Aholining o‘sib borayotgan ehtiyojlarini qondirish maqsadida Xalq banki tobora ko‘proq imkoniyat va qulayliklarni yaratmoqda.
Endilikda 7 valyuta turi bilan barcha turdagi valyuta ayirboshlash amaliyotlari amalga oshiriladi.
АQSh dollari;
Yevro;
Funt Sterling;
Rossiya rubli;
Shveytsariya franki;
Yaponiya ienasi;
Qozog‘iston tengesi.
Hozirgi kunda respublikamizda 287 ta valyuta ayirboshlash shoxobchasi mavjud bo‘lib, ulardan 203 tasi filiallarda, 73 tasi Bank xizmatlari markazlarida, 10 tasi chegara postlarida va 1 tasi aeroportda joylashgan. 24/7 ishlaydigan chegara postlaridagi ayirboshlash shoxobchalaridan tashqari, boshqa punktlar mijozlarni soat 9:00 dan 18:00 gacha qabul qiladi.
Qolaversa, siz nafaqat bitta valyutani boshqasiga almashtirishingiz mumkin, chunki ayirboshlash shoxobchalari juda keng turdagi xizmatlarni taqdim qiladi:
- xarid (naqd chet el valyutasini sotib olish);
- sotuv (naqd chet el valyutasini sotish);
- konversiya (bir chet el valyutasini boshqa chet el valyutasiga ayirboshlash);
- shikastlangan chet el valyutasini qabul qilish;
- muomalaga yaroqsiz chet el valyutasini inkassoga qabul qilish;
- naqd chet el valyutasini ekspertizaga qabul qilish;
- bir turdagi chet el valyuta kupyuralarini mayda yoki yirik kupyuralarga almashtirish;
- mijozning xalqaro to‘lov kartasidan chet el valyutasidagi pul mablag‘ini mijozning xohishiga ko‘ra naqd milliy yoki chet el valyutasida yechib berish.
Bundan tashqari, respublika bo‘ylab valyuta ayirboshlash bankomatlari 113 yetdi (113 tasi xarid amaliyotini, 56 tasi sotuv amaliyotini bajaradi).
Shuningdek, “Xalq Mobile” mobil ilovasi orqali AQSh dollarida onlayn konversiya qilish imkoniyati mavjud.
24.12.2024
Jamoangizga Push30 bilan investitsiya qiling
19.12.2024
Uzum Bank va Visa plastik debet kartalarni ishga tushirdi
Xalq bankining valyuta ayirboshlash shoxobchalari 287 taga yetdi