Kapitalbank Uzcard versiyasiga ko'ra korporativ biznesni rivojlantirish bo'yicha yetakchiga aylandi Batafsil

YILNING ENG YAXSHI BANKI

10.12.2012
10.12.2012     “Mikrokreditbank” ochiq aksiyadorlik tijorat bankini “The Banker” (Buyuk Britaniya) jurnali 2012 yilning eng yaxshi banki, deb e'tirof etdi va mazkur nashr asoschisi Brenden Brekenning bronza qaykalchasi bilan mukofotladi.     Bugun “Mikrokreditbank” ochiq aksiyadorlik tijorat banki O'zbekistondagi yirik moliya institutlaridan biridir. Bank-moliya tizimida muqim o'rin egallaydigan “Mikrokreditbank” kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni, ayniqsa, qishloq joylarda rivojlantirish, yangi korxonalar tashkil etish, qo'shimcha ish o'rinlarini yaratish, shuningdek, tadbirkorlarning o'z faoliyatini kengaytirish va aylanma mablaqlarini ko'paytirish uchun imtiyozli kredit resurslaridan keng foydalanishini ta'minlash kabi strategik muqim vazifalarga erishishni o'z oldiga maqsad qilib qo'ygan.     Jahondagi etakchi moliya muassasalari da'vogarlik qiladigan “The Banker” jurnalining mukofoti bank faoliyatini baholovchi yuksak mezon hisoblanadi. Ushbu mukofotga da'vogar moliya muassasalari aktsiyadorlarning daromad olishini ta'minlash va strategik ustunlikka ega bo'lish kabi qobiliyati bo'yicha baholanadi. “Yil banki” mukofoti qar yili bitta bankka topshiriladi.     Bu yil ushbu nufuzli mukofotga sazovor bo'lish uchun jahonning 630 dan ziyod banki kurashdi. Ularning faoliyati qator mezonlar, jumladan, sifat jiqatidan – aktivlar sifati, moliyaviy barqarorlik, mijozlarga real yordam ko'rsatish, yangi ish o'rinlarini yaratish va son ko'rsatkichlari – yirik kapitalni jalb qilish, yangi texnologiyalar, maqsulotlar yoki biznes yo'nalishlarni joriy etish yo'nalishlari bo'yicha baholandi.     Britaniyaning nufuzli “The Banker” jurnali vakillarining ma'lum qilishicha, “Mikrokreditbank” ochiq aksiyadorlik tijorat bankini mukofotlash to'q'risidagi qaror “Bank of the Year Awards 2012” ekspert qo'mitasi tomonidan mazkur bankning joriy yil to'qqiz oyi davomidagi faoliyati taqlili yakunlariga ko'ra qabul qilingan.     “Mikrokreditbank” ochiq aksiyadorlik tijorat bankining “2012 yilning eng yaxshi banki” mukofoti bilan taqdirlanishi uning moliya bozoridagi muvaffaqiyatli rivojlanish strategiyasi, aktivlarining sifati va tavakkalchiliklarni samarali boshqarishining xalqaro miqyosdagi e'tirofidir.
MKBank “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 5-maydagi “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat bankini tashkil etish toʼgʼrisida”gi PF-3750-sonli Farmoni asosida tashkil etildi.Bank xalqaro moliyaviy institutlar hamda chet el tijorat banklari bilan hamkorlik aloqalarini oʼrnatgan.
O'xshash yangiliklar
Kapitalbank Uzcard versiyasiga ko'ra korporativ biznesni rivojlantirish bo'yicha yetakchiga aylandi

25.10.2024

Kapitalbank Uzcard versiyasiga ko'ra korporativ biznesni rivojlantirish bo'yicha yetakchiga aylandi

Plum Tech UZCARD EXPO 2024 da: moliyaviy imkoniyatlarni o‘zgartiruvchi texnologiyalar

24.10.2024

Plum Tech UZCARD EXPO 2024 da: moliyaviy imkoniyatlarni o‘zgartiruvchi texnologiyalar

ATTO EXPO 2024 UZCARDda: Transport kartalaridan foydalanish bo‘yicha yechimlarni namoyishi

24.10.2024

ATTO EXPO 2024 UZCARDda: Transport kartalaridan foydalanish bo‘yicha yechimlarni namoyishi



Orphus tizimi