Xitoylik hamkorlar bilan kelishuv imzolandi

16.05.2018

Ta’kidlash joizki, ATB “Qishloq qurilish bank” hamda dunyoning eng yirik banklari biri bo‘lgan Xitoyning mazkur banki o‘rtasidagi hamkorllika 2017 yil boshida asos solingan bo‘lib, o‘tgan davr mobaynida Pekin hamda Toshkent shaharlarida bir qator uchrashuvlar o‘tkazilgan va ular natijasida zamonaviy uskunalar, texnika va elektr jihozlari, yuqori texnologik uskunalar va xizmatlarni xarid qilish bilan bog‘liq, qolaversa, tabiiy resurslar, energetika sohasidagi tadqiqotlar, qurilish ishlari va boshqa yo‘nalishlarni ham qamrab oluvchi yirik investitsiya loyihalarini uzoq muddatga moliyalashtirishga kelishib olingan.

Meeting_ICBC&QQB.jpg

Mazkur Dastlabki kelishuv “Bitta makon, bitta yo‘l” tashabbusi doirasida banklararo muntazam hamkorlik mexanizmini amalga oshirishga qaratilgan bo‘lib, kelgusida O‘zbekiston va Xitoy Xalq Respublikasi tadbirkorlari o‘rtasidagi munosabatlarni mustahkamlashda uzoq muddatli kreditlar ajratilishi va bu orqali ikki strategik hamkor davlatlar o‘rtasida iqtisodiy va savdo aloqalarini hamda investitsion faoliyatni kengaytirishga hissa qo‘shish ko‘zda tutilgan.

Mazkur Dastlabki kelishuvning afzallik tomoni shundaki Xitoylik hamkor import shartnomasi miqdorining 85 foizga qadar va SINOSURE (Xitoy eksport va kreditni sug‘urtalash korporatsiyasi) tomonidan sug‘urtalash bilan bog‘liq xarajatlarni 100 foizga qadar miqdorda moliyalashtirishi mumkin. Mazkur hamkorlik doirasida kredit mablag‘lari 3 yildan 10 yilgacha bo‘lgan muddatga ajratiladi va yakuniy shartlar har bir loyiha doirasida alohida belgilanadi.

 

Bank axborot xizmati

BRB
O'xshash yangiliklar
Janubiy Koreyadan pul o‘tkazmalari yanada qulaylashdi: Octobank HUMO kartalariga E9PAY uladi

05.05.2026

Janubiy Koreyadan pul o‘tkazmalari yanada qulaylashdi: Octobank HUMO kartalariga E9PAY uladi

Qashqadaryo: ANORBANK 150 nafar maktab o‘quvchilari uchun moliyaviy savodxonlik darslarini o‘tkazdi

24.04.2026

Qashqadaryo: ANORBANK 150 nafar maktab o‘quvchilari uchun moliyaviy savodxonlik darslarini o‘tkazdi

Tashkent City’da Asterium kriptoekotizimining flagman ofisi ochildi. U xavfsizlik, shaffoflik va premial foydalanuvchi tajribasiga urg‘u berilgan yangi makondir.

23.04.2026

Tashkent City’da Asterium kriptoekotizimining flagman ofisi ochildi. U xavfsizlik, shaffoflik va premial foydalanuvchi tajribasiga urg‘u berilgan yangi makondir.



Orphus tizimi