Bank.uz asoschilari JET media-loyihasini ishga tushirdilar Batafsil

XORIJIY KREDIT LINIYALARINI JALB ETISH BO’YICHA OLIB BORILAYOTGAN ISHLAR TO’G’RISIDA MATBUOT ANJUMANI O’TKAZILDI

31.05.2018

Joriy yil 30 may kuni O’zbekiston milliy matbuot markazida «Asaka» bank tomonidan xorijiy kredit liniyalarini jalb etish bo’yicha olib borilayotgan ishlar to’g’risida» matbuot anjumani o’tkazildi. Matbuot anjumanida bankning Tashqi iqtisodiy faoliyat, Kreditlash, Loyihalarni moliyalashtirish, Lizing amaliyotlari, Strategik rivojlantirish, iqtisodiy tahlil va metodologik ishlarni muvofiqlashtirish departamentlari va Axborot xizmati xodimlari hamda respublikamizdagi yetakchi ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.

«Asaka» bank tashqi iqtisodiy hamkorlikning faol ishtirokchisi sifatida iqtisodiyotning strategik tarmoqlarini rivojlantirish bo’yicha to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalar va kredit liniyalarini jalb etishda keng ko’lamli ishlarni olib bormoqda. Shuningdek, bank mijozlarining eksport-import amaliyotlari bo'yicha to'g'ridan-to'g'ri hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun xorijiy hamkorlar bilan vakillik aloqalarini yo'lga qo'yish bo’yicha ham faol ishlar olib bormoqda. Bugungi kunda bank tomonidan 370dan ziyod yetakchi xorijiy banklar bilan vakillik munosabatlari  o'rnatilgan.

2017 yil va 2018 yilning birinchi yarmi davomida «Asaka» bank tomonidan xalqaro hamkorlik yo'nalishida quyidagi natijalarga erishildi:

XITOY XALQ RESPUBLIKASI

Bugungi kunda «Asaka» bank tomonidan «Angren» erkin iqtisodiy zonasi hududida   «Konveyer lentalari, avtomobil va qishloq xo'jalik texnikalari uchun shinalar ishlab chiqarishni tashkil etish» va «Navoiyazot» AJ bazasida «Polivinilxlorid, metanol va kaustik soda ishlab chiqarish kompleksini qurilishi» loyihalarini moliyalashtirish maqsadida Xitoy Eksimbankining 530 mln. AQSh dollaridan ziyod miqdordagi imtiyozli kredit mablag'lari jalb etildi. Shunday qilib, «Asaka» bank O'zbekiston Respublikasida kimyo sanoatining rivojlanishiga o'z hissasini qo'shmoqda.

2017 yil avgust oyida «Asaka» bank delegatsiyasi XXRning Pekin shahrida  «China Export & Credit Insurance Corporation» eksport-kredit agentligi (EKA «Sinosure») rahbariyati bilan uchrashdi.

EKA Sinosure mustaqil maqomga ega davlat sug’urta kompaniyasi hisoblanib, uning asosiy vazifasi XXRning tashqi savdo amaliyotlarini rivojlantirishga, yuqori texnologiyalar, tovarlar va xizmatlarni eksportiga ko’maklashish, xitoy milliy kompaniyalarining chet eldagi investitsiyalarini turli xatarlarlardan sug’urtalashdan iboratdir.

Mazkur uchrashuv doirasida «Asaka» bank va EKA XXR «Sinosure» o'rtasidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi, Xitoy banklarining kredit liniyalarini o’zlashtirish doirasida sug’urta qoplamasini rasmiylashtirish shartlari kelishib olindi.

Muzokaralar yakunida «Asaka» bank va EKA XXR «Sinosure» o'rtasida Hamkorlik bitimi imzolandi. Shunday qilib, «Asaka» bank Xitoy banklaridan kredit liniyalarini jalb qilish doirasida o'z majburiyatlari bo'yicha kafolat sifatida ushbu EKA sug'urta qoplamasidan foydalanish imkoniyatiga ega bo'lgan birinchi o'zbek banki bo'ldi.

