2024-yilda pulni nimaga tiksa bo'ladi? Batafsil

Xalqaro to'lov kartalaridan foydalangan holda chet el valyutasini xarid qilishi haqida

08.09.2017

Jismoniy shaxslar tomonidan chet el valyutasini xarid qilish bilan bog‘liq so‘rovlar kelib tushayotgani munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki quyidagilarni ma’lum qiladi.

Jismoniy shaxslarning chet el valyutasini xarid qilishi

Fuqarolar tijorat banklarining konversiya bo‘limlaridan naqdsiz ko‘rinishda xalqaro to‘lov kartalariga (konversiya) tushirib berish orqali chet el valyutasi xarid qilishlari mumkin. Milliy valyutadagi to‘lov ham naqd, ham naqdsiz shaklda – bank to‘lov kartalari (plastik kartalar) orqali amalga oshiriladi.

Xalqaro (konversion) to‘lov kartalarini ochish va ishlatish bilan bog‘liq xarajatlar

Hozirgi paytda tijorat banklari tomonidan xalqaro (konversion) to‘lov kartalarini ochish va ishlatish uchun quyidagi komissiya haqlari olinadi:

-   kartani ochish uchun - 75 mingdan 100 ming so‘mgacha (bir martalik to‘lov);

-   artadan foydalanib to‘lovlar amalga oshirilganda komissiya haqi - har bir tranzaksiya summasining 0,5 foizidan 1 foizigacha bo‘lgan miqdorda;

-   chet eldagi bankomatlardan naqd xorijiy valyuta echib olish - operatsiya summasining 1 foizi miqdorida;

 Xalqaro to‘lov tizimlari operatorlari (VISA, MasterCard va boshqalar) talablariga ko‘ra, banklar tomonidan 35 dollardan 100 dollargacha kamaytirilmas qoldiq (sug‘urta depoziti) o‘rnatilgan bo‘lib, undan mijoz foydalana olmaydi va to‘lov kartasi yopilganidan so‘ng u mijozga qaytariladi. Ushbu sug‘urta depoziti mablag‘lar ortiqcha sarflanganida bank tomonidan ishlatiladi. Mablag‘larning ortiqcha ishlatilishi kurslarning o‘zgarishi yoki xorijiy bank tomonidan to‘lov kartasi bo‘yicha operatsiyalar amalga oshirishda o‘rnatilgan komissiyadan hosil bo‘lishi mumkin. (Ma’lumot ilova etilayotgan jadvalda banklar kesimida berilmoqda)

Xalqaro (konversion) to‘lov kartalarining ishlatilishi

Hozirgi paytda xalqaro (konversion) to‘lov kartalaridan faqat xorijiy davlatlarda foydalanish mumkin. Bankomatlardan hech qanday cheklovlarsiz naqd pul echib olish, do‘kon va mehmonxonalarda, to‘lov kartasi qabul qilinadigan barcha joylarda karta orqali to‘lov qilish mumkin. To‘lov kartalari barcha davlatlarda ishlatilishi mumkin, davlatlar bo‘yicha cheklov yoki naqd xorijiy valyutani echib olish bo‘yicha limit o‘rnatilmagan. Shu o‘rinda xorijiy banklar o‘z bankomatlaridan naqd pullarni echib olish uchun ma’lum bir limit o‘rnatish amaliyotidan ham foydalanishi mumkinligini e’tiborga olish zarur. Odatda bu limit bitta operatsiyaga nisbatan joriy qilingan bo‘lib, operatsiyalar sonining o‘zi cheklanmagan bo‘ladi.

Shuningdek, kartadagi valyuta mablag‘laridan xorijda o‘qish yoki davolanish uchun talab etiladigan hujjatlar (invoyslar) taqdim etilganida bevosita O‘zbekistondagi bankdan turib to‘lovni amalga oshirishda foydalanish mumkin.

Respublika hududida xalqaro (konversion) to‘lov kartasidagi mablag‘larni joriy ayriboshlash kursi bo‘yicha faqat milliy valyutada echib olish mumkin.

Xorijiy valyuta bilan to‘ldiriluvchi xalqaro to‘lov kartalari

Fuqarolar tomonidan xorijiy valyuta bilan to‘ldiriluvchi xalqaro to‘lov kartalari mamlakatimiz hududida cheklovlarsiz qabul qilinadi. Bunday kartalardagi mablag‘lar bank yoki bankomatlardan (karta egasining ixtiyoriga ko‘ra) xoh milliy valyutada, xoh xorijiy valyutada, naqd ko‘rinishda echib olinishi mumkin.

Bunday kartalardan chet mamlakatlarda ham, O‘zbekiston hududida ham do‘konlar, mehmonxonalar va kartani to‘lovga qabul qiluvchi terminal mavjud har qanday joyda hech qanday cheklovlarsiz foydalanish mumkin.

Manba: www.cbu.uz

Asakabank “Asakabank” AJ – pul mablagʻlaringizni jamgʻarish va koʻpaytirish kafolati!

1995-yildan boshlab “Asakabank” Oʻzbekiston bank xizmatlari bozorida yetakchi pozitsiyalarni mustahkam egallab kelmoqda hamda oʻz tajribasi va quvvatini har kuni oʻz mijozlarining turmushi va qulayligi uchun zamonaviy mahsulotlar va xizmatlar yaratishga safarbar etmoqda!
- Manfaatli omonatlar;
- Qulay shartlardagi kreditlar;
- Bank kartalarini ochish.

Bank sizning choʻntagingizda!
“Asakabank” mobil ilovasini oʻrnatib oling va mablagʻlaringizni uydan chiqmasdan onlayn rejimda boshqaring!
Manba: Asaka bank
O'xshash yangiliklar
Moody’s xalqaro reyting agentligi “Kapitalbank” reytingini tasdiqladi
Moody’s xalqaro reyting agentligi “Kapitalbank” reytingini tasdiqladi

Bank cho‘ntagingizda: Uzum Media bank ilovalaridan qanday qilib xavfsiz foydalanish haqida aytib berdi
Bank cho‘ntagingizda: Uzum Media bank ilovalaridan qanday qilib xavfsiz foydalanish haqida aytib berdi

“Birinchi” kredit kartasining limiti 100 million so‘mgacha oshirildi

01.04.2024

“Birinchi” kredit kartasining limiti 100 million so‘mgacha oshirildi

Uzsanoatqurulishbank



Orphus tizimi