JET: 2025-yilda pulni qayerga tikish afzal – ko‘chmas mulkgami yoki bank omonatigami? Batafsil

Yangi tartib asosida uy-joy sotib olishda tijorat banklari va mijoz o‘rtasida subsidiya munosabatlarini tartibga solishga oid savol-javoblar

24.08.2020

1.   Hozirgi kunda ayrim banklarda boshlang‘ich badali subsidiya asosida to‘lab beriladigan kreditlar taklif etilmoqda. Subsidiya haqida tushuncha bersangiz. U qancha miqdorda va qanday ko‘rinishda taqdim etiladi?

Javob: Subsidiya – ipoteka kreditlari asosida birlamchi uy-joy bozorida kvartiralarni sotib olish uchun boshlang‘ich badal va /yoki kredit foizi xarajatlarining bir qismini qoplash maqsadida davlat budjetidan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi uchun bankda uning nomiga ochilgan tegishli hisobvarag‘iga o‘tkazilgan pul mablag‘laridir.

Shaharlarda boshlang‘ich badalning bir qismini qoplash uchun beriladigan subsidiya mablag‘lari uy-joy hisoblangan qiymatining 10 foizi miqdorida davlat budjetidan talabgor nomiga bankda ochilgan tegishli hisobvarag‘iga o‘tkazib beriladi.

2.   Foiz uchun subsidiya qancha miqdorda va muddatga taqdim etiladi?

Javob: Qishloq va shaharlarda birinchi 5 yil davomida ipoteka krediti uchun foiz to‘lovlari xarajatlarini qoplash uchun 10 foizlik punktdan, Toshkent shahrida esa 12 foizlik punktdan oshgan qismi uchun har oyning 25-sanasigacha hududiy g‘aznachilik bo‘limlari tomonidan qarz oluvchining bank tomonidan ko‘rsatilgan hisobvarag‘iga o‘tkaziladi.

3.   Subsidiya olish uchun ariza topshirgan shaxs ijtimoiy mezonlarga muvofiqlik bo‘yicha kiritilgan so‘rovlarni ko‘rib chiqish uchun qancha haq to‘lashi lozim?

Javob: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 25 martdagi “Uy-joy sotib olish uchun fuqarolarga subsidiya to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 182-sonli qaroriga asosan uy-joy sotib olish uchun subsidiya to‘lanadigan shaxslarni tanlash jarayonida Davlat xizmatlari markazi va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ko‘rsatiladigan xizmatlar, tijorat banklari va boshqa tegishli tashkilotlar tomonidan foydalaniladigan ma’lumotlar istisno tariqasida bepul amalga oshiriladi.    

4.   Ikkilamchi bozordan kvartira sotib olmoqchiman, dastlabki badalni qoplash uchun subsidiya olsam bo‘ladimi?

Javob: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 28 noyabrdagi “Ipoteka krediti mexanizmlarini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-5886-sonli Farmoni bilan joriy etilgan bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlari orqali aholini uy-joy bilan ta’minlashning yangi tartibi joriy etildi.

Unga muvofiq:

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tijorat banklariga ajratiladigan mablag‘lar hisobidan ipoteka kreditlari birlamchi uy-joy bozorida sotiladigan kvartiralarni sotib olish uchun ajratiladi. Mazkur kreditlar orqali sotib olinadigan kvartiralar uchun uy-joyning hisoblangan qiymati hamda foiz xarajatlarining bir qismini qoplash uchun o‘rnatilgan ijtimoiy mezonlarga javob beruvchi talabgorlarga  belgilangan tartibda subsidiya taqdim etiladi. Yuqoridagilardan kelib chiqib, yangi tartib doirasida beriladigan subsidiyalar birlamchi bozordan sotib olinadigan uy-joylar uchun ajratiladi.

photo_2020_08_20_10_37_50.jpg

5.   Uy-joy uchun ehtiyojmand oilalardan birimiz, lekin bugungi kunda xorijiy davlatda mehnat migranti sifatida faoliyat olib bormoqdaman. Toshkent shahrida uy-joy sotib olish uchun subsidiya olsam bo‘ladimi?

Javob: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 25 martdagi “Uy-joy sotib olish uchun fuqarolarga subsidiya to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 182-sonli qaroriga asosan ipoteka kreditlari bo‘yicha boshlang‘ich badal va foiz xarajatlarining bir qismini qoplash uchun subsidiya olish to‘g‘risidagi arizani mehnat migrantlari nomidan uning oila a’zolari berishi mumkin.

Bunda Davlat xizmatlari markazi va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ko‘rsatiladigan xizmatlar ariza beruvchilarga bepul tarzda amalga oshiriladi.

6.   Subsidiya olishda muddat nuqtai nazaridan cheklovlar mavjudmi?

Javob: Ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiya olish uchun arizalar har yili 1 martdan 1 oktyabrgacha qabul qilinadi. Ushbu muddat tugagandan keyin taqdim etilgan arizalar ko‘rib chiqilmaydi.

7.   Ipoteka krediti uchun subsidiya olish jarayoni shaffofligi qay darajada ta’minlangan?

Javob: Subsidiya olish jarayonida ariza beruvchi subsidiya ajratilishi yoki rad etilishi bo‘yicha uning arizasi ko‘rib chiqiladigan komissiya yig‘ilishida ishtirok etadi, shuningdek, komissiya yig‘ilishlari oshkoraligi va xolisligini ta’minlash maqsadida mazkur yig‘ilish jarayonlari uzluksiz tarzda qayd etib boriladi (ovozli tarzda) hamda tuman (shahar) iqtisodiyot va sanoat bo‘limida uch yil davomida saqlanadi.

8.   Ilgari kredit olgan shaxslar boshlang‘ich badal yoki foiz uchun subsidiya olishi mumkinmi?

Javob: Ilgari arzon uy-joy qurish dasturlari doirasida imtiyozli ipoteka kreditlaridan foydalangan holda kvartira yoki yakka tartibdagi uy-joy hamda subsidiyalar olgan oila a’zolari (eri, xotini)ning takroriy murojaat etganda cubsidiya to‘lanishi rad etilishi mumkin.

Shuningdek, potensial qarz oluvchilarga o‘rnatilgan muvofiqlik mezonlariga javob beradigan, qarz yuki ko‘rsatkichi 70 foizdan yuqori bo‘lmagan, ipoteka kreditini ajratishni ko‘rib chiqish vaqtida kredit tashkilotlaridan avvalgi olingan kreditlar bo‘yicha muddati o‘tgan qarzdorliklari mavjud bo‘lmagan shaxslar yangi tartib asosida ipoteka kreditlari olishi mumkin.

9.   Uy-joy xarid qilishda subsidiya olish bo‘yicha qaror qancha muddatga amal qiladi?

  Javob: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 25 martdagi “Uy-joy sotib olish uchun fuqarolarga subsidiya to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 182-sonli qaroriga asosan uy-joy sotib olish uchun subsidiya taqdim etish to‘g‘risidagi xabarnoma kalendar yil yakuniga qadar amal qiladi. Subsidiyalar bir oilaga (oila a’zolarining bittasiga) faqat 1 marta beriladi.

Shuningdek, ijtimoiy mezonlar bo‘yicha baholash natijalariga ko‘ra, 30 va undan yuqori ball to‘plagan, lekin joriy yil uchun belgilangan subsidiyalar soni tugaganligi sababli subsidiya olish imkoniyatiga ega bo‘lmagan talabgorlar keyingi yil uchun subsidiya oluvchilar ro‘yxatiga avtomatik tarzda kiritiladi.

10. Olingan ipoteka krediti bo‘yicha to‘lovga layoqatsizlik holatlari yuzaga kelib, ipoteka krediti shartnomasi bekor bo‘lgan holatlarda subsidiya mablag‘lari qaytariladimi?

Javob: Mijoz tomonidan belgilangan muddatlarda ipoteka krediti oylik to‘lovlari to‘lanmaslik oqibatida bekor qilingan shartnoma yuzasidan garovga qo‘yilgan uy-joyning sotilgan qiymatidan unga ajratilgan subsidiya miqdori belgilangan tartibda tegishli tuman (shahar) g‘aznachilik bo‘limlariga ushbu banklar tomonidan to‘liq miqdorda qaytariladi.

11. Yangi tartib asosida ipoteka krediti va subsidiya olishda qaysi banklarga murojaat qilsak bo‘ladi?

Javob. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 28 noyabrdagi PF–5886-sonli Farmoni ijrosi yuzasidan ishlab chiqilgan “Aholiga ko‘p kvartirali uylardagi kvartiralarni sotib olish uchun bozor tamoyillari asosida ipoteka kreditlari ajratish konsepsisi”ga asosan belgilangan muvofiqlik mezonlariga javob beruvchi quyidagi banklarning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri hududida joylashgan barcha filiallariga Davlat xizmatlari agentligi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat qilishingiz mumkin.

12. Subsidiya mablag‘lari mijoz tomonidan qaytarib beriladimi?

Javob. Belgilangan muddatlarda ipoteka kreditlari bo‘yicha to‘lovlarni surunkali ravishda to‘lamaslik oqibatida bekor qilingan ipoteka kredit shartnomalari bo‘yicha undiriladigan mablag‘lar (shu jumladan, garovdagi uy-joyning sotilishi) hisobidan talabgorga ajratilgan subsidiya summasi garovga qo‘yilgan uy-joyning sotilgan qiymatidan belgilangan tartibda tegishli tuman (shahar) g‘aznachilik bo‘limlariga ushbu banklar tomondan to‘liq miqdorda qaytariladi.

Kredit to‘lovlarini o‘z vaqtida to‘lab borilganda, subsidiya mablag‘lari qaytarib to‘lanmaydi. Bu kam ta’minlangan uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo‘lgan oilalar uchun qaytarib berilmaslik tamoyili asosida beriladigan mablag‘lar.

   Manba:www.cbu.uz

BRB
O'xshash yangiliklar
Toshkentda “Digital Uzbekistan” xalqaro PLUS-forumi bo‘lib o‘tadi

26.05.2025

Toshkentda “Digital Uzbekistan” xalqaro PLUS-forumi bo‘lib o‘tadi

Bolalarni onlayn-firibgarlardan qanday himoya qilish mumkin

22.05.2025

Bolalarni onlayn-firibgarlardan qanday himoya qilish mumkin

Paynet xalqaro strateglardan iborat kuzatuv kengashini shakllantirganini rasman e’lon qildi.

07.05.2025

Paynet xalqaro strateglardan iborat kuzatuv kengashini shakllantirganini rasman e’lon qildi.



Orphus tizimi