Shuningdek, 2017 yil 30 oktyabrda «Asaka» bank va Xitoy Davlat taraqqiyot banki o'rtasida 40 mln. AQSh dollari miqdorida shartnoma imzolandi. Ushbu yo'nalish                5 ta loyiha uchun 10 mln. AQSh dollari miqdorida ilgari jalb etilgan kredit liniyasini o’zlashtirish  yakunlanganidan so'ng jalb etiladi. Yangi kredit liniyasi umumiy qiymati  2,82 mln. AQSh dollari miqdoridagi 4ta investitsiya loyihalari moliyalashtirildi.

Shuningdek, 2017 yil 30 noyabrda. «Asaka» bank va Xitoy Eksport-import banki o'rtasida 18 mln. AQSh dollari miqdorida shartnoma imzolandi.

Ushbu bitimlar Xitoydan tovarlar va xizmatlar sotib olish bo’yicha kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining investitsiya loyihalarini moliyalashtirishni nazarda tutadi.

Imzolangan qarz shartnomalari bo’yicha davlat kafolati talab etilmaydi.

Joriy yilning aprel oyida XXRga «Asaka» bank Boshqaruvi Raisi  boshchiligidagi O'zbekiston ishbilarmon doiralari vakillari tashrifi chog'ida, Pekin shahrida Xitoyning yirik banklaridan biri «Industrial and Commercial Bank of China» (ICBC) rahbariyati bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.

Uchrashuv davomida «Asaka» bank va ICBC o'rtasida Xitoydan texnologik asbob-uskunalar va xizmatlarni yetkazib berish bo'yicha qaytarish muddati 8 yil muddatgacha bo’lgan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari loyihalarini moliyalashtirish ko’zda tutilgan, EKA XXR Sinosure sug'urta qoplami ostida qarz bitimi imzolandi.  

Yuqoridagi tashrif doirasida Pekin shahrida Xitoyning «Sinosure» eksport-kredit agentligi rahbariyati bilan navbatdagi uchrashuv bo'lib o'tdi.

Uchrashuv chog'ida tomonlar xitoy qarz mablag'lari va investitsiyalarini sug'urtalashga qaratilgan hamkorlikka bo'lgan intilishlarini tasdiqladilar.

Hozirgi vaqtda «Asaka» banki «GBK», «Eksimbank» va ICBC kredit liniyalari orqali moliyalashtirish shartlariga javob beruvchi loyihalarni tanlash bo'yicha ishlarni amalga oshirmoqda.

YAPONIYA

2015 yilda O'zbekiston Respublikasi va Yaponiya o'rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish, shuningdek, kimyo sanoati salohiyatini kengaytirish maqsadida «Asaka» bank Yaponiya xalqaro hamkorlik banki bilan «Navoiyazot» AJ negizida «Ammiak va karbamid ishlab chiqarilishini qurilishi» loyihasini moliyalashtirish uchun 577 mln. AQSh dollari miqdorida kelishuvga erishildi.

Bundan tashqari, 2017 yil iyulida ushbu loyiha doirasida «Asaka» bank Yaponiyaning «Tokio-Mitsubisi UFJ Ltd banki», «SMBC», «Mizuho» va «ING» banklarining NEXI Eksport-kredit agentligining sug'urta qoplamasi ostida 20 mln. AQSh dollari miqdorida sindikatlashtirilgan moliyalashtirish masalasini hal etdi.

JANUBIY KOREYA

O'zbekiston Respublikasi va Koreya Respublikasi o'rtasidagi iqtisodiy munosabatlarni mustahkamlash, shuningdek, «Asaka» bank va Koreya Eksport-import banki (KEIB) o'rtasidagi o'zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish maqsadida, «Asaka» bank KEIB bilan 65 mln. AQSh dollari miqdorida banklararo kredit shartnomasini imzoladi.

Mazkur shartnomaga asosan Koreya Respublikasidan texnologik asbob-uskunalar importi ko'zda tutilgan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining investitsiya loyihalari moliyalashtiriladi.

Imzolangan kredit shartnomasi bo’yicha Hukumat kafolati talab etilmaydi.

Ayni paytda, «Asaka» bank Koreya Eksimbanki kredit liniyasi orqali moliyalashtirish shartlariga javob beruvchi loyihalarni tanlash bo'yicha ishlarni amalga oshirmoqda.

