JET: Qaysi banklar eng yuqori foizli va to'ldiriladigan omonatlarni taklif qilmoqda? Batafsil

Xalq bankining aloqa markazi 24/7 tartibida xizmat ko‘rsatadi!

05.11.2021

Xalq bankining yangi formatdagi aloqa markazi haftaning 7 kuni davomida uzluksiz ravishda telefon orqali mijozlarning murojaatlarini qabul qilib, sifatli va tezkor xizmat ko‘rsatish tizimini yo‘lga qo‘ydi.

 

Ushbu tizim orqali mijoz to‘g‘risidagi ma’lumotlar yig‘ilib, ehtiyojlarni oldindan aniqlash, shuningdek, avtomatlashtirilgan marketing va prognozlashtirilgan sotuvlarni amalga oshirib, mijozlarga yangi xizmat turlari taklif etib boriladi.

“Call-center” orqali Xalq banki tizimiga oid muammolaringizni hal qilish hamda bank xizmatlari to‘g‘risida kerakli maslahat va tavsiyalarni olish ham mumkin. Operatorlar barcha turdagi xizmatlarni masofaviy shaklda olib bormoqda.

Masalan:

1). yo‘qotilgan bank kartani bloklash yoki blokdan chiqarish;

2). bank kartasi balansini va o‘tkazmalar tarixini bilish;

3). “Humo” bank kartasi egalari uchun SMS-xabarnoma xizmatini yoqish;

4). jismoniy shaxslarning kredit to‘lovlari uchun ID raqamlarini bilib berish va mijozning mavjud bo‘lgan kreditiga ID raqam biriktirib berish;

5). mobil banking xizmatlari: hisobraqam qo‘shish va olish, blokka qo‘yish va blokdan chiqarish, mobil telefon o‘zgarganda yangi telefonda ilovani aktiv holatga keltirish;

6). internet banking xizmatlari: hisobraqam qo‘shish va olish;

7). yuridik shaxslarga SMS-banking xizmatida kerakli hisobraqamlarni qo‘shish va olish, telefon raqam qo‘shish va olish;

8). yuridik shaxslarning kartoteka qarzdorliklari haqida maʼlumot berish;

9). mijoz to‘lovlari o‘tgan yoki o‘tmaganligini aniqlashtirish;

10). mijozlar omonatlari bo‘yicha maʼlumot berish;

JBPT (INPS), jismoniy shaxs bo‘lgan mijozning hisob raqami holati bo‘yicha ma’lumot olish uchun telefon raqam biriktirib berish;

JBPT (INPS), yuridik shaxslar uchun keng turdagi xizmatlar, xususan, yangi firmani biriktirib berish, xizmat ko‘rsatuvchi filialni o‘zgartirib berish, reestr yuborishdagi muammolarni bartaraf etish hamda masofaviy “Any Desk” yordamida xizmat ko‘rsatish;

Naqd pulda olinadigan pensiya mablag‘ini bank kartasiga o‘zgartirib berish;

“Zolotaya korona” xalqaro pul o‘tkazmasi orqali Uzcard va Humo kartalariga kirim qilishda amaliy yordam berish;

Xalq bankining Uzcard bank kartalari orqali to‘lovlarni amalga oshirish;

Ijtimoiy to‘lovlar va ish haqi uchun bank kartalarini onlayn rasmiylashtirib berish.

1106 va 71 210 20 02 qisqa yagona ishonch raqamlari orqali mamlakat bo‘ylab aholidan murojaatlarni qabul qilmoqda. Murojaatlar esa kuniga 1000 dan ziyod bo‘lyapti. Bu ko‘rsatkich markaz ish boshlagandan buyon hozirgi vaqtga qadar
389 600 dan ortiqni tashkil etdi. Fuqarolarning asosiy va ko‘p beradigan savollari bu — kredit yo‘nalishlari (jismoniy shaxs va imtiyozli kreditlar), pensiya tarqatilishi, bank kartalari, JBPT xizmatlari to‘g‘risida va boshqalar.

Markazda ayni vaqtda 84 nafar xodim faoliyat yuritmoqda. Shulardan 1 nafar xodim markaz direktori, 1 nafar xodim direktor o‘rinbosari, 2 nafari – xizmat xonalar farroshi, 72 nafar xodim operator sifatida ish olib borayotgan bo‘lsa, 8 nafar xodim supervayzor sifatida mehnat qilmoqda.

Web sayt: xb.uz

E-mail: info@xb.uz 

Telegram-kanal: https://t.me/xalqbankinfo 

Telegram-bot: https://t.me/xbInfo_bot 

Telegram-bot call center: https://t.me/xalqbankcall_bot
Facebook: Xalq Banki

Instagram: xalqbankinfo

 

 

Xalq Banki Xalq banki – O‘zbekistonning  birinchi banki bo'lib, moliya bozorida 1875-yil 10-maydan buyon faoliyat yuritib kelmoqda. Bankning 300 ga yaqin xizmat ko'rsatish shoxobchalari, 3000 dan ortiq bankomatlari mavjud bo'lib, ular geografik qamrovi bo'yicha mamlakat moliya bozorida yetakchi hisoblanadi. Moliya muassasasi O'zbekiston bo'ylab 10 millionga yaqin bank xizmatlari iste'molchilariga xizmat ko'rsatadi.
Manba: Xalq banki
O'xshash yangiliklar
Savdo, fintex va «yashil» loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda

24.06.2025

Savdo, fintex va «yashil» loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda

Paynet kompaniyasining alyansi Xalq banki bilan hamkorlik orqali mustahkamlanmoqda

16.06.2025

Paynet kompaniyasining alyansi Xalq banki bilan hamkorlik orqali mustahkamlanmoqda

Toshkentda Key Tech konferensiyasi bo‘lib o‘tadi: banklar va fintexda moliyaviy texnologiyalar va AI kelajagi haqida

12.06.2025

Toshkentda Key Tech konferensiyasi bo‘lib o‘tadi: banklar va fintexda moliyaviy texnologiyalar va AI kelajagi haqida



Orphus tizimi