Aksiyadorlik tijorat "Qishloq qurilish bank" aholiga qulaylik yaratish va zamonaviy xizmatlar ko’lamini kengaytirish maqsadida respublika bo’ylab 24\7 rejimida, kechayu kunduz, xodimsiz uzluksiz xizmat ko’rsatadigan o’z-o’ziga xizmat ko’rsatish shahobchalarini ishga tushirayotganligi avval xabar berilgan edi.
Bank tomonidan yana bir qulaylik yaratildi - Toshkent shahridagi "Mirobod" dehqon bozoriga yaqin xududda joylashgan 24\7 shahobchasida avtomatlashtirilgan valyuta ayirboshlash imkonini beruvchi bankomat to’liq ishga tushirildi.
Endilikda mazkur shahobchadagi bankomat orqali fuqarolar, turistlar kechayu kunduz, kunning istalgan vaqtida AQSh dollarini ayirboshlashi mumkin!
Bank tomonidan yana 19 ta avtomatlashtirilgan valyuta ayirboshlash imkonini beruvchi shunday bankomatlar xarid qilingan bo’lib, yaqin kunlarda respublikaning turli xududlarida joylashgan 24\7 rejimida ishlaydigan shahobchalarda ishga tushiriladi.
Eslatib o’tamiz, ATB "Qishloq qurilish bank"ning 24\7 shahobchalari zamonaviy bank xizmatlarini ko’rsatuvchi bankomatlar, infokiosk, infomonitor va "Internet banking" xizmatidan foydalanuvchi yuridik shaxslar, shu jumladan, yakka tartibdagi tadbirkorlarga xizmat ko’rsatuvchi klaviaturali infokiosk qurilmalari bilan jihozlangan.
"Qishloq qurilish bank" - farovon hayotingiz xizmatida!
17.02.2026
Kuniga bitta onlayn-kredit: O‘zbekiston Markaziy bankining yangi qoidalari nimani o‘zgartiradi
11.02.2026
Buguni kunda Xalq banki jismoniy shaxslarga quyidagi ipoteka kreditlarini taqdim etmoqda
09.02.2026
Dam olish endi yanada foydaliroq!
Xorijiy valyutani bankomatga qo’yasiz va …. So’mga ayirboshlanadi!