Kapitalbank Uzcard versiyasiga ko'ra korporativ biznesni rivojlantirish bo'yicha yetakchiga aylandi Batafsil

Yangi majmua ishga tushdi

04.10.2011
4.10.2011     Baxmal tumani Gulbuloq qishlog‘ida xizmat ko‘rsatish majmuasi ishga tushirildi.     Tikuvchilik ustaxonasi, go‘zallik saloni, suratxona, muzqaymoq pavilyoni, 800 o‘rinli to‘yxona va boshqa obyektlarni o‘z ichiga olgan mazkur majmua faoliyat boshlashi natijasida aholiga qator qulayliklar yaratildi. Gulbuloqlik 24 nafar yigit-qiz doimiy ish bilan ta’minlandi.     Gulbuloq – Baxmal tumanining obod qishloqlardan biri. O‘n besh mingdan ziyod aholi istiqomat qilayotgan bu qishloq xushmanzara, bahavo hududda joylashgani bilangina emas, balki odamlarining mehnatsevar va omilkorligi bilan ham yanada obod maskanga aylanib borayotir.     Qishloqda keyingi yillarda katta hajmdagi qurilish va obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi. Qishloq yoshlarining aksariyati bundan ikki yil avval bunyod etilgan pedagogika yo‘nalishidagi zamonaviy kasb-hunar kollejida, rekonstruksiya qilinib yangilangan maktabda ta’lim-tarbiya olmoqda. Zamonaviy qishloq vrachlik punkti, bir qancha savdo va xizmat ko‘rsatish shoxobchalari bu yerda istiqomat qilayotgan aholiga yuqori sifatli xizmat ko‘rsatmoqda. Gulbuloqlik tadbirkoru fermerlar hashar yo‘li bilan bunyod etgan voleybol, basketbol maydonchalari, yugurish maydoni va stadionda yirik musobaqalar o‘tkazish uchun ham barcha imkoniyat mavjud. Ularning qatoriga qo‘shilgan xizmat ko‘rsatish majmuasi qishloq ahliga ajoyib tuhfa bo‘ldi.     – Ushbu majmua qurilishida “Mikrokreditbank”dan olingan 25 million so‘mlik kredit qo‘l keldi, – deydi tadbirkor N.Majidov. – Amalga oshirilayotgan bunday ishlar Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida biz, tadbikorlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga qaratilayotgan e’tibor, soha vakillari uchun yaratilayotgan imtiyoz va yengilliklar samarasidir.     “Mahalla” jamg‘armasining Baxmal tumani bo‘limi raisi Bo‘riboy Toshpo‘latovning aytishicha, joriy Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yilining o‘tgan davrida tumanda yuzdan ziyod ishlab chiqarish, savdo va boshqa maishiy xizmat ko‘rsatish inshootlari qurilgan. Bularning hisobiga ko‘plab qishloq yoshlari ish bilan ta’minlangan.   O‘zA, O'zbekiston Milliy axborot agentligi
MKBank “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 5-maydagi “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat bankini tashkil etish toʼgʼrisida”gi PF-3750-sonli Farmoni asosida tashkil etildi.Bank xalqaro moliyaviy institutlar hamda chet el tijorat banklari bilan hamkorlik aloqalarini oʼrnatgan.
O'xshash yangiliklar
Kapitalbank Uzcard versiyasiga ko'ra korporativ biznesni rivojlantirish bo'yicha yetakchiga aylandi

25.10.2024

Kapitalbank Uzcard versiyasiga ko'ra korporativ biznesni rivojlantirish bo'yicha yetakchiga aylandi

Plum Tech UZCARD EXPO 2024 da: moliyaviy imkoniyatlarni o‘zgartiruvchi texnologiyalar

24.10.2024

Plum Tech UZCARD EXPO 2024 da: moliyaviy imkoniyatlarni o‘zgartiruvchi texnologiyalar

ATTO EXPO 2024 UZCARDda: Transport kartalaridan foydalanish bo‘yicha yechimlarni namoyishi

24.10.2024

ATTO EXPO 2024 UZCARDda: Transport kartalaridan foydalanish bo‘yicha yechimlarni namoyishi



Orphus tizimi