Xalqaro Tiklanish Va Taraqqiyot Banki va “Hamkorbank” ATB o’rtasida kelishuv imzolandi

Xalqaro Tiklanish Va Taraqqiyot Banki va “Hamkorbank” ATB o’rtasida kelishuv imzolandiXalqaro Tiklanish va Taraqqiyot Banki va “Hamkorbank” aksiadorlik tijorat banki o’rtasida 25 mln. AQSh dollar miqdorida “Sanoat korxonalarini energiya samaradorligini oshirish” loyihasi doirasida kelishuv imzolandi.


Loyiha yirik sanoat korxonalari, kichik va o'rta korxonalar uchun energiya tejovchi texnologiyalarga, shuningdek maqsadli texnik yordam ko'rsatish orqali energiya samaradorligini oshirish uchun qo'shimcha moliyalashtirishni ko’zda tutgan. Qurilish materiallari, to'qimachilik va oziq-ovqat kabi energiya talab etuvchi yo'nalishidagi tarmoqlarda ishlaydigan kichik va o’rta korxonalarida ortiqcha energiya sarflaydigan ishlab chiqarish jarayonlarini modernizatsiya qilish dolzarb yo’nalishlardan biri hisoblanadi. Loyiha esa ularning raqobatbardoshligini oshirishga yordam beradi.


"Eskirgan uskunalar va ishlab chiqarish tehnologiyalarini modernizatsiya qilish mamlakat korxonalarining raqobatbardoshligini oshirish uchun muhim hisoblanadi. Energiya samaradorligini oshirish tufayli kam energiya iste'mol qilish erishiladi bu esa operatsion xarajatlarni kamaytirishga olib keladi - Jahon bankining O'zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Hideki Mori. Shuningdek, u iqlim o'zgarishining oqibatlarini yumshatish imkonini beradi. Jahon banki ushbu loyihani amalga oshirish orqali O'zbekistondagi sanoat korxonalarida energiya samaradorligini qo'llab-quvvatlashni kengaytirmoqchi. "


Ta'kidlash joizki, Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki tomonidan O'zbekiston Respublikasiga berilgan umumiy qarz miqdori 200 mln. AQSh dollarni tashkil etadi. Mablag'lar energiya samaradorligini oshirishga qaratilgan yangi texnika va texnologiyalarni sotib olish uchun O'zbekiston Respublikasi korxonalarini moliyalashtirishga yo’naltiriladi.


Xalqaro Tiklanish Va Taraqqiyot Banki va “Hamkorbank” ATB o’rtasida kelishuv imzolandi

Hamkorbank Chet el kapitali ishtirokidagi "Hamkorbank" aksiyadorlik tijorat banki O‘zbekiston Respublikasi bank xizmatlari bozorida 1991 yildan buyon faoliyat yuritib kelmoqda. Bank 28 yil ichida Respublikaning barcha ma’muriy mintaqalarini qamrab olgan keng tarqalgan filiallar tarmogʻini shakllantirdi.
Manba: Hamkorbank
O'xshash yangiliklar
Qashqadaryo: ANORBANK 150 nafar maktab o‘quvchilari uchun moliyaviy savodxonlik darslarini o‘tkazdi

24.04.2026

Qashqadaryo: ANORBANK 150 nafar maktab o‘quvchilari uchun moliyaviy savodxonlik darslarini o‘tkazdi

Tashkent City’da Asterium kriptoekotizimining flagman ofisi ochildi. U xavfsizlik, shaffoflik va premial foydalanuvchi tajribasiga urg‘u berilgan yangi makondir.

23.04.2026

Tashkent City’da Asterium kriptoekotizimining flagman ofisi ochildi. U xavfsizlik, shaffoflik va premial foydalanuvchi tajribasiga urg‘u berilgan yangi makondir.

Biznes — bu to'g'ri qarorlar va ishonchli hamkorlik

23.04.2026

Biznes — bu to'g'ri qarorlar va ishonchli hamkorlik



Orphus tizimi