O'zbekistonda pulli parkovka narxi boshqa davlatlardan qimmatmi? Batafsil

Yangi majmua ishga tushdi

21.01.2011
21.01.2011     Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumanidagi “Hadicha aya” fermer xo‘jaligi rahbari, O‘zbekiston Qahramoni Halchaxon Mirzayeva Sayram qishlog‘ida zamonaviy maishiy xizmat ko‘rsatish majmuasini tashkil etdi.     Sobiq “Navro‘z” shirkat xo‘jaligining foydalanilmay yotgan mashina-traktor parki binosi ta’mirdan chiqarilib, hudud obodonlashtirildi. “Mikrokreditbank”ning moliyaviy ko‘magida zamonaviy dastgohlar olib kelib o‘rnatilib, tikuvchilik sexi tashkil etildi. Majmua tarkibida qishloq ahli uchun kundalik hayotda ahamiyati katta bo‘lgan zamonaviy tegirmon, poyafzal tikish va ta’mirlash ustaxonasi, go‘sht do‘koni mavjud. Qishloqning o‘nlab yoshlari ish bilan ta’minlandi. Qurilishi davom etayotgan oshxona va hammom ishga tushgach, yana yangi ish o‘rinlari yaratiladi.     – Mamlakatimizda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashga qaratilayotgan katta e’tibor tufayli imkoniyatlarimiz tobora kengayib bormoqda, – deydi Halchaxon Mirzayeva. – Kelgusida fermer xo‘jaligimiz faoliyatini yanada kengaytirib, qishloqqa sanoatni olib kirish borasidagi ishlarimizni davom ettiramiz.     Halchaxon Mirzayeva fermerlik mas’uliyatini zimmasiga olganidan beri faqat yaxshi natija, yuqori ko‘rsatkichlar bilan o‘ziga bildirilgan ishonchni oqlab kelayotir. Ekin maydonlarini optimallashtirish jarayonida mazkur fermer xo‘jaligi yerlari ham kengaytirilib, 68 gektarga yetkazildi. Halchaxon aya davlatga paxta, g‘alla, pilla va boshqa qishloq xo‘jalik mahsulotlari sotish shartnoma rejalarini muntazam ravishda ortig‘i bilan bajarib kelmoqda. Xususan, o‘tgan yili ham g‘alladan 65, paxtadan 36 sentnerdan hosil ko‘tardi. Dehqonchilikdan olingan daromad va sof foyda xo‘jalikning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, ishchilarning ro‘zg‘origa baraka kiritish, yangi-yangi loyihalarni amalga oshirishga yo‘naltirilayotir.   O‘zA, O'zbekiston Milliy axborot agentligi
MKBank “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 5-maydagi “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat bankini tashkil etish toʼgʼrisida”gi PF-3750-sonli Farmoni asosida tashkil etildi.Bank xalqaro moliyaviy institutlar hamda chet el tijorat banklari bilan hamkorlik aloqalarini oʼrnatgan.
O'xshash yangiliklar
Push30 sizga yangi yilni yorqin taassurotlar bilan boshlash imkoniyatini tuhfa qiladi!

14.11.2024

Push30 sizga yangi yilni yorqin taassurotlar bilan boshlash imkoniyatini tuhfa qiladi!

Ozon Oʻzbekistondagi faoliyatini kengaytirmoqda. Bu esa shuni anglatadiki, hech narsa sotmaydigan va ishlab chiqarmaydigan odamlar ham oʻz muvaffaqiyatli biznesini boshlashi mumkin.

07.11.2024

Ozon Oʻzbekistondagi faoliyatini kengaytirmoqda. Bu esa shuni anglatadiki, hech narsa sotmaydigan va ishlab chiqarmaydigan odamlar ham oʻz muvaffaqiyatli biznesini boshlashi mumkin.

Uzum Bank O‘zbekiston Respublikasining barcha fuqarolari uchun Visa kartalarini rasmiylashtirishni boshladi

30.10.2024

Uzum Bank O‘zbekiston Respublikasining barcha fuqarolari uchun Visa kartalarini rasmiylashtirishni boshladi



Orphus tizimi