menga ham manzur bo‘ldi. Kuni kecha iste’mol krediti oldim. Ortiqcha qog‘ozbozlik va ovoragarchiliklarsiz kreditni rasmiylashtirib berishdi, baraka topishsin!

Bugungi kunda AT Xalq banki tizimida 100 dan ziyod xuddi shunday “Bank xizmatlari markaz”lari jismoniy va yuridik shaxslarga xizmat ko‘rsatmoqda. Ushbu muassasalarda 300 nafardan ortiq xodim faoliyat yurityapti.

Ta’kidlash joizki, bank xizmatlari markazlari tomonidan joriy yilning 1 mart holatiga ko‘ra, valyuta ayirboshlash shoxobchasi orqali 715 ming AQSH dollari miqdorida bank amaliyotlari bajarildi, fevral oyi davomida esa 115,1 mlrd. so‘mdan ortiq kommunal va boshqa to‘lovlar qabul qilindi. Shuningdek, yanvar-fevral oylari davomida 100 dan ortiq bank xizmatlari markazi tomonidan 4539 ta jismoniy va yuridik shaxsga 54,1 mlrd. so‘mdan ortiq kredit mablag‘lari ajratildi.

Umuman olganda, Xalq banki tomonidan kelgusida 40 ga yaqin xuddi shunday markazlar tashkil etish rejalashtirilgan. Bu kabi yangilanish va qulayliklar Xalq bankining xalqqa yanada yaqin bo‘lishiga xizmat qiladi. Eng muhim muvaffaqiyat —  aslida shu.

Bank Axborot xizmati

Xalq Banki Xalq banki – O‘zbekistonning  birinchi banki bo'lib, moliya bozorida 1875-yil 10-maydan buyon faoliyat yuritib kelmoqda. Bankning 300 ga yaqin xizmat ko'rsatish shoxobchalari, 3000 dan ortiq bankomatlari mavjud bo'lib, ular geografik qamrovi bo'yicha mamlakat moliya bozorida yetakchi hisoblanadi. Moliya muassasasi O'zbekiston bo'ylab 10 millionga yaqin bank xizmatlari iste'molchilariga xizmat ko'rsatadi.
Manba: Xalq banki
O'xshash yangiliklar
Kapitalbank Uzcard versiyasiga ko'ra korporativ biznesni rivojlantirish bo'yicha yetakchiga aylandi

25.10.2024

Kapitalbank Uzcard versiyasiga ko'ra korporativ biznesni rivojlantirish bo'yicha yetakchiga aylandi

Plum Tech UZCARD EXPO 2024 da: moliyaviy imkoniyatlarni o‘zgartiruvchi texnologiyalar

24.10.2024

Plum Tech UZCARD EXPO 2024 da: moliyaviy imkoniyatlarni o‘zgartiruvchi texnologiyalar

ATTO EXPO 2024 UZCARDda: Transport kartalaridan foydalanish bo‘yicha yechimlarni namoyishi

24.10.2024

ATTO EXPO 2024 UZCARDda: Transport kartalaridan foydalanish bo‘yicha yechimlarni namoyishi



Orphus tizimi