Kapitalbank Uzcard versiyasiga ko'ra korporativ biznesni rivojlantirish bo'yicha yetakchiga aylandi Batafsil

XO'JAYLIDA YANGI FILIAL

09.07.2013
9.07.2013       Qoraqalpog'iston Respublikasi Xo'jayli tumanida “Mikrokreditbank” ochiq aksiyadorlik tijorat bankining yangi filiali ochilishiga bag'ishlangan marosim bo'lib o'tdi.          Tadbirda Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va Xo'jayli tumani hokimligi mutasaddi rahbarlari, keng jamoatchilik vakillari mahalla faollari, tadbirkorlar, shuningdek yaqinda kasb-hunar kollejini bitirgan bir guruh yoshlar ishtirok etishdi. Ma'lumki, Davlatimiz rahbari tashabbusi va 2006 yil 5 maydagi "Mikrokreditbank aksiyadorlik tijorat bankini tashkil etish to'g'risida”gi Farmoni asosida ish boshlagan mazkur muassasa ayni paytda mamlakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik hamda fermerlikni rivojlantirish, yakka tartibdagi mehnat faoliyatini, oilaviy biznes va kasanachilikni faollashtirish, ayniqsa qishloq joylarda aholi keng qatlamlarining mikromoliyaviy xizmatlardan bahramand bo'lishini ta'minlash borasida samarali faoliyat olib bormoqda.             Ta'kidlash lozimki, bank tashkil etilgan ilk kunlardanoq, ko'rsatiladigan mikromoliyaviy xizmatlarning iqtisodiy va ijtimoiy yo'nalishdagi asosiy maqsadlari belgilab olindi va asosiy e'tibor kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'ektlariga xizmat ko'rsatish uchun qo'shimcha imkoniyatlarni ta'minlaydigan filial va minibanklar tizimi orqali moliyaviy infratuzilma kengaytirilishiga qaratildi. Natijada bugungi kunda Respublikamiz bo'yicha bankda 84 ta filial, 188 ta minibank va 100 ga yakin agentliklar faoliyat yuritmoqda. Bu borada ayni paytda, Qoraqalpog'iston Respublikasida ham bankning 5 ta filiali va 18 ta minibanki faoliyat yuritib kelgan bo'lsa, bugun ushbu minibankning filialga aylantirilishi filiallar sonini yana 1 taga oshiradi. Joriy Obod turmush yilining o'tgan oylari davomida bank tomonidan Qoraqalpog'iston Respublikasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik sub'ektlarini qo'llab-quvvatlash maqsadlari uchun 16,6 mlrd. so'm miqdorida kreditlar ajratildi. Mazkur kreditlarning qariyib 9 mlrd. so'mi imtiyozli mikromoliyaviy xizmatlar hisasiga to'g'ri keladi. Natijada hududda 3500 dan ziyod yangi ish o'rinlari tashkil etildi. Shuningdek, ayollar tadbirkorligi uchun 1,3 mlrd. so'm, kasb-hunar kolleji bitiruvchilari uchun 460 mln. so'm miqdorida kredit mablag'lari yo'naltirildi. Ochilish marosimida so'zga chiqqanlar yangi filial Xo'jayli tumani aholisi uchun necho?lik keng imkoniyatlar ochib berayotgani, kelgusida ushbu muassasa yurtimizdagi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'ektlari safi yanada kengayishiga xizmat qilishini e'tirof etdilar.             Tadbir davomida yosh tadbirkorlarning bank kreditlari evaziga yaratgan mahsulotlari ko'rgazmasi namoyish etildi. Shuningdek, o'zining puxta biznes rejalariga ega bo'lgan yosh tadbirkorlarga “Mikrokreditbank” tomonidan imtiyozli sarmoya olishlari uchun sertifikatlar topshirildi.
MKBank “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 5-maydagi “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat bankini tashkil etish toʼgʼrisida”gi PF-3750-sonli Farmoni asosida tashkil etildi.Bank xalqaro moliyaviy institutlar hamda chet el tijorat banklari bilan hamkorlik aloqalarini oʼrnatgan.
O'xshash yangiliklar
Kapitalbank Uzcard versiyasiga ko'ra korporativ biznesni rivojlantirish bo'yicha yetakchiga aylandi

25.10.2024

Kapitalbank Uzcard versiyasiga ko'ra korporativ biznesni rivojlantirish bo'yicha yetakchiga aylandi

Plum Tech UZCARD EXPO 2024 da: moliyaviy imkoniyatlarni o‘zgartiruvchi texnologiyalar

24.10.2024

Plum Tech UZCARD EXPO 2024 da: moliyaviy imkoniyatlarni o‘zgartiruvchi texnologiyalar

ATTO EXPO 2024 UZCARDda: Transport kartalaridan foydalanish bo‘yicha yechimlarni namoyishi

24.10.2024

ATTO EXPO 2024 UZCARDda: Transport kartalaridan foydalanish bo‘yicha yechimlarni namoyishi



Orphus tizimi