Yakka tadbirkorlarning plastik kartalari bo‘yicha qulayliklar

24.04.2017


Markaziy bank “Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta'minlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident farmoni va O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalar ijrosini ta'minlash doirasida “Yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan milliy valyutadagi bank kartalaridan foydalanish tartibi to‘g‘risida”gi nizomga o‘zgartirishlar kiritdi.

Unga ko‘ra, yakka tartibdagi tadbirkor bundan keyin o‘ziga berilgan korporativ bank plastik kartasini boshqa shaxslarga foydalanishi uchun berishi mumkin.

“Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi qonunda tadbirkorlik faoliyati sub'yektlari barcha ishlab chiqarish chiqimlari qoplangani, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar to‘langanidan so‘ng olgan daromadi ularning xohishiga qarab ishlatilishi belgilangan. Mana shu mezondan kelib chiqib, yakka tartibdagi tadbirkor bank kartalaridan ishlab chiqarish, savdo, xizmat ko‘rsatish, ishlarni bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan, umuman har qanday xarajatlar uchun to‘lovlarni amalga oshirishi mumkin.

Bunday to‘lovlar amalga oshirilganda tegishli to‘lovni terminal orqali qabul qilgan xizmatchining imzosi va “to‘landi” muhri qo‘yilgan schyotlar, kvitansiyalar, bankomat, infokiosk va terminal kvitansiyalari (slip, terminalning elektron hujjati) hamda qonun hujjatlariga muvofiq hisobot hujjatlari bo‘lib xizmat qiladi. Endilikda, buning uchun tomonlar o‘rtasida, ya'ni sotuvchi va bank kartasi egasi o‘rtasida shartnoma tuzilishi talab etilmaydi.

Манба: www.cbu.uz

BRB
O'xshash yangiliklar
CAFA va Sun’iy intellekt va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish markazi hamkorlik Memorandumini imzoladi

04.03.2026

CAFA va Sun’iy intellekt va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish markazi hamkorlik Memorandumini imzoladi

Uzum Bank mamlakat bo‘ylab bankomatlar tarmog‘ini kengaytirmoqda

26.02.2026

Uzum Bank mamlakat bo‘ylab bankomatlar tarmog‘ini kengaytirmoqda

TBC Bank Group Nyu-YorkdStrategiya kunini o‘tkazdi va O‘zbekistonda biznesni rivojlantirish rejalarini taqdim etdi

25.02.2026

TBC Bank Group Nyu-YorkdStrategiya kunini o‘tkazdi va O‘zbekistonda biznesni rivojlantirish rejalarini taqdim etdi



Orphus tizimi