Navro‘z – umumxalq bayrami munosabati bilan ATB “Qishloq qurilish bank” tomonidan “Navro‘zi olam”, “Ko‘klam”, “Boychechak”, “Onlayn”, “Stimul” nomli yangi muddatli omonat turlari joriy etildi.
“Navro‘zi olam” omonatiga mablag‘lar milliy valyutada, faqat naqd pul shaklida qabul qilinadi. Omonatga mablag‘lar 12 oydan 24 oygacha bo‘lgan muddatga qabul qilinadi.
“Boychechak” omonatiga mablag‘lar milliy valyutada, faqat naqd pul shaklida qabul qilinadi. Omonatga mablag‘lar 1 oydan 3 oygacha bo‘lgan muddatga qabul qilinadi.
“Ko‘klam” omonatiga mablag‘lar milliy valyutada, faqat naqd pul shaklida qabul qilinadi. Omonatga mablag‘lar 3 oydan 6 oygacha bo‘lgan muddatga qabul qilinadi.
“Nafosat” omonatiga mablag‘lar milliy valyutada, faqat naqd pul shaklida qabul qilinadi. Omonatga mablag‘lar 6 oydan 12 oygacha bo‘lgan muddatga qabul qilinadi.
Mazkur omonatlarga mablag‘lar 2017 yil 1 mart kunidan 2017 yil 30 iyun kuniga qadar (30 iyun kuni kirmagan holda) qabul qilinadi.
Dastlabki qo‘yilgan omonat summasi ustiga qo‘shimcha mablag‘ qo‘yilmaydi, omonatga mablag‘lar qabul qilishning eng kam miqdori cheklanmagan.
Omonatga hisoblangan foizlar kapitalizatsiya qilinmaydi, ya’ni hisoblangan foizlarga qo‘shimcha tarzda foizlar hisoblanmaydi. Omonatga hisoblangan foizlar har oyda to‘lab beriladi.
“Online” omonatiga jismoniy shaxslarning ish haqi hamda boshqa daromadlari hisobidan ATB “Qishloq qurilish bank” va boshqa banklarning plastik kartochkalarda shakllangan mablag‘lar qabul qilinadi.
Omonatga mablag‘lar 2017 yil 1 mart kunidan 2017 yil 31 dekabr kuniga qadar (31 dekabr kuni kirmagan holda) 8 oydan 12 oygacha bo‘lgan muddatga qabul qilinadi.
Dastlabki qo‘yilgan omonat summasi ustiga qo‘shimcha mablag‘ qo‘yilmaydi. Omonatga qabul qilinadigan summaning eng kam miqdori 1 000 000 so‘mdan kam bo‘lmagan miqdorda.
Omonatga hisoblangan foizlar kapitalizatsiya qilinmaydi, ya’ni hisoblangan foizlarga qo‘shimcha tarzda foizlar hisoblanmaydi. Omonatga hisoblangan foizlar omonatchining arizasiga asosan omonatchining plastik kartochkasiga o‘tkazib beriladi.
“Stimul” omonatiga mablag‘lar xorijiy valyutada, faqat naqd pul shaklida qabul qilinadi. Omonatga mablag‘lar 2017 yil 1 mart kunidan 2017 yil 30 iyun kuniga qadar (30 iyun kuni kirmagan holda), AQSH dollarida 1 oydan 3 oygacha bo‘lgan muddatga qabul qilinadi.
Dastlabki qo‘yilgan omonat summasi ustiga qo‘shimcha mablag‘ qo‘yilmaydi, omonatga mablag‘lar qabul qilishning eng kam miqdori cheklanmagan.
Omonatga hisoblangan foizlar kapitalizatsiya qilinmaydi, ya’ni hisoblangan foizlarga qo‘shimcha tarzda foizlar hisoblanmaydi. Omonatga hisoblangan foizlar har oyda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining o‘sha kungi kursi bo‘yicha milliy valyutada to‘lab beriladi.
“Qishloq qurilish bank” – farovon hayotingiz xizmatida!
Murojaat uchun: (+99871) 150-72-58, 150-39-93, www.qqb.uz
Bank axborot xizmati
Yangi omonat turlari joriy etildi