JET: Kartadan kartaga 200 million so'mni komissiyasiz o'tkazish mumkinmi? Batafsil

Xalq bankida ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yangi tizim yaratildi

13.02.2021

Aksiyadorlik tijorat Xalq bankida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Norboyeva ishtirokida mamlakatimizda xotin-qizlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash hamda ularning bandligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokamasiga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

Unda Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirining birinchi o‘rinbosari Gulnora Marufova, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining birinchi o‘rinbosari Erkin Muxitdinov, Xalq banki Boshqaruvi raisining o‘rinbosari Gulzoda Rashidova, shuningdek, Xalq bankining barcha hududiy va tuman (shahar) filiallaridagi ayollar tadbirkorligini rivojlantirish bo‘yicha boshqaruvchi o‘rinbosarlari ishtirok etdi. 

Ma’lumki, xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, salomatligini mustahkamlash va eng muhimi, ular uchun munosib turmush sharoitini yaratish ijtimoiy sohaning muhim yo‘nalishlaridandir. Shu bois, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan mazkur yo‘nalishni rivojlantirishga alohida ahamiyat qaratilmoqda. Binobarin, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha olib borilayotgan izchil sa’y-harakatlar opa-singillarimizning ijtimoiy faolligini oshirishga,  turmush farovonligini yuksaltirishga imkon yaratyapti.

Bugungi kunda  mamlakatimiz aholisining 17 milliondan ziyodini xotin-qizlar tashkil qilyapti. Ularning biznes sohasidagi loyihalarini qo‘llab-quvvatlash hamda muammolarini bartaraf etish uchun Xalq banki tomonidan joylarda xotin-qizlarni tadbirkorlikka o‘qitish, biznesga oid namunaviy rejalarini ishlab chiqish va kredit olishda ularga amaliy yordam ko‘rsatishning yangi tizimi joriy qilindi. Buning uchun byudjetdan qo‘shimcha ravishda 1 trillion so‘mdan ziyod mablag‘ yo‘naltiriladigan bo‘ldi.

Videoselektor yig‘ilishida ayni jihatlarga alohida e’tibor qaratilib, hududlarda bu borada amalga oshirilayotgan ishlar sarhisob qilindi. 

Qayd etilganidek, aksiyadorlik tijorat Xalq banki tizimida, eng avvalo, “Ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash departamenti” tashkil etildi. Bankning 14 ta hududiy va 196 ta tuman (shahar) filliallariga xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha joriy qilingan boshqaruvchi o‘rinbosari lavozimlariga eng munosib nomzodlar tayinlandi va ish rejalari ishlab chiqildi.

Aksiyadorlik tijorat Xalq banki tomonidan Savdo-sanoat palatasi, Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi, “Tadbirkor ayol” ishbilarmon ayollar hamda “Hunarmand” uyushmalari, xotin-qizlar tadbirkorlik markazlari, shuningdek, boshqa nodavlat notijorat tashkilotlari bilan hamkorlikda 60 xildan ortiq ayollar tadbirkorligiga xos bo‘lgan namunaviy “Biznes reja” loyihalari va tarqatma materiallar tayyorlanib, joylarga yetkazildi. Ayollarning moliyaviy savodxonligini oshirish va tadbirkorlikka yo‘naltirish bo‘yicha alohida veb-sahifa hamda “telegramm_bot” ishga tushirilmoqda.

“Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarning xohish-istaklari,  har bir hududning ichki xususiyatlaridan kelib chiqib, biznesga yo‘naltirish bo‘yicha aniq hisob-kitoblar bilan tushuntirishlar berildi. Bu bo‘yicha tashkil etilgan o‘quv-kurslariga esa 2 ming nafardan ziyod opa-singillarimiz jalb qilindi.

Ayni paytda tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish istagini bildirgan hamda “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarning biznes loyihalari ishlab chiqilmoqda. Mazkur biznes loyihalar doirasida tadbirkorlikning barcha yo‘nalishlarida bazaviy hisoblashning 150 baravarigacha bo‘lgan miqdorda kreditlar ajratish rejalashtirilyapti.

Videoselektor yig‘ilishida so‘zga chiqqanlar xotin-qizlar tadbirkorligini yanada rivojlantirish va bu boradagi qo‘shimcha imkoniyatlarni ishga solishga doir rejalaridan samarali foydalanishini  e’tirof etdi.

 

Bank Axborot xizmati.

Xalq Banki Xalq banki – O‘zbekistonning  birinchi banki bo'lib, moliya bozorida 1875-yil 10-maydan buyon faoliyat yuritib kelmoqda. Bankning 300 ga yaqin xizmat ko'rsatish shoxobchalari, 3000 dan ortiq bankomatlari mavjud bo'lib, ular geografik qamrovi bo'yicha mamlakat moliya bozorida yetakchi hisoblanadi. Moliya muassasasi O'zbekiston bo'ylab 10 millionga yaqin bank xizmatlari iste'molchilariga xizmat ko'rsatadi.
Manba: Xalq banki
O'xshash yangiliklar
“Fitch Ratings” xalqaro reyting agentligi “Kapitalbank”ga “Barqaror” prognoz bilan “B” darajadagi reytingini berdi

04.07.2024

“Fitch Ratings” xalqaro reyting agentligi “Kapitalbank”ga “Barqaror” prognoz bilan “B” darajadagi reytingini berdi

“S&P Global Ratings” xalqaro agentligi "Kapitalbank" reytingini “B”dan “B+”ga ko‘tardi.

02.07.2024

“S&P Global Ratings” xalqaro agentligi "Kapitalbank" reytingini “B”dan “B+”ga ko‘tardi.

Uzum Bank Markswebb versiyasi bo‘yicha banklar va to‘lov servislari ilovalari orasida birinchi o‘rinni egalladi
Uzum Bank Markswebb versiyasi bo‘yicha banklar va to‘lov servislari ilovalari orasida birinchi o‘rinni egalladi



Orphus tizimi