Yoshlar kelajagi – bizning qo‘limizda!

04.10.2021
«Orient Finans» bank yoshlar intilishlarini doimo qo‘llab-quvvatlaydi va moliyaviy masalalarda ularga yordam qo‘lini cho‘zadi.  

Shu maqsadda, bankimiz xodimlari poytaxtimizning Shayxontohur tumanida joylashgan 262-sonli umumta’lim maktabida interaktiv tarzda ochiq dars o‘tkazdilar. Ochiq darsning maqsadi – aholining moliyaviy savodxonligini oshirish va yoshlarni moliya bilan tanishtirishdan iborat.

Darsning mavzulari «Pul nima, pulni jamg'arish, oilaviy byudjet, daromadlar va harajatlar»dan iborat bo‘ldi. Dars o‘quvchilarga juda yoqdi va mashg‘ulot davomida ular o‘zlari uchun foydali hamda yangi bo‘lgan ko‘plab ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.

Umid qilamizki, yoshlarning moliyaviy savodxonligini oshirish maqsadida kelgusida ham bunday esda qolarli tadbirlarni yanada ko‘p o‘tkazamiz.
Orient Finans Bank Biz O‘zbekistonda 2010-yildan buyon faoliyat yuritib kelmoqdamiz va kompaniyaga odamlarning uzoq muddatli hurmat va sodiqligini paydo qiladigan sifatli xizmat ko‘rsatishdagi o‘z tajriba va kuchimizni ishga solyapmiz. Biz mijozlarining hayoti va mehnatini yaxshi tarafga o‘zgartirishga, vaqtini tejashga, ularni zerikarli ishlardan xalos qilishga harakat qilamiz.
O'xshash yangiliklar
Uzum Bank mamlakat bo‘ylab bankomatlar tarmog‘ini kengaytirmoqda

26.02.2026

Uzum Bank mamlakat bo‘ylab bankomatlar tarmog‘ini kengaytirmoqda

TBC Bank Group Nyu-YorkdStrategiya kunini o‘tkazdi va O‘zbekistonda biznesni rivojlantirish rejalarini taqdim etdi

25.02.2026

TBC Bank Group Nyu-YorkdStrategiya kunini o‘tkazdi va O‘zbekistonda biznesni rivojlantirish rejalarini taqdim etdi

Anorbank Central Asian Fintech Association (CAFA) a’zosi bo‘ldi

25.02.2026

Anorbank Central Asian Fintech Association (CAFA) a’zosi bo‘ldi



Orphus tizimi