JET: Qaysi banklar rasmiy daromadsiz eng past foizli mikroqarzlar taqdim etadi? Batafsil

Yoshlar va xotin-qizlarga mikrokreditlar taʼminotsiz ajratiladi

15.10.2020
15.10.2020  “Аholini tadbirkorlikka jalb qilish tizimini takomillashtirish va tadbirkorlikni rivojlantirishga doir qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi Prezident qarori qabul qilindi.  ???? Qarorga muvofiq, 2020 yil 15 noyabrdan yoshlar va xotin-qizlarni kasb-hunar va tadbirkorlik koʼnikmalariga oʼqitishni davlat tomonidan qoʼllab-quvvatlashning quyidagi tartiblari joriy etiladi:         ???? Tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi va Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi tomonidan tashkil etilgan oʼquv kurslarini tamomlagan har bir bitiruvchi uchun kasb-hunar va tadbirkorlikka oʼqitish boʼyicha nodavlat taʼlim tashkilotlariga sarflangan xarajatlarning 70 foizi, biroq har bir bitiruvchiga 1 million soʼmdan ortiq boʼlmagan miqdori davlat tomonidan kompensatsiya qilinadi;  Ushbu kurslarni muvaffaqiyatli tamomlab, sertifikat olgan shaxslarga oʼz biznesini tashkil etish uchun mikrokredit ajratiladi.    ✅ “Mikrokreditbank” АTB tomonidan nodavlat taʼlim tashkilotlari maxsus sertifikatini olgan:    ▪️tadbirkorlik tashabbusiga ega jismoniy shaxslar, shu jumladan, yoshlar va xotin-qizlarga oʼz biznesini tashkil etish uchun 33 million soʼmgacha mikrokreditlar taʼminotsiz ajratiladi;  ▪️mikrofirma va kichik korxona taʼsis etgan shaxslarga uchinchi shaxs kafilligi, sugʼurta polislari, kredit hisobiga sotib olinayotgan mol-mulklar garovi, tadbirkorlik faoliyatini qoʼllab-quvvatlash davlat jamgʼarmasining kafilligi asosida 225 million soʼmgacha mikrokreditlar ajratiladi.     ???? Bunda mikrokreditlar 3 yil muddatgacha 6 oygacha imtiyozli davr bilan Markaziy bankning asosiy stavkasida ajratiladi.    ???? Qarorga koʼra, Tiklanish va taraqqiyot jamgʼarmasi tomonidan yoshlar va xotin-qizlarni kasb-hunar hamda tadbirkorlik koʼnikmalariga oʼqitish orqali tadbirkorlik faoliyatini yoʼlga qoʼyish maqsadlariga 100 million АQSh dollari ekvivalentida mablagʼ ajratiladi.    2022 yil 1 yanvardan Tadbirkorlikka oʼqitishning yagona tizimi ishga tushiriladi.   2021 yil 1 yanvarga qadar “Mikrokreditbank” АTBning aholini, ayniqsa, yoshlar va xotin-qizlarni tadbirkorlikka keng jalb qilish boʼyicha yangi biznes modeli ishlab chiqiladi.   Tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi aholini tadbirkorlik faoliyatini qoʼllab-quvvatlash, xususan, ularni oʼqitish, mikrokredit ajratish boʼyicha ishlarni muvofiqlashtirish borasida vakolatli davlat organi etib belgilandi.
MKBank “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 5-maydagi “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat bankini tashkil etish toʼgʼrisida”gi PF-3750-sonli Farmoni asosida tashkil etildi.Bank xalqaro moliyaviy institutlar hamda chet el tijorat banklari bilan hamkorlik aloqalarini oʼrnatgan.
O'xshash yangiliklar
Uznetix Invest - investitsiya orqali pul ishlash haqida kurs

05.11.2025

Uznetix Invest - investitsiya orqali pul ishlash haqida kurs

Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?

17.10.2025

Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?

Octobank — TAF!25 versiyasi bo‘yicha onlayn biznes uchun raqamli yechimlarni yaratish yetakchisi

13.10.2025

Octobank — TAF!25 versiyasi bo‘yicha onlayn biznes uchun raqamli yechimlarni yaratish yetakchisi



Orphus tizimi