Yillik foiz stavkasining pasayganligi va avtokredit shartlaridagi boshqa o'zgarishlar to'g'risida

27.04.2023
Yillik foiz stavkasining pasayganligi va avtokredit shartlaridagi boshqa o'zgarishlar to'g'risida  Hurmatli mijozlar.  Sizga shuni ma'lum qilamizki, 17-aprel 2023 yildan boshlab rasmiy dilerlar yoki avtomobil ishlab chiqaruvchilardan yangi avtomobil sotib olish uchun yillik kredit foiz stavkasi 20% gacha kamaydi. Maksimal kredit miqdori shartnoma shartlariga muvofiq beriladi (oldi-sotdi shartnomasida ko’rsatilgan summaning 90% miqdorigacha).  Shuningdek, shuni ma'lum qilamizki, avtomobil narxining 40% miqdorida dastlabki badal to’lansa, rasmiy daromad  talab qilinmaydi.    «O‘zsanoatqurilishbank» mijozlari uchun avtokredit olishda OSAGO polisi bepul beriladi.  “O‘zsanoatqurilishbank”ning  avtokredit bergan mijozlari uchun kredit mablag‘lari hisobidan sug‘urta polisini  to‘lab berish imkoniyati mavjud hamda “Mikroqarz” va “Iste’mol krediti”ni 1 % past yillik foiz stavkasi bilan olish imkoniyati yaratildi.  Yangilangan mahsulotning boshqa shartlari bilan https://sqb.uz sayti yoki +99871 200 43 43 va 1180 telefon raqamlari orqali tanishishingiz mumkin. Orqaga qaytish 24
O‘zsanoatqurilishbank “O’zsanoatqurilishbank” ATB O’zbеkiston Rеspublikasidagi eng boy tarixga ega moliya muassasalaridan biri sanaladi. Uning tarixi Toshkеntda Sanoatbankning O’rta Osiyo idorasi ochilgan vaqtdan, ya'ni 1922 yildan boshlanadi.

QQS to'lovchining ro'yxatdan o'tish kodi:   326030011774

MFO: 00440    
Manba: Sqb.uz
O'xshash yangiliklar
Central Asian Fintech Association (CAFA) Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan menejerlar va IT yetakchilari uchun eng muhim tadbirlardan biri — Manager’s Conference 2026 tadbirining hamkori va ishtirokchisi sifatida qatnashadi

13.05.2026

Janubiy Koreyadan pul o‘tkazmalari yanada qulaylashdi: Octobank HUMO kartalariga E9PAY uladi

05.05.2026

Janubiy Koreyadan pul o‘tkazmalari yanada qulaylashdi: Octobank HUMO kartalariga E9PAY uladi

Qashqadaryo: ANORBANK 150 nafar maktab o‘quvchilari uchun moliyaviy savodxonlik darslarini o‘tkazdi

24.04.2026

Qashqadaryo: ANORBANK 150 nafar maktab o‘quvchilari uchun moliyaviy savodxonlik darslarini o‘tkazdi

Orphus tizimi