Kapitalbank Uzcard versiyasiga ko'ra korporativ biznesni rivojlantirish bo'yicha yetakchiga aylandi Batafsil

Yangi bank xizmatlari: mijozlarga yanada qulay!

30.09.2020

2020 yil 30 sentabr kuni “Bank kartalariga asoslangan yangi bank xizmatlari” mavzusida matbuot anjumanio‘tkazildi. Unda bank Boshqaruvi rahbariyati va tegishli tarkibiy tuzilmalar mas’ul xodimlari, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi.

Tadbirda yig‘ilganlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 23 martdagi “Bank xizmatlari ommabopligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori ijrosi doirasida bajarilgan ishlar, aholiga ko‘rsatilayotgan bank xizmatlari soni va sifatini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar, joriy etilgan yangiliklar va bu borada istiqboldagi rejalar bilan atroflicha tanishtirildi.

Bank Boshqaruvi mas’ul xodimlari tomonidan aholi uchun yanada qulay yangi xizmat turlarini joriy etishga qaratilgan sa’y-harakatlar natijalari to‘g‘risida atroflicha ma’lumot berildi.

IMG_1431.JPG

Matbuot anjumanida qayd etildiki, bugungi kunda davlatimiz bank aktivlarida xususiy sektor ulushini 15 foizdan 60 foizga oshirishga qaratilgan 2020-2025 yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasi bank tizimini isloh qilish strategiyasini amalga oshirish hamda mamlakat tijorat banklarining transformatsiya jarayonini jadallashtirish boyicha tizimli islohotlar hayotga tatbiq etilmoqda. Pirovardida, tijorat banklari o‘rtasidagi raqobat muhiti ham yangicha ishlash va mijozlarga ko‘rsatilayotgan xizmat turlarini muntazam yangilab borish hisobiga takomillashmoqda. Shundan kelib chiqqan holda, ATB “Qishloq qurilish bank” tizimida mavjud 42 ta filial, 33 ta minibank, 11 ta “Bank xizmatlari ko‘rsatish markazlari”, 201 ta shoxobchalar orqali aholiga ko‘rsatilayotgan bank xizmatlarini zamona talablari asosida takomillashtirib borishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Informatsion texnologiyalar va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi hamda Markaziy bank tomonidan 2018 yil 30 mayda tasdiqlangan “Kontaktsiz to‘lovlar, shu jumladan xalqaro to‘lov tizimlaridan foydalangan holda rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash, hamda bu sohadagi normativ-xuquqiy bazasini rivojlantirish bo‘yicha” Chora-tadbirlar kompleksida 2018-2019 yillar davomida xalqaro to‘lov tizimlari bilan birgalikda bir nechta to‘lov tizimlarida ishlovchi kobeydjing to‘lov kartalarini muomalaga kiritish vazifasi belgilangan.

Bu borada ko‘rilgan choralar natijasida Uzcard va UnionPay to‘lov tizimlarini o‘zida mujassamlashtirgan Kobeyjing kartochkalari hamda VISA classic va VISA Goldxalqaro to‘lov kartalari muomalaga chiqarildi. Bu kabi yangiliklarni joriy qilib borishga doimiy e’tibor qaratilmoqda.

Bank kartalari biznesini rivojlantirish departamenti boshlig‘i Javohir Alimov o‘z ma’ruzasida, joriy yil amaliyotga tatbiq etilgan shu va shu kabi yangi bank xizmatlari xususida batafsil ma’lumot berdi.

_MG_6419.jpg

Ta’kidlandiki, VISA classic” xalqaro to‘lov kartalari orqali dunyoning 200 dan ortiq mamlakatlarida joylashgan VISA logotipi mavjud bo‘lgan muassasalarda to‘lovlarni amalga oshirish mumkin. Hozirda bank tomonidan emissiya qilinayotgan VISA Classic kartalarini internet orqali firibgarlikdan ximoyalash maqsadida 3D-Secure xizmatlari joriy qilingan.

Bank mijozlariVISA classic va VISA Gold xalqaro to‘lov kartalaridan

Xorijiy javlatlarda davolanish, ta’lim olish, mehmonxona bron qilish va xizmatlar uchun to‘lovni amalga oshirish, turli savdo va xizmat ko‘rsatish korxonalari tomonidan chegirmalar olish, zarur hollarda tibbiy va yuridik yordam olish, chakana savdo vainteret do‘konlarda mahsulotlar xarid qilish, xizmatlarga xaq to‘lash, shuningdek ovqatlanish uchun haq to‘lash hamda bankomatlar orqali naqd pul olish imkoniyati yaratilgan.

