Xalq banki xodimlari ulug‘ shoirga ehtirom ko‘rsatishdi

09.02.2021

Bugun Sharq Renessansining yirik namoyandasi — jahon sivilizasiyasi tarixi, turkiy tilli xalqlar madaniy-ma’naviy hayoti rivojida alohida o‘rin tutgan Alisher Navoiy bobomizning 580 yilligi mamlakatimiz bo‘ylab keng nishonlanmoqda.

 

Ulug‘ mutafakkir tavalludiga bag‘ishlangan ana shunday tadbirlardan biri Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy bog‘ida bo‘lib o‘tdi. Unda davlat va jamoat arboblari, shoir va yozuvchilar bilan bir qatorda, Xalq banki jamoasi vakillari ham qatnashdi.

 

Marosimda so‘zga chiqqanlar ulug‘ mutafakkir merosining olamshumul ahamiyati, komil shaxs tarbiyasidagi o‘rni haqida atroflicha so‘z yuritishdi.

 

— Alisher Navoiy asarlarining moliya muassasalari xodimlari uchun ham ahamiyati beqiyos, — deydi Xalq banki Axborot xizmati yetakchi mutaxassisi Dilshod Nazarov. — Negaki, ulug‘ mutafakkir hikmatlari eskirmas, hayotimizning barcha jabhalariga daxldor. Bobokalonimiz ma’naviy merosidan vatanparvarlik, odamiylik, ishga va oilaga sadoqat kabi ezgu fazilatlar hamda axloqiy mezonlarni o‘rganishimiz mumkin. 

 

Tadbirda yangragan mumtoz kuy-qo‘shiqlar, she’riyatning betakror namunalari davraga yanada fayz kiritdi.

 

Bank Axborot xizmati

Xalq Banki Xalq banki – O‘zbekistonning  birinchi banki bo'lib, moliya bozorida 1875-yil 10-maydan buyon faoliyat yuritib kelmoqda. Bankning 300 ga yaqin xizmat ko'rsatish shoxobchalari, 3000 dan ortiq bankomatlari mavjud bo'lib, ular geografik qamrovi bo'yicha mamlakat moliya bozorida yetakchi hisoblanadi. Moliya muassasasi O'zbekiston bo'ylab 10 millionga yaqin bank xizmatlari iste'molchilariga xizmat ko'rsatadi.
Manba: Xalq banki
O'xshash yangiliklar
Uzum Bank mamlakat bo‘ylab bankomatlar tarmog‘ini kengaytirmoqda

26.02.2026

Uzum Bank mamlakat bo‘ylab bankomatlar tarmog‘ini kengaytirmoqda

TBC Bank Group Nyu-YorkdStrategiya kunini o‘tkazdi va O‘zbekistonda biznesni rivojlantirish rejalarini taqdim etdi

25.02.2026

TBC Bank Group Nyu-YorkdStrategiya kunini o‘tkazdi va O‘zbekistonda biznesni rivojlantirish rejalarini taqdim etdi

Anorbank Central Asian Fintech Association (CAFA) a’zosi bo‘ldi

25.02.2026

Anorbank Central Asian Fintech Association (CAFA) a’zosi bo‘ldi



Orphus tizimi