Xorijiy valyutadagi amaliyotlarning tezkorligini ta’minlash maqsadida ATB “Qishloq qurilish bank” 2019 yil 1 iyuldan xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarning xorijiy valyuta oldi-sotdisi bo‘yicha buyurtmanomalarining onlayn rejimida bajarilishini yo‘lga qo‘ydi.
Endilikda mijozlar “bank-mijoz” dasturi orqali bank filiallariga kelmasdan, masofadan turib “onlayn konvertatsiya” amaliyotini bajarish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Xususan, xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar xorijiy valyuta oldi-sotdisi bo‘yicha buyurtmanomalarni taqdim qilish, xorijiy hamkordan qaytarilgan yoki ishlatilmay qolgan valyuta mablag‘larini, shuningdek, o‘zining bo‘sh valyuta mablag‘larini milliy valyutamizga ayirboshlash uchun qisqa muddatda, ortiqcha vaqt sarflamasdan sotishlari mumkin.
Eng muhimi, mazkur yangi amaliyot mijozlarning xorijiy hamkorlari oldidagi majburiyatlari tezkor bajarilishiga, ularning vaqti tejalishiga va tadbirkorlik faoliyati jadal rivojlanishiga zamin yaratadi.
Bank axborot xizmati
05.05.2026
Janubiy Koreyadan pul o‘tkazmalari yanada qulaylashdi: Octobank HUMO kartalariga E9PAY uladi
24.04.2026
Qashqadaryo: ANORBANK 150 nafar maktab o‘quvchilari uchun moliyaviy savodxonlik darslarini o‘tkazdi
23.04.2026
Tashkent City’da Asterium kriptoekotizimining flagman ofisi ochildi. U xavfsizlik, shaffoflik va premial foydalanuvchi tajribasiga urg‘u berilgan yangi makondir.
Xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarga yana bir qulaylik!