Yangi bino, qulay shart-sharoit, zamonaviy texnologiyalar bilan ishlash har qanday tashkilotda ish unumdorligini oshiradi, xodimlarning yaxshi kayfiyatda mehnat qilishiga juda katta tasir qiladi.
Ayniqsa, bank tizimida bu juda muhim. Nafaqat xodimlar, balki mijozlar uchun ham qulay sharoit yaratilishi, ularga yozda salqin, qishda issiq joylarda tezkor xizmat ko‘rsatilishi bankning daromadlilik darajasini ham oshiradi.
Aholi va tadbirkorlarga bank xizmatlarini ko‘rsatishda qulayliklar yaratish borasida davlatimiz rahbarining 2018-yil 23-martdagi “Bank xizmatlari ommabopligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida ham belgilangan.
Xuddi shu omillarni inobatga olgan holda Xalq banki tomonidan yillar davomida eskirgan, hozirgi zamon talabiga javob berolmay qolgan hududiy va tuman (shahar) filiallari bosqichma-bosqich kapital ta’mirlanmoqda, ayrim hududlarda butkul yangi binolar qurilmoqda.
Xalq banki Qashqadaryo viloyati Koson filiali ham kapital ta’mirlanib, foydalanishga topshirildi. 63 nafar xodim mehnat qiladigan mazkur binoda aholi va tadbirkorlar uchun barcha qulayliklar yaratilgan. Birinchi va ikkinchi qavatlar “front” va “bek” ofislarga ajratilgan holda mijozlarga xizmat ko‘rsatilmoqda.
Bank Axborot xizmati
13.05.2026
Central Asian Fintech Association (CAFA) Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan menejerlar va IT yetakchilari uchun eng muhim tadbirlardan biri — Manager’s Conference 2026 tadbirining hamkori va ishtirokchisi sifatida qatnashadi
05.05.2026
Janubiy Koreyadan pul o‘tkazmalari yanada qulaylashdi: Octobank HUMO kartalariga E9PAY uladi
24.04.2026
Qashqadaryo: ANORBANK 150 nafar maktab o‘quvchilari uchun moliyaviy savodxonlik darslarini o‘tkazdi
Xalq bankining Koson filiali mijozlarni yangi binoda qabul qilmoqda