Yana bir muhim yangilik, joriy yilda yurtimiz banklari orasida ilk bor ATB “Qishloq qurilish bank” “Uzcard” to‘lov tizimi bilan birgalikda “Sash-in/Sash-out” funksiyasiga ega bankomatlarda avtomatlashtirilgan shaklda valyuta sotib olish xizmatini yo‘lga qo‘ydi. O‘z navbatida, ayirboshlangan xorijiy valyutani bankomat orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri bank kartasiga kirim kilish imkoniyati ham yaratildi. Bugungi kunda bank mazkur xizmatni ko‘rsatadigan bankomatlar sonini oshirish ustida ish olib bormoqda.

Joriy etilgan yana bir qulaylik, “QQB Mobile” ilovasi orqali dunyoning 170 dan ortiq mamlakatidan yuborilgan pullarni milliy va xorijiy valyutada qabul qilish, eng asosiysi, kelib tushgan pulni to‘g‘ridan-to‘g‘ri bank plastik kartasiga kirim qilish mumkin.

_MG_6468.jpg

Umuman olganda, bank tomonidan raqamli bank va Retail – yangi bank xizmatlarini joriy etish borasida ko‘rilgan choralar avvalo, mijozlar uchun qator qulayliklar yaratayotganini quyidagi raqamlar orqali ham ko‘rish mumkin. Ayni paytda 46 dan ortiq ATM 24/7 o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish shaxobchalari tashkil etilgan. Ular orqali bank filiallariga bormasdan turib, 35 dan ortiq to‘lovlarni amalga oshirish mumkin. Mavjud 45 ta avtomatlashtirilgan valyuta ayriboshlash bankomatlari orqali yil boshidan 2.725 mln. AQSh dollari ayriboshlandi.

2018 yil – bankomatlar ishga tushririlgandan boshlab, ular orqali bugungi kunga qadar 3 trln. 168 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ini naqdlashtirgan. Bugungi kunda jami bankomatlar soni 207 ta bo‘lib, shundan 95 tasi UzCard, 112 tasi HUMO plastik kartalariga xizmat ko‘rsatmoqda. O‘z navbatida, 20089 dona terminal hamda 178 ta infokiosklar mavjud.

Pandemiya sharoitida aholiga masofaviy bank xizmatlari ko‘rsatishga ham e’tibordan chetda qolmadi. Bank mobil ilovasi orqali plastik kartalarga on-line tarzda arizalar qabul qilish va buyurtmlarni mijozlarning uylariga yetkazib berish xizmati yo‘lga qo‘yildi.

“HUMO” bankomatlari va terminallari VISA va Mastercard halqaro to‘lov tizimlariga integratsiya qilingan bo‘lib, VISA va Mastercard halqaro bank kartalari “HUMO” bankomatlari va terminallari orqali milliy valyuta so‘mda to‘lovlarni amalga oshirishlari mumkin.

Bank mijozlar uchun yanada qulay xizmat turlarini taklif etish ustida muntazam izlanishlar olib bormoqda. Xususan barcha turdagi bank kartalari (xalqaro Visa Mastercard, Unionpay vertualcard, UZCARD, HUMO, kobeyjing)ni, barcha turdagi terminallarni on-line tarzda olish, virtual karta va elektron hamyon yaratish, mobil to‘lovlarni yanada takomillashtirish kabi loyihalar ustida ishlar davom etmoqda.

OAV vakillari uchun mazkur yo‘nalishlarda amalga oshirilgan va ko‘zda tutilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida to‘liq va batafsil javob berilgach, anjuman savol-javob tarzida davom ettirildi. Unda jurnalistlar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga batafsil ma’lumot oldilar.

 


BRB
O'xshash yangiliklar
Kapitalbank Uzcard versiyasiga ko'ra korporativ biznesni rivojlantirish bo'yicha yetakchiga aylandi

25.10.2024

Kapitalbank Uzcard versiyasiga ko'ra korporativ biznesni rivojlantirish bo'yicha yetakchiga aylandi

Plum Tech UZCARD EXPO 2024 da: moliyaviy imkoniyatlarni o‘zgartiruvchi texnologiyalar

24.10.2024

Plum Tech UZCARD EXPO 2024 da: moliyaviy imkoniyatlarni o‘zgartiruvchi texnologiyalar

ATTO EXPO 2024 UZCARDda: Transport kartalaridan foydalanish bo‘yicha yechimlarni namoyishi

24.10.2024

ATTO EXPO 2024 UZCARDda: Transport kartalaridan foydalanish bo‘yicha yechimlarni namoyishi



Orphus tizimi