GERMANIYA

«Asaka» bank tomonidan Germaniyaning yirik Commerzbank AG va Landesbank Baden-Wuertemmberg banklari bilan yaqin hamkorlik yo’lga qo’yilgan.

Mazkur banklar bilan tuzilgan kredit shartnomalari shartlariga ko'ra Yevropadan texnologik asbob-uskunalarni keltirish ko’zda tutilgan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari loyihalari moliyalashtiriladi.

Ayni paytda «Asaka» bank nemis banklarning jalb etilgan kredit liniyalari mablag’lari hisobidan 16,49 mln. Yevro miqdoridagi 3 ta loyihani moliyalashtirdi.

Hozirgi vaqtda Germaniyadan jalb qilingan kredit liniyalari hisobiga 106 mln. Yevrodan ortiq bo'lgan 15ta loyihani moliyalashtirish bo’yicha hujjatlarni rasmiylashtirish  ishlari olib borilmoqda.

Bundan tashqari, 2018 yil 15 may kuni Toshkent shahrida, Germaniya ishbilarmon doiralari vakillarining O'zbekiston Respublikasiga tashrif chog’ida «Asaka» bank va Germaniyaning KfW IPEX-banki vakillari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.

Mazkur uchrashuv davomida «Asaka» banki va KfW IPEX-banki o'rtasida 100 mln. Yevro miqdorida kredit shartnomasi imzolandi. Ushbu shartnoma shartiga ko’ra qaytarish muddati 8 yilgacha bo’lgan, Germaniya va Yevropadan texnologik asbob-uskunalarni yetkazib berish ko’zda tutilgan investitsiya loyihalari moliyalashtiriladi.

ROSSIYA FEDERATSIYASI

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 29 martdagi PQ-3638-sonli Qaroriga muvofiq «Asaka» bank va «O'zsanoatqurilishbank» bilan birgalikda RossEximBankning 141,56 mln. Yevro hajmidagi kredit mablag’larini qayta moliyalashtirish orqali Toshkent shahrida metallurgiya zavodini qurilishi loyihasini moliyalashtirish ko’zda tutilgan.

Hozirgi kunda RossEximBank tomonidan «Asaka» banki bilan birgalikda kredit mablag'larini ajratish bo'yicha shartnoma shartlarini kelishib olish ustida ish olib borilmoqda. Shartnomani imzolash 2018 yilning birinchi yarmiga rejalashtirilgan.

TURKIYA

2018 yil 30 aprelda Toshkent shahrida  Turkiya Respublikasi Prezidentining O'zbekiston Respublikasiga davlat tashrifi doirasida bo'lib o'tgan O'zbekiston-Turkiya biznes forumi chog’ida «Asaka» banki va Turkiyaning Eksport-import banki o'rtasida 24 mln. AQSh dollari miqdorida kredit shartnomasi imzolandi.

Shartnoma shartiga ko’ra Turkiya Respublikasidan texnologik asbob-uskunalar va xizmatlarni yetkazib berishni nazarda tutuvchi, so’ndirish muddati 10 yil muddatgacha bo’lgan, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari loyihalarini moliyalashtirish rejalashtirilgan.

Imzolangan kredit shartnomasi bo’yicha davlat kafolati taqdim etilishi ko’zda tutilmagan.

Ayni paytda, «Asaka» bank tomonidan Turkiya Eksimbanki kredit liniyasi shartlari talabiga mos keluvchi tadbirlarni amalga oshirmoqda.

XALQARO MOLIYAVIY INSTITUTLAR BILAN HAMKORLIK

XALQARO TARAQQIYOT ASSOTSIATSIYASI

1 kredit liniyasi

Sanoat korxonalarining energiya samaradorligini oshirish maqsadida, 2011 yil 9 dekabrda «Asaka» banki XTAning 8 mln. AQSh dollari miqdoridagi kredit liniyasi mablag’larini jalb etdi.

