JET: Kartadan kartaga 200 million so'mni komissiyasiz o'tkazish mumkinmi? Batafsil

Yangi yilda Mikrokreditbank bilan yangi uyga ega bo’ling

22.12.2020
22.12.2020  Yangi yilda Mikrokreditbank bilan yangi uyga ega bo’ling. Endilikda qulay shartlardagi ipoteka krediti evaziga birlamchi uy-joy bozoridagi koʼp qavatli xonadonlardan biriga Mikrokreditbank yordamida ega boʼlishingiz mumkin! Kredit muddati — 20 yil. Boshlangʼich toʼlov:  Qishloq joylarda – 10%;  Shahar joylarda – 20% Kredit foizi – Toshkent shahrida yillik 18%, viloyatlarda yillik 17% dan taklif etadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 28 noyabrda “Ipoteka krediti mexanizmlarini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-5886-sonli Farmoni qabul qilindi. Unga ko’ra bank tomonidan joriy yil davomida 105 mlrd.so’mdan ortiq ipoteka kreditlari ajratildi va natijada 700 dan ortiq fuqarolarimiz yangi xonadonlarga ega bo’ldi. Yuqoridagi farmonga ko’ra qishloq joylarida 2 xonali kvartiralar uchun 240 mln so’mgacha, 3 va undan ko’p xonali kvartiralar 320 mln so’mgacha; shaharlarda 2 xonali kvartiralar uchun 240 mln so’m, 3 va undan ko’p xonali kvartiralar uchun 320 mln so’mgacha; Toshkent shahrida 2 xonali kvartiralar uchun 264 mln so’mgacha, 3 va undan ko’p xonali kvartiralar 352 mln so’mgacha oshirildi. Yangi tartibning o‘ziga hos jixatlaridan yana biri shundaki, endilikda ayrim shaxslarga, shu jumladan kam ta’minlangan va uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo‘lganlarga ipoteka krediti bo‘yicha dastlabki badal va (yoki) foizlarning bir qismini qoplash uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan subsidiyalar to‘lanadi. Yangi tartib doirasida subsidiyalar: qishloq joylarda — birinchi besh yil davomida ipoteka krediti bo‘yicha foiz to‘lovlari bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash uchun - 10 foizlik punktdan oshgan qismiga; shaharlarda - dastlabki badalning bir qismini to‘lash bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash uchun uy-joy hisoblangan qiymatining 10 foizi miqdorida va birinchi besh yil davomida kredit bo‘yicha foizlarni qoplash uchun Toshkent shahrida 12 foizlik punktdan oshgan qismiga, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar shaharlarida 10 foizlik punktdan oshgan qismiga to‘lanadi. Subsidiya olish istagida bo‘lgan fuqarolar Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga ariza bilan murojaat qilishlari lozim. Ipoteka krediti oluvchilarga quyidagi talablar qoʻyildi:  ipoteka krediti kredit olish uchun murojaat qilgan kunida 18 yoshga toʻlgan va 50 yoshdan oshmagan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi;  ipoteka krediti boʻyicha hisoblangan foizlarni va asosiy qarzni toʻlov jadvaliga muvofiq har oyda qaytarish imkoniyatiga ega boʻlgan doimiy ish joyiga, shaxsiy yordamchi yoki dehqon xoʻjaligidan yoxud yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyatidan doimiy daromadga ega boʻlishi; qarz oluvchining barcha kreditlari va mikroqarzlari (jumladan olinadigan ipoteka krediti) boʻyicha oʻrtacha oylik toʻlovlari, yaʼni qarz yuki koʻrsatkichi miqdorining qarz oluvchi va birgalikda qarz oluvchilarning tasdiqlangan oʻrtacha oylik daromadiga nisbati 70 foizdan yuqori boʻlmasligi; ipoteka krediti ajratish haqidagi arizani koʻrib chiqish vaqtida kredit tashkilotlaridan avval olgan kreditlari boʻyicha muddati oʻtgan qarzdorligi mavjud boʻlmagan jismoniy shaxslar ipoteka krediti olishlari mumkin.Ipoteka olish jarayonidagi qarz oluvchi xarajatlari: Notarial oldi-sotdi shartnomasi bo'yicha, kvartiraning kadastr xujjatlarini tayyorlash, sug'urta qilish (Sotib olinadigan kvartiraning qiymati uy-joyning hisoblangan qiymatidan oshib ketgan taqdirda, qarz qiymatining qolgan qismi qarz oluvchi tomonidan shakllantirish va to'lanishi lozim). 
MKBank “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 5-maydagi “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat bankini tashkil etish toʼgʼrisida”gi PF-3750-sonli Farmoni asosida tashkil etildi.Bank xalqaro moliyaviy institutlar hamda chet el tijorat banklari bilan hamkorlik aloqalarini oʼrnatgan.
O'xshash yangiliklar
“Fitch Ratings” xalqaro reyting agentligi “Kapitalbank”ga “Barqaror” prognoz bilan “B” darajadagi reytingini berdi

04.07.2024

“Fitch Ratings” xalqaro reyting agentligi “Kapitalbank”ga “Barqaror” prognoz bilan “B” darajadagi reytingini berdi

“S&P Global Ratings” xalqaro agentligi "Kapitalbank" reytingini “B”dan “B+”ga ko‘tardi.

02.07.2024

“S&P Global Ratings” xalqaro agentligi "Kapitalbank" reytingini “B”dan “B+”ga ko‘tardi.

Uzum Bank Markswebb versiyasi bo‘yicha banklar va to‘lov servislari ilovalari orasida birinchi o‘rinni egalladi
Uzum Bank Markswebb versiyasi bo‘yicha banklar va to‘lov servislari ilovalari orasida birinchi o‘rinni egalladi



Orphus tizimi