JET: Qaysi banklar eng yuqori foizli valyuta omonatlarni taklif qilmoqda? Batafsil

Yangi xizmatlar taqdimoti oʻtkazildi

15.12.2020
Yangi xizmatlar taqdimoti oʻtkazildiJoriy yilning 1 5 dekabr kuni
Oʻzsanoatqurilishbank tomonidan joriy qilingan yangi xizmatlar taqdimotiga bagʻishlangan matbuot anjumani boʻlib oʻtdi. Tadbirda bank rahbariyati, tegishli tarkibiy boʻlinmalar masʼullari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.
Soʻnggi paytlarda keng jamoatchilik oʻrtasida skoring, oziq-ovqat savatchasi, ekotizim, soft kollekshn kabi tushunchalarga tez-tez duch kelinmoqda. Bu esa hech kimni ajablantirgani yoʻq. Chunki bank tizimi modernizatsiya qilinib, raqamlashtirish bosqichlaridan oʻtmoqda, jarayonlar maqbullashtirilib, bosh ofis va sotuv nuqtalari oʻrtasidagi vazifalar qayta taqsimlanmoqda.

Anjumanda Xalqaro moliya korporatsiyasi (XMK) bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan transformatsiya jarayonlari qaysi bosqichda davom etayotgani, ayrim tuzilmalar faoliyati yangilanib, ularning vazifalari bloklarga boʻlingan holda yoʻlga qoʻyilayotgani, tizimda qaysi loyihalar hayotga tatbiq etilib, qay birlari oʻrganish holatida ekanligiga batafsil toʻxtalib oʻtildi.

Jurnalistlar eʼtibori Bank tizimida yaqinda yangilangan tartibdi ish boshlagan koll markaz, qarzdorliklarni markazlashgan holda soʻndiruvchi soft kollekshn hamda anderrayting xizmatlari faoliyatiga qaratildi.

Koll markazimiz asosiy vazifalari bank mahsulotlari boʻyicha mijozlarga keng tushuncha berish, bank mahsulotlarini ularning maqsad va ehtiyojlariga koʻra yoʻnaltirish, marketing izlanishlarini olib borish va rahbariyatga mijozlardan kelib tushgan murojaatlar asosida takliflar kiritib borishdan iborat, – deydi
“Oʻzsanoatqurilishbank” ATB Axborot xizmati rahbari Behzod Bozorov. –
Shuningdek, markaz mutaxassislari ijtimoiy tarmoqlardan kelgan savollarga ham javob berib, aholining moliyaviy savodxonligini oshirishga koʻmaklashadi.
Tadbirda Bankning respublika moliya bozorida tutgan oʻrni, xorijiy hamkorlari, moliyalashtirayotgan yirik loyihalari xususida maʼlumot berildi. Yangi xizmatlaridan – JOYDA mobil ilovasi, ipoteka krediti, mikroqarz, “Sogʻligim-boyligim” omonati haqida tushuncha berildi.

– JOYDA platformasi aholiga anʼanaviy bank xizmatlarini koʻrsatish barobarida, ularni savdo kompaniyalari bilan oʻzaro bogʻlovchi savdo maydonchasi ekanligi bilan qulaylik tugʻdirmoqda, – deydi “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB Boshqaruv raisi oʻrinbosari Ulugʻbek Tavakkalov. – Platformada merchantlarning tovarlari kreditga sugʻurta polisi va yetkazib berish xizmati bilan birga tez va qulay sotilmoqda. Agar sotuv surʼati bugungidek davom etaversa, unda mijozlarga oziq-ovqat savatchasidagi tovar va xizmatlarni yanada keng doirada taklif etish imkoni tugʻiladi. Shu oʻrinda taʼkidlab oʻtmoqchimanki, biz ilova imkoniyatlarini ham gorizontal, ham vertikal usulda rivojlantirib borish harakatidamiz. Masalan, yaqinda JOYDA ilovasida HumoPay orqali toʻlov tizimini ishga tushirdik. Mazkur tizim android telefonlarida Humo kartasi orqali xaridlarni amalga oshirish imkonini beradi. Bank Axborot xizmati
Orqaga qaytish
163 Boshqa yangiliklarBank xodimlari Prezident Murojaatnomasi mazmuni bilan tanishdiOʻzsanoatqurilishbank: yil sarhisobi va istiqbolli rejalarOʻzsanoatqurilish bank JCB toʻlov tizimi bilan ishlashni boshladiYil eʼtirofi: “Oʻzsanoatqurilishbank” – 2020 yilda xalq ishonchini qozongan bank
O‘zsanoatqurilishbank “O’zsanoatqurilishbank” ATB O’zbеkiston Rеspublikasidagi eng boy tarixga ega moliya muassasalaridan biri sanaladi. Uning tarixi Toshkеntda Sanoatbankning O’rta Osiyo idorasi ochilgan vaqtdan, ya'ni 1922 yildan boshlanadi.
Manba: Sqb.uz
O'xshash yangiliklar
Octobank S&P Global Ratings xalqaro kredit reytingi agentligidan “Barqaror” prognoz reytingini oldi.

22.04.2025

Octobank S&P Global Ratings xalqaro kredit reytingi agentligidan “Barqaror” prognoz reytingini oldi.

Octobank IT Park rezidentlariga xalqaro bozorga chiqish uchun internet-ekvayring taqdim etadi

21.04.2025

Octobank IT Park rezidentlariga xalqaro bozorga chiqish uchun internet-ekvayring taqdim etadi

Aksiyadorlik jamiyatlari xodimlariga aksiyalarni sotib olish uchun imtiyozli huquq beriladi

17.04.2025

Aksiyadorlik jamiyatlari xodimlariga aksiyalarni sotib olish uchun imtiyozli huquq beriladi



Orphus tizimi