Ushbu kredit liniyasi mablag’lari hisobiga «Asaka» bank tomonidan «O'ztransgaz» AK (mobil kompressor stansiyasi, chastota konvertori), Oziq-ovqat sanoati Assotsiatsiyasi (qozonxona xo’jaligini modernizatsiyalash), «O'zpaxtasanoat» AK (linter uskunalari va yoritish qurilmalari) va «O'zmetkombinat» AJ (chastotali konvertorlar), jami 11ta loyiha moliyalashtirildi.

2 kredit liniyasi

«Sanoat korxonalarining energiya samaradorligini oshirish» loyihasini kengaytirish maqsadida «Asaka» bank tomonidan XTAning 33 mln. AQSh dollari miqdoridagi  qo'shimcha mablag’larni jalb etish ishlari amalga oshirildi.

«Asaka» bank tomonidan 13ta loyiha tanlab olindi va Jahon banki tomonidan moliyalashtirish ma’qullandi. Mazkur loyihalar quyidagi tashkilotlarda amalga oshirildi: «O'zbekenergo» AK (elektrogaz viklyuchatellar), «Uzneftegazdobicha» AK (chastota konvertorlari, mikroturbinali elektrostansiyalar),  «O'ztransgaz» AK (OCR texnologiyasi orqali issiqlik energiyasini utilizatsiya qilish orqali elektr energiyasini ishlab chiqarish uskunalari) «O'zpaxtasanoat» AJ (gidravlik presslar) va Navoiy KMK (ekskavatorlarda elektr dvigatellarini almashtirish).

3 kredit liniyasi

Bugungi kunda «Asaka» banki ushbu loyiha bo'yicha 33 mln. AQSh dollari miqdorida uchinchi bosqichni jalb etish ustida ish olib bormoqda.

XALQARO TIKLANISH VA TARAQQIYOT BANKI

Meva va sabzavot yetishtirish sektorini rivojlantirish maqsadida «Asaka» bank tomonidan 2017 yilda 36 fermer va dehqon xo'jaliklarini moliyalashtirish maqsadida 21,1 mln. AQSh dollari miqdoridagi mablag'lar jalb etildi va o'zlashtirildi.

OSIYO TARAQQIYOT BANKI

Meva va sabzavot yetishtirish sektorini yanada rivojlantirish maqsadida «Asaka» bank tomonidan 2017 yilda 37ta fermer va dehqon xo'jaliklarini moliyalashtirish maqsadida 46,67 mln. AQSh dollari miqdoridagi mablag'lar jalb etildi va o'zlashtirildi.

XUSUSIY SEKTORNI RIVOJLANTIRISH ISLOM KORPORATSIYASI

«Asaka» bank va XSRIK o'rtasidagi hamkorlik 2009 yilda boshlangan. Birgalikdagi hamkorlik davomida 31,0 mln. AQSh dollaridan ziyod miqdordagi loyihalar amalga oshirildi.

XSRIK mablag'lari oziq-ovqat, to'qimachilik, matbaa, qurilish materiallari, sog'liqni saqlash va boshqa sohalarni rivojlantirishga yo’naltirildi. Mazkur kredit liniyasi mablag’lari orqali jami 22ta loyiha moliyalashtirildi, buning natijasida Xorazm, Qashqadaryo, Buxoro, Samarqand, Namangan, Toshkent viloyatlarida va Toshkent shahrida 1000 dan ortiq yangi ish o'rinlari yaratildi.

Hozirgi kunda XSRIKning qo'shimcha mablaglarini jalb etish bo'yicha ishlar olib borilmoqda.

MILLIY EKSPORT KREDIT AGENTLIKLARI BILAN HAMKORLIK

Xorijiy banklar kredit liniyalari mablag’larini jalb etishning asosiy shartlaridan biri bu EKA «Euler Hermes» (Germaniya), EKA «SACE» (Italiya), EKA «CESCE» (Ispaniya), «Sinosure» (Xitoy), ECA «NEXI» (Yaponiya) va boshqa Milliy eksport-kredit agentliklarining sug’urta qoplamasining mavjudligidir.

EKA «Euler Hermes» (Germaniya) bilan mazkur yo'nalishda amalga oshirilgan ishlar natijasida Landes Bank Berlin AG, Commerzbank AG, HVB, Dresdner Bank AG tomonidan «Asaka» bankiga to'g'ridan-to'g'ri ajratilgan kredit limiti doirasida 15ta loyiha moliyalashtirildi.

EKA CESCE (Ispaniya) ishtirokida Banco Santander, ICO, Societe General mablag’lari hisobidan 4 loyiha moliyalashtirildi, shundan 3tasi Hukumat kafolatini ostida.

EKA «SACE» (Italiya) tomonidan ajratilgan limit doirasida HVB banki ishtirokida 3ta loyiha moliyalashtirildi.

EKA EGAP (Chexiya) RZB Bank (Chexiya) ishtirokida 1ta loyihani moliyalashtirish uchun sug'urta qoplamasini taqdim etdi.

EKA «NEXI» yordamida (Yaponiya), Hukumat kafolati ostida, Japan Bank for International Cooperation (JBIC) ko'magida 1ta loyiha moliyalashtirildi.

SAVDONI MOLIYALASHTIRISH BO’YICHA KREDIT LINIYALARI

«Asaka» bank savdoni moliyalashtirish sohasida ham faol ishlar olib bormoqda, jumladan joriy davrda JP Morgan Chase (AQSh), Citibank (AQSh), Koreya Eksimbanki (Koreya Respublikasi), UBAF (Koreya Respublikasi), UBS AG (Shvetsariya), Commerzbank AG (Germaniya), SMBC (Yaponiya), RBI AG (Avstriya), Unicredit (Italiya) va boshqa yetakchi xalqaro moliya institutlarining bank mijozlari eksport-import amaliyotlari bo’yicha 1 yilgacha bo’lgan qisqa muddatli kredit liniyalari jald etilmoqda. Savdoni moliyalashtirish sohasida xorijiy banlardan jalb etilgan mablag’larning umumiy hajmi 500 mln. AQSh dollaridan ziyodni tashkil etadi.

         Ushbu kredit liniyalari doirasida «O'zavtosanoat» AK (shu jumladan «GM Uzbekistan» AJ) «O'zkimyosanoat» AK, «Uzagrotexsanoatholding» AK tizimiga kiruvchi va boshqa korxonalarning akkreditivlari muntazam ravishda rasmiylashtirilmoqda.

Savdo bitimlarining asosiy qismi Janubiy Koreya, Germaniya, Rossiya, Hindiston, Turkiya, Shvetsariya, Italiya va boshqa mamlakatlar hissasiga to’g’ri keladi.

Matbuot anjumani yakunida ommaviy axborot vositalari vakillarining ko’plab savollariga javoblar berildi.

Bank Axborot xizmati

Asakabank “Asakabank” AJ – pul mablagʻlaringizni jamgʻarish va koʻpaytirish kafolati!

1995-yildan boshlab “Asakabank” Oʻzbekiston bank xizmatlari bozorida yetakchi pozitsiyalarni mustahkam egallab kelmoqda hamda oʻz tajribasi va quvvatini har kuni oʻz mijozlarining turmushi va qulayligi uchun zamonaviy mahsulotlar va xizmatlar yaratishga safarbar etmoqda!
- Manfaatli omonatlar;
- Qulay shartlardagi kreditlar;
- Bank kartalarini ochish.

Bank sizning choʻntagingizda!
“Asakabank” mobil ilovasini oʻrnatib oling va mablagʻlaringizni uydan chiqmasdan onlayn rejimda boshqaring!
Manba: Asaka bank
O'xshash yangiliklar
Bank.uz asoschilari JET media-loyihasini ishga tushirdilar
Bank.uz asoschilari JET media-loyihasini ishga tushirdilar

Uzum Bank qo‘llab-quvvatlash xizmatining yangilangan Telegram-chatini ishga tushirdi
Uzum Bank qo‘llab-quvvatlash xizmatining yangilangan Telegram-chatini ishga tushirdi

Kapitalbank xalqaro ekspertlar ishtirokida O‘zbekiston HRD hamjamiyatining yig‘ilishini tashkil etdi
Kapitalbank xalqaro ekspertlar ishtirokida O‘zbekiston HRD hamjamiyatining yig‘ilishini tashkil etdi



Orphus tizimi