Yangi yilni Octobankning Welcome tarifi bilan kutib oling — maksimal nazorat, minimal komissiyalar

26.12.2025

Octobank Welcome tarifini taqdim etish orqali biznes uchun yechimlar qatorini kengaytirmoqda — startap va o‘sish bosqichidagi tadbirkorlar uchun universal xizmat paketi. 

Biznes olamida tezlik, shaffoflik va moliyaviy nazorat muhim ahamiyatga ega. Octobankning Welcome tarifi ushbu vazifalarning barchasini hal qiladi, bu esa tadbirkorlarga biznesning o‘sishi va rivojlanishiga e’tibor qaratish imkonini beradi. Hisob va to‘lovlar bo‘yicha asosiy operatsiyalarni internet-banking orqali onlayn amalga oshirish mumkin.

Tarifning asosiy xususiyati — ko‘pchilik asosiy operatsiyalar bo‘yicha komissiyalarning yo‘qligi. 

“Biznesning yashirin to‘lovlarsiz oddiy va halol shartlarga bo‘lgan talabini ko‘ryapmiz. Welcome tarifi — bu minimal komissiyalar, maksimal nazorat va raqamli moliyaviy boshqaruv degani”, —ta’kidlaydi Octobank.

Welcome tarifiga quyidagilar kiritilgan:

  • Hisobvaraqlarni ochish, yuritish va yopish — 0%
  • Bank ichidagi va korporativ kartalarga pul o‘tkazmalari — komissiyasiz
  • Soliqlar va majburiy to‘lovlarni to‘lash — 0%
  • HUMO / UzCard korporativ kartalari — bepul
  • Milliy kartalar bo‘yicha tranzaksiyalarni qayta ishlash (POS/E-POS) —  0,2% / 0,8%dan
  • Ish haqi uchun naqd pul berish (maxsus operatsiyalardan tashqari) — 0%


Savdo va xizmat ko‘rsatish korxonalari uchun POS-terminallarni ijaraga berishning qulay shartlari ham nazarda tutilgan — yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun oyiga 15 000 so‘mdan. Welcome tarifi bo‘yicha oylik xizmat haqi BHMning 60%ini (QQS bilan) tashkil etadi.

Welcome tarifini rasmiylashtirish va batafsil maslahat olish uchun Octobank bo‘limiga, 1033 qisqa raqamiga, shuningdek, quyidagi telefon raqamiga murojaat qilishingiz mumkin:
+998 (71) 202-33-33
+998 (71) 202-00-82

Octobank

“Octobank” aksiyadorlik jamiyati 2001 yil iyun oyida asos solingan. 2001 yil 23 iyunida Bank tomonidan bank operatsiyalarini amalga oshirish huquqini beruvchi 70-sonli litsenziya olingan. 2002 yil noyabridan Bank Fuqarolarning O'zbekiston Respublikasi banklaridagi omonatlarini kafolatlash Fondi, “Toshkent” fond birjasi, hamda O'zbekiston Respublikasi Banklar assotsiatsiyasi a'zosi hisoblanadi.


Hozirgi paytda Bank asosiy e'tiborni quyidagilarga qaratmoqda:


  • Mijozlarga xizmat ko'rsatishda bir xil yondashuvga amal qilish;
  • Xizmat ko'rsatish texnologiyalarini zamonaviylashtirib borish;
  • Xizmat ko'rsatish sifatini oshirib borish;
  • Har bir mijozga alohida yondoshgan holda standart texnologiyalarni tadbiq etib borish;
  • Shaxsiy menedjerlar xizmatlarini tashkil etish;
  • Mijoz bilan Bank bo'linmalari o'rtasida munosabatlarning samaradorligini oshirib borish;
  • O'zgaruvchan tarif siyosatini olib borish, mijozlar bilan hamkorlik munosabatlarini mustaxkamlash.

Bankning yaqin 5 yilga mo'ljallangan strategik rivojlanish dasturining ustivor yo'nalishlaridan biri filiallar va mini-banklar ochish orqali bank infratuzilmasini kengaytirishdan iborat.

Bank infrotuzilmasini kengaytirish dasturining amalga oshirilishi Bank faoliyati ko'lamining barqaror o'sib borishini ta'minlaydi. Bunda Bank asosiy e'tiborni kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'ektlarini moliyalashtirishga qaratadi.



O'xshash yangiliklar
CAFA va Sun’iy intellekt va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish markazi hamkorlik Memorandumini imzoladi

04.03.2026

CAFA va Sun’iy intellekt va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish markazi hamkorlik Memorandumini imzoladi

Uzum Bank mamlakat bo‘ylab bankomatlar tarmog‘ini kengaytirmoqda

26.02.2026

Uzum Bank mamlakat bo‘ylab bankomatlar tarmog‘ini kengaytirmoqda

TBC Bank Group Nyu-YorkdStrategiya kunini o‘tkazdi va O‘zbekistonda biznesni rivojlantirish rejalarini taqdim etdi

25.02.2026

TBC Bank Group Nyu-YorkdStrategiya kunini o‘tkazdi va O‘zbekistonda biznesni rivojlantirish rejalarini taqdim etdi



Orphus tizimi