JET: Qaysi banklar rasmiy daromadsiz eng past foizli mikroqarzlar taqdim etadi? Batafsil

Xizmatlarimizdan foydalanish uchun bankka kelishingiz shart emas!

22.10.2020

 

Buni transformasiya jarayonidagi yangilanishlar natijasi, desak bo‘ladi.  Mijozlarga yaratilgan zamonaviy  qulaylik sifatida ham baholash mumkin. Muhimi, bank amaliyotlarini masofadan turib bajarish imkoniyatini mijozlarga manzur bo‘lyapti. 

Mana,  Xalq bankida yuridik shaxslarga masofadan turib hisobraqam ochish imkoniyati yaratildi.

Endi korxona,  tashkilot,  muassasa yo tadbirkorlik sub’yekti uchun yangi hisobraqam ochishda bank filialiga borish talab etilmaydi.  Hammasi juda oddiy:  mijoz Xalq bankining xb.uz saytiga kirib, yuqori o‘ng menyulardan “Kirish” menyusini tanlaydi. Barcha kerakli ma’lumotlar kiritilgach, tizimga o‘tish tasdiqlanadi. Interfaol xizmatlar menyusidan “Yuridik shaxslar uchun hisobraqam ochish” bo‘limi tanlanadi.

“Yuridik shaxslar uchun hisobraqam ochish” bo‘limiga ma’lumotlar to‘liq kiritilgandan so‘ng murojaat qabul qilinadi va 5-10 daqiqada hisobraqam ochiladi. Bu haqda mijoz ham xabardor qilinadi.

Xullas, bankda hisobraqam ochishim kerak, tushlikkacha ulguramanmi, degan o‘ylar endi sizni qiynamaydi. Uyingizdan yoki ofisingizdan turib hisobraqam ochgan holda tadbirkorlik faoliyatingizni kengaytiraverasiz.

Shuningdek, sizda o‘sha ochilgan hisoraqamlarni masofadan turib boshqarish imkoniyati ham bor. “Internet banking” va “Mobil banking” xizmat turlari orqali pul ko‘chirishingiz, hisobingizga kelib tushgan mablag‘lardan xabardor bo‘lib borishingiz, yillik tushum va chiqimlarni monitoring qilishingiz mumkin.

Qisqa qilib aytganda, Xalq bankining mijozlari bankka kelmasdan bank xizmatlaridan foydalanishi mumkin. 

Bank Axborot xizmati

Xalq Banki Xalq banki – O‘zbekistonning  birinchi banki bo'lib, moliya bozorida 1875-yil 10-maydan buyon faoliyat yuritib kelmoqda. Bankning 300 ga yaqin xizmat ko'rsatish shoxobchalari, 3000 dan ortiq bankomatlari mavjud bo'lib, ular geografik qamrovi bo'yicha mamlakat moliya bozorida yetakchi hisoblanadi. Moliya muassasasi O'zbekiston bo'ylab 10 millionga yaqin bank xizmatlari iste'molchilariga xizmat ko'rsatadi.
Manba: Xalq banki
O'xshash yangiliklar
Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?

17.10.2025

Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?

Octobank — TAF!25 versiyasi bo‘yicha onlayn biznes uchun raqamli yechimlarni yaratish yetakchisi

13.10.2025

Octobank — TAF!25 versiyasi bo‘yicha onlayn biznes uchun raqamli yechimlarni yaratish yetakchisi

FinTech va Bank forumi (FIBA) 2025 20-oktyabr kuni Toshkentda bo‘lib o‘tadi

13.10.2025

FinTech va Bank forumi (FIBA) 2025 20-oktyabr kuni Toshkentda bo‘lib o‘tadi



Orphus tizimi