Kapitalbank Uzcard versiyasiga ko'ra korporativ biznesni rivojlantirish bo'yicha yetakchiga aylandi Batafsil

Xududni rivojlantirishga yo‘naltirilayotgan kredit mablag‘lari

14.03.2017


ATB “Qishloq qurilish bank”ning Namangan mintaqaviy filiali kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlariga qisqa va uzoq muddatli kreditlarni taqdim etish orqali o‘zining ustuvor yo‘nalishlarini rivojlantirishda davom etmoqda.

Filial tomonidan moliyalashtirishning yangi shakli va kreditlash strategiyasi ishlab chiqilgan bo‘lib, ular asosida hududdagi kichik biznes sohasini kreditlash hajmi ortib bormoqda. Filialning ayollar tadbirkorligini rivojlantirishga yo‘naltirgan investitsiyaviy loyihalari, shuningdek, moliyaviy ko‘magi hudud iqtisodiyoti ravnaqiga xizmat qilmoqda. Filialning qo‘llab-quvvatlashi natijasi­da viloyatning qishloq hudud­larida ko‘plab yangi, ko‘rkam uy-joylar barpo etilmoqda.
Filial ipoteka kreditini ajratish siyosatini yuritishi orqali viloyat ahlining turmush farovonligini yaxshilashga, Namanganning chiroyiga chiroy qo‘shilishiga hissa qo‘shayapti.

– 2016 yil qishloq hududlarida 628 ta uy-joy qurilib, 81 790,7 mln. so‘mlik kredit ajratildi, – dedi “Qishloq qurilish bank”ning Namangan mintaqaviy filiali rahbari Anvar Xodjiev. – Mintaqaviy filial tomonidan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlariga 2016 yil davomida 34 928,1 mln. so‘m miqdorida kredit yo‘naltirildi. Ularning 19 764,8 mln. so‘mi mikrokreditlarni tashkil etgan bo‘lsa, tadbirkor ayollar faoliyatini rivojlantirishga 4 904,9 mln. so‘m, oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarilishiga 12 849,2 mln. so‘m, nooziq-ovqat mahsulotlarini ko‘paytirishga 74 445,0 mln. so‘m miqdorida kredit mablag‘lari ajratildi. Xizmat ko‘rsatish va servis korxonalariga 13 015,5 mln. so‘m, kasb-hunar kollejlari bitiruvchilariga 2 515,0 mln. so‘m, yosh oilalarga 6 762,6 mln. so‘m kredit ajratildi.

Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yilida mintaqa­viy filialning faoliyati strategiyasi ishlab chiqildi. Filial mutaxassislari joylarga chiqib, aholini tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishga jalb etmoqda. Ushbu muloqotlar natijasida biznes yuritish niyatini bildiruvchilarga moliyaviy ko‘mak berish filialning bosh maqsadiga aylangan.

Muhimi, ko‘zlangan maqsad yangi ish o‘rinlarini yaratish, yakka tartibdagi mehnat faoliyati, oilaviy tadbirkorlik va uy mehnatini rivojlantirish hisoblanadi. Shu nuqtai nazardan bank filiali o‘z faoliyatini tahlil qildi va yaqin kelajakda amalga oshiriladigan ustuvor vazifalarni belgiladi. Ushbu jarayonda bank kredit, mikrokredit va investitsiyaviy loyihalarga bo‘lgan yondashuvni qayta ko‘rib chiqdi va omonatlarni jalb qilish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlarni davom ettirmoqda.


www.finance.uz

BRB
O'xshash yangiliklar
Kapitalbank Uzcard versiyasiga ko'ra korporativ biznesni rivojlantirish bo'yicha yetakchiga aylandi

25.10.2024

Kapitalbank Uzcard versiyasiga ko'ra korporativ biznesni rivojlantirish bo'yicha yetakchiga aylandi

Plum Tech UZCARD EXPO 2024 da: moliyaviy imkoniyatlarni o‘zgartiruvchi texnologiyalar

24.10.2024

Plum Tech UZCARD EXPO 2024 da: moliyaviy imkoniyatlarni o‘zgartiruvchi texnologiyalar

ATTO EXPO 2024 UZCARDda: Transport kartalaridan foydalanish bo‘yicha yechimlarni namoyishi

24.10.2024

ATTO EXPO 2024 UZCARDda: Transport kartalaridan foydalanish bo‘yicha yechimlarni namoyishi



Orphus